Ali. Blog
Internetda yangi Assassin's Creed o'yinining posteri tarqaldi. Yangi seriyaning nomi "Mirage" (sarob) ekan. Posterdan anglash mumkinki, o'yin voqealari o'rta asr musulmon davlatlarida bo'ladi. Katta ehtimol bilan men ancha avval taklif berganim, Temuriylar…
O'yin haqida rasmiy ma'lumot 10-sentyabrda e'lon qilinarkan.
"Epic Games" magazinida hozirda "Shadow of the Tomb Raider" o'yini bepul berilmoqda ekan. Hozir olib qo'yib, akkauntda umrbod olib qolish mumkin. Ya'ni, hozir buni o'ynashga kuchi yetadigan kompyuteringiz bo'lmasa ham, "sotib olib" (tekinga), keyinchalik yaxshi komp olganizda litsenziyali variantini o'rnatib o'ynash imkoniga ega bo'lasiz.
Epic Games magazini har hafta turli o'yinlarni shunaqa bepulga ulashadi. Shunaqa yangiliklarni ulashib turishimga nima deysizlar?)
@TheAliBlog

Forwarded from SUBYEKTIV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta‘lim — har yili minglab bilimsiz talabalarni yetishtirib, formani bilimdan ustun qoʻygan tizim.
Kelajakda rivojlangan davlat boʻlish-boʻlmasligimiz faqat va faqat ta‘limga bogʻliq.
Toʻliq koʻrsatuvni YouTube kanalimizda tomosha qiling! 👇🏻
https://youtu.be/eGp6VIVzyIk
Videodan foydalanganda manba
keltiring ❗️©️ @subyektivuz

Kompyuterimda eng yomon ko'rgan ishlarimdan biri bu C diskni bo'shatib chiqish. C disk uchun 120GBlik SSD xotira qo'yganman, va bunaqa kam xotira qo'yganimdan afsuslanaman. Kompyuterimni apgreyd qilganimda buni 512 qilish niyatim bor.
Xullas, turli dasturlar, o'yinlar yuklab olganda, ularni ishlatish davomida turli kesh fayllar C diskka saqlanib qoladi. To'g'ri, ko'plab dasturlarda kesh papkani boshqa diskda saqlanadigan qilib o'zgartirish mumkin, lekin baribir hamma dasturni ham to'liq boshqa diskka o'tkazish imkonsiz ekan. Uni ma'lum bir qismi C diskda qolib, uni o'zgartirib bo'lmaydi. Dasturni D diskka o'rnatib, dastur sozlamalaridan kesh va temp papkalarniyam D diskka o'zgartirgan bilan baribir qanchadir fayllar Cda qolaveradi, saqlab borilaveradi.
Va men eng yomon ko'rganim o'sha keraksiz fayllar aynan qaysi papkada turganini topib, o'chirib chiqish. Buni windowsni o'zini "Disk Cleanup" funksiyasi ham, alohida ishlaydigan "Ochistka Diska" dasturlari ham topolmaydi. O'ziz papkalarni birma-bir ochib, qancha joy egallab turgani, ichidagi fayllar kerakli yoki keraksiz ekanini saralab, o'chirib chiqishizga to'g'ri keladi. Bugun ham shu ishga taxminan 3 soatcha sarflab, 15GB bo'shatishga muvaffaq bo'ldim. C diskda 5GB bo'sh joy qolib, ba'zi dasturlar ishlashida muammo bo'lib, ba'zilari xotira kam qolgan, deb ochilmayotgan ham edi. Endi kompyuterim ham yengil nafas olyapti mana))
Qissadan hissa shuki, yangi kompyuter yig'ish niyatida bo'lsangiz C diskka 200 GBdan kam xotira ajratmanglar.

Kuni kecha iPhone 13 Proning qayta taqdimoti bo'lib o'tdi))
Bundan boshqa qisqacha ifodalab bo'lmasa kerak kechagi namoyishni) Operatsion Tizimni yangilash bilan qo'shish mumkin bo'lgan funksiyalarni 14 Proning funksiyasi, deb taqdim qilishdi, mlyaa))
Apple fanatiklari kommentda uni boshqa ustunliklari borligi va bla-blalar haqida yozib, tarafini olishlari aniq)

Pepsi nima uchun bizni TVda tinimsiz reklama qo'yaveradi, desam, biz uni sanoqli bozorlaridan biri ekanmiz o'zi))
Yevropada o'qib qaytgan oshnam aytgandi, uyoqlarda Pepsini birov mensimaydi deb)
@TheAliBlog
Yevropada o'qib qaytgan oshnam aytgandi, uyoqlarda Pepsini birov mensimaydi deb)
@TheAliBlog
Darsliklar tekin bo'lgandiku, esinglardami? Xullas shu mavzuda kecha Troll Uz chiqargan videoni ko'rib qoldim.
Qisqacha aytib beraman. Toshkent xokimi xiytirlik yo'llari bilan poligrafiya binosini nol qiymatda olib, "O'qituvchi" kompaniyasini arzon narxda sotib olgan. Darsliklar chiqarish va prezident portretlarini chiqarish shu kompaniyaga monopoliya qilib berilgan.
Darsliklar o'tgan yilgidan ko'ra dabdurustdan 2 yarim barobar qimmatlashtirilgan. Internetda xaos ko'tarilgan. Prezident qahramonlarcha chiqib darsliklar bepul berilishini e'lon qilgan. Lekin...
Darsliklarni puli byudjet hisobidan qoplanadigan bo'lgan. Qimmatlashtirilgan narxda🙂. Mezzami?
Buyerda byudjetdan pulni o'marish uchun puxta reja qilinib, darsliklar qimmatlashtirilgan degan taxminim bor. (Taxminim deb shunchaki aytyapman, tushunib bo'lgandirsizlar). Internetda xaos ko'tarilishi va qahramonlarcha yurish qilish ham oldindan o'ylangan bo'lishi mumkin...
Welcome to Uzbekistan.

Marvel o'zining youtube kanalida yangi video-o'yin tizerini taqdim qildi. O'yin nomi bo'yicha hali bir qarorga kelinmagan ko'rinadi, lekin o'yin bosh qahramonlari Stiv Rojers, T-Chakka, Baki Barnes va T-Chakkaning ayol soqchilaridan biri ekanligini va o'yin voqealari 2-jahon urushi davrida ro'y berishini ko'rishimiz mumkin.
Tizerga link: https://www.youtube.com/watch?v=-duwSMIgNMU
@TheAliBlog
Tizerga link: https://www.youtube.com/watch?v=-duwSMIgNMU
@TheAliBlog
Xooooo'sh, media va video-o'yinlarga oid yangiliklarga tobinglar qanaqa?
9-sentyabr kuni boshlangan "D23 Expo" ko'rgazmasida media olamining gigant kompaniyasi bo'lgan Disney o'zining oxirgi yangiliklari bilan bo'lishdi. Jumladan:
Disney o'zining sehrgarlar haqidagi "Hocus Pocus 2", bolaligimizda ko'rganimiz kino va multfilm uyg'unligidagi "Enchanted" kinosining davomi bo'lgan "Disenchanted" filmini (oradan 15 yil o'tibdi), shuningdek, qora tankli aktrisa ijrosidagi "The Little Mermaid" (Ariel) kinolarining treylerlarini e'lon qildi. Shunchaki umid qilamiz, ishqilib qora tanli bo'lsayam Ariel qiz bola bo'lsin, trans bo'lib chiqmasin😑
Bundan tashqari "Star Wars" franshizasiga kiruvchi 6 qismli "Tales of Jedi" multseriali, "Andor" nomli 3 qismli live-action serialni va "The Mandalorian" serialining 3-mavsum treylerini e'lon qildi. Mlyaa, men o'ylaganimdan ancha katta franshiza ekan va bu franshizaning 1ta ham kinosini ko'rmaganman. Ko'rishga narsa ko'p ekan hali menga😁
Shuningdek, Disney tarkibiga kiruvchi Marvel ham o'zining bir qator mobil va konsol o'yinlar treylerini, MCU tarkibiga kiruvchi Nick Fury va yer yuzida yashab kelayotgan Skrullar haqidagi "The Secret Invasion" va 60-yillarni fantastik kinolarini eslatuvchi, nima haqidaligi tushunarsiz bo'lgan "Werewolf by Night" seriallarining treylerlarini bo'lishdi. MCUga oxirgi vaqt tushunib bo'lmay ketyapti.
Disney "yutib yuborgan" kompaniyalardan biri bo'lgan Pixardan esa ajoyib yangiliklar bor. Hali treylerlari e'lon qilinmagan bo'lsada, "Inside Out 2" va "The Elementals" nomli yangi multfilmlarni e'lon qildi. Umuman, ularning treylerlari yoki multfilmlardan parchalar "yopiq eshiklar ortida" namoyish qilingan. Ya'ni, suratga olishga ruxsat berilmagan va o'zlari ham onlayn e'lon qilishmagan. Kutishga arziydigan proyektlar, menimcha.
D23 Expodan tashqari Ubisoft kompaniyasi ham o'zining yangi o'yinlari haqida taqdimot o'tkazdi. Boshqa o'yinlarga to'xtalib o'tirmay, Assasin's Creedga o'ta qolaman.
Demak, yangi chiqadigan AC Mirage o'yini oldingi kommentlarda kimdir aytganidek Valhallada keladigan Basitning tarixi haqida bo'ladi va o'yin voqealari 9-asrdagi Bag'dodda bo'lib o'tadi. To'liq treylerni buyerda ko'rishingiz mumkin. Shuningdek, mobil telefonlar uchun AC Codename Jade nomli bundan 2,5 ming yil oldingi xitoy haqidagi o'yin ham taqdim qilinadi. Qachonligi aniq emas.
Bundan tashqari yangi, Assassin's Creed Infinity proyekti e'lon qilindi. Ushbu proyekt kelgusi Assassin's Creed hikoyalari uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Bu proyekt tarkibiga kirishi aniq bo'lgan hikoyalar hozircha Yaponiyaning feodallar davridagi shinobi (yaponiyadagi yollanma askar) haqidagi Codename Red va tizeridan nima haqidaligini anglash qiyin bo'lgan Codename Hexe (hekse)dan iborat. Keyinchalik Infinity tarkibiga yangi o'yinlar qo'shib boriladi va foydalanuvchilar bu o'yinlarni har birini alohida sotib olishlari mumkin. Huddi Assassin's Creed uchun yangi magazin ochilgandek, xullas.
Codename Hexe haqida insayderlarga ko'ra quyidagi ma'lumotlarni aniqladim. Hexe so'zi nemischada Jodugar ma'nosini bildiradi. Va insayderlarga ko'ra, ushbu seriya AC seriyalari orasidagi eng "dark" (qanday ifodalashni bilmadim o'zbekchasiga) hikoya bo'ladi va o'yin voqealari 16-asrdagi Yevropada bo'lib o'tadi.
Xo'sh, hozircha yangiliklar manashulardan iborat edi, bunaqa yangiliklarni boshqa kanallarda o'qimasligingiz aniq bo'lgani uchun ham bu kanaldan uzoqlashmaslikni maslahat beraman, salomat bo'linglar))

Alam qiladigani nima, aytaymi?
Xullas, Ubisoft+ obunasi bilan 10-oktyabrgacha Ubisoftning flagman o'yinlarini bepul o'ynab ko'rish imkoniyati borligi e'lon qilingandi. Shuni sinab ko'rish uchun Ubisoft+ga ulanmoqchi edim. Afsuski, ushbu xizmat bizni davlat uchun ochiq emas ekan hali. Alam qiladigani esa, xizmat ishlaydigan davlatlar orasida hatto Afg'oniston ham bor!
Shunaqa, ko'plab yirik xizmatlar nima uchundir bizda ishlamaydi. Masalan Paypal, Spotify, Disney+ va hokazolar...😑

Telefonim 3-4 kundan beri rosa qotyapti ba'zida. Sotib olganimga roppa-rosa 3 yil bo'pti shu oy. Videokartadan keyingi rejalarga birorta S21 S22 degan telefonlardan birini kirgazib qo'yaman endi))
Videokartaga yetishishim ham rosa qiyin bo'lyaptida lekin😐
@TheAliBlog
Videokartaga yetishishim ham rosa qiyin bo'lyaptida lekin😐
@TheAliBlog
Yaqin 1 oydan beri openbudgetda ovoz berish evaziga pepsi, yog'a va hokazo tarmoqlaeda rosa gapirildi. Adashmasam openbudgetda ovoz yig'ish ishlari o'tgan yili shunaqa vaqtlarda boshlangandi. U paytda asosan o'qituvchilar xalqdan iltimos qilib, ovoz to'plab yurishardi. O'qituvchilarga hozirgacha qanchadir ovoz yig'ishga planlar qo'yilmoqda, lekin buyoqda shovvozlar ovozingiz evaziga ma'lum haq taklif qilishyapti. Ko'chada pepsidan tortib, yog'gacha berilayotganini ko'rdik, endi telegram kanallarda ham reklamalar aylanib, bir ovozga qanchadir paynet, bir nechta ovozni to'plab, plastikka tushirib olish imkoniyatini taklif qilishyapti.
Men buyerda ovoz to'plashga urinayotganlarni tanqid qilmoqchi emasman, hamma ham o'z hududi remont qilinishiga davlat pul ajratishi uchun harakat qilyapti, pul sarflab bo'lsa ham.
Men mana shunaqa kulgili holat paydo bo'lishiga sabab bo'lgan ho'kumat tepasida o'tirgan xaromxo'rlarni ayblayman. Agar to'laydigan soliqlarimiz hammasi o'z-o'rnida ishlatilganida edi, ta'mirlash uchun millionlab variantlar orasidan 1tasini tanlashga emas, 1ta bo'lsayam ta'mirtalab joy qidirish bilan band bo'lardik.

O'yinlar bo'yicha yangilikni bo'lishadigan bo'lsam, PS Exclusive o'yinlardan yana biri "Uncharted: Legacy of Thieves collection" o'yini oldindan sotib olish uchun ochiq deb e'lon qilindi. O'yin 2ta remastered o'yinlarni: "Uncharted: A Thief's End" va "Uncharted: The Lost Legacy"ni o'z ichiga oladi. Ya'ni, bu 1ta emas, 2ta o'yin kolleksiya qilib sotuvga chiqarilgan. Narxi ham yomon emas, $40 ekan. O'yinni Epic Games va Steam magazinlaridan oldindan sotib olish mumkin.
Bu o'yinlarga qiziqishim bo'lmagani sababli hozircha ko'zimni qisib turadigan bo'lyapman. Last of Us yoki Spiderman: Miles Moralesni kutaman men))

Video-o'yinlar mavzusida bugun ertalabdan beri juda olamshumul yangilik(lar) ro'y berdi!
Shunday qilib, bir haker Rockstar serveriga buzib kirib, hali ishlab-chiqarish jarayonida bo'lgan GTA 6 ma'lumotlari, "source-code"lari va hokazolarni yuklab olgan va bir qancha "leaking" videolar tarqatgan!
Umuman olganda, Rockstar kompaniyasi hali e'lon qilinmagan mahsulotlarini sir tutish bobida Marveldan qolishmaydi. Oldingi o'yinlari ham to'liq e'lon qilinmagunicha hech qanday ortiqcha ma'lumot ommaga chiqarilmagan va balki o'yinlarning xaridorgirligi sababi ham shundadir.
Shunday qilib, 16 yoshli ekani iddao qilinayotgan haker Rockstarning serveriga buzib kirgan va uyerdan ishlab chiqarish jarayonida bo'lgan ma'lumotlarni yuklab olib, Twitter sahifasida, GTA forumlarida va yana bir qancha tarmoq sahifalarida bo'lishgan.
Bu xabardan ko'p o'tmasdan Rockstar xabar topgan va darhol nazoratni qo'lga olib, tarmoqlardagi videolarni o'chirilishiga erishgan. Haker esa, tarmoqlardagi profillarini o'chirib tashlagan. Bu haker yil boshida Uberning serveriga buzib kirgani va uni "source-code"larini yuklab olib, sotuvga qo'ygan haker bo'lishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.
4 soat avval Rockstar o'zining rasmiy Twitter sahifasida bo'lgan ishlardan juda xafa ekanliklari, keyingi o'yinni vaqti kelganida tuzukroq tanishtirishlarini aytib o'tgan.
Tarqalgan va o'chirtirilgan videolarni ushbu link orqali yuklab olishinglar mumkin. Ichida virus bor-yo'qligiga kafolat bermayman, shunga videolarni yuklab olmay, onlayn ko'raqolinglar))