Telegram Web Link
Bundan roppa-rosa 82 yil oldin Amerikaning Kaliforniya shtatida mexmon bo'lib turgan xitoylik oilada yangi chaqaloq dunyoga keldi. Chaqaloqqa Bryus Li ismini qo'yishdi.

Bundan roppa-rosa 10 yil oldin litseydagi 2 nafar do'stim bilan Bryus Lining 72 yilligi uchun o'zbekcha xujjatli film tayyorlamoqchi bo'lganmiz. U vaqtlari internet bemalolchilik bo'lmagan, shu sabab Bryus Li haqidagi ma'lumotlarni qogozga chiqarib olgandim. Videolarni bir oshnamni 240x320 o'lchamda oladigan sensor displeyli Samsung telefonida olganmiz. Lekin afsuski, ish sifati o'zimizga yoqmagani uchun tashlab qo'yganmiz((

Videofayllar haligacha kompyuterim arxivida saqlanib kelmoqda. Qachonlardir katta odam bo'pketsam balki e'lon qilarman))

@TheAliBlog
Uzuq-yuluq gaplarga ko'ra Disney hozirda qora tanli "Oppog'oy" remeyki ustida ishlayapti ekan🥲

@TheAliBlog
@Durov'ning aytishicha Fragment.com platformasini yaratish uchun 5ta odam 5 hafta mexnat qilibdi. O'sha 5ta odamni ichida Durovning o'zi ham bor.

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Salom, do'stlar. Bugundan youtube kanalimda "Spider-man: Miles Morales" video-o'yinining strimini boshlayapman. Nega bunaqa cho'zilib ketganini o'sha videoni o'zini ko'rib tushunib olasizlar))

Mana bu video esa, video-o'yin tarkibidagi "Previously on" hikoyasi bo'lib, tushunarliroq bo'lishi uchun birato'la dublyaj qilib qo'ydim))

Video-o'yinni mana bu manzilda tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/06A76Wsf_J0
1-2 kun oldin Elon Mask Apple kompaniyasi Twitterni App Store'dan o'chirib tashlash bilan tahdid qilgani haqida yozgandi.

Kuni kecha Elon Mask Applening bosh ofisiga borib, Tim Kuk bilan uchrashib, muammoni hal qilganini aytdi. Aniqrog'i, muammoni emas, anglashilmovchilikni. Chunki, Elon Maskga ko'ra, Tim Kuk Apple Twitterni App Storedan olib tashlashni umuman o'ylamaganini aytgan.

@TheAliBlog
Oxirgi ko'rgan kino-seriallarim.

Yaqinda Netflix ishlagan Wednesday serialini ko'rib tugattim. Menga yoqdi. Seriallar odamlar orasida yashayotgan maxluqlar jamiyati haqida. "Hotel Transilvania"ni ko'rgandirsizlar, odamlar orasida bo'ri-odamlar, vampirlar va hokazo maxluqlar yashab yurishadi. Wednesday serialida ham shunaqa.

The Addams Family multfilmini ko'rganimdayoq Wednesday personajiga qiziqishim ortgandi. Chunki Wednesday ham introvert personaj)) Xullas, qo'rqinchli filmlardan 1 tomchi qo'shilgan detektiv serial.

Ushbu yildagi Marvel proyektlari yakunlanib, bizni deyarli xursand qila olmadi va o'zimni DCda sinab ko'rmoqchi bo'ldim. Kuni kecha Chrostopher Nolan ishlagan, Christian Bale ijrosidagi Betmen trilogiyasini (Batman Begins, The Dark Knight, The Dark Knight Rises) ko'rib chiqdim va aytishim mumkinki, bu trilogiya menga yoqdi.

Endi yangi DC universedagi filmlarni ham ko'rib chiqmoqchiman. Aytgancha, yaqinda Black Adamni ko'rgandim, yaxshi kino chiqibdi harqalay. Superqahramonlar haqida film ko'rsam, oxirgi Marvel proyektlariga solishtiryapman va hammasiyam ulardan yaxshi bo'lib chiqaveryapti o'zi)))

@TheAliBlog
Mayls Morales o'yining strimini oxirgi qismi joylandi. Endi bemalol boshidan ko'rib chiqib, o'yin syujetida bahra olishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=UpBuYCcDDPw
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'yindan kichik parchani o'zbekcha ovozlashtirdim. Yoqqan bo'lsa videoga o'tib layk-payk degandek))

https://www.youtube.com/watch?v=J1vMPo8jsaw
Endryu Teytning ukasi Tristan Teyt akasining Islomga kirishiga munosabat bildirar ekan, shunday dedi:

" -Akam musulmonlar va nasroniylarni solishtirishda juda zo'r masalani keltirgandi. Ya'ni, siz nasroniylar yurtiga borib Iso yoki Maryam haqida bo'lmag'ur gaplarni baland ovozda erkin gapira olishingiz, boshqa nasroniylarni ham juda bo'lmaganda pul evaziga Iso yoki Maryam haqida bo'lmag'ur gapirtira olishingiz mumkin. Lekin musulmonlarning payg'ambari, ularning xudosi haqida musulmon davlatda ekaningizda yoki musulmon ishtirok etayotgan davrada zarracha yomon gapira olmaysiz va ularning o'zlari ham hech qachon bunday gapirishmaydi. Agar gapirsangiz, kimdir kamida yuzingizga tushirishi aniq. Chunki bu narsa musulmonlarni g'azabini keltiradi.

Lekin akam qoldirib ketgan yana bir jihati bor. Dunyoda shunday odamlar borki, ularni yonida Iso yoki Maryam haqida bo'lmag'ur gap gapirsangiz, bu uchun ham yuzingizga tarsaki yeyishingiz mumkin. Va bu odamlar ham musulmonlardir."

@TheAliBlog
Andijonda qor yog'ishi munosabati bilan svet o'chdi🤗 Ya'ni, qorni ilk zarralari hali yerga tushib ulgurmasidan baraka topkurlar svetni o'chirib qo'yishdi. Chunki qor qalinlashib ketsa elektr simlarida nosozlik keltirib chiqarishi mumkin edi🫡

Shunday qilib, uyingda endi na svet bor, na gaz bor, kayfingni sur ey o'zbek🥱 Meanwhile, qaysidir xoramilarni uyida abetga qaysi 128 yulduzli restorandan ovqay aytish masalasi ko'rilayotgan bo'lishi mumkin)) You get the point

@TheAliBlog
DC filmlari haqida yana fikrlarim.

Xo'sh, Christian Bale ijrosidagi trilogiya menga yoqqanini aytgandim. Lekin yangi DC universe filmlariga o'tganimdan keyin, DC filmlariga munosabatim o'zgardi. Ya'ni, salbiy tomonga o'zgardi. DC filmlarida o'sha Betmen trilogiyasi yaxshi chiqqandir xolos balki?🤔

Hozircha 2ta film ko'rdim xolos: Man of Steel va Superman vs Batman. Supermen filmida syujet juda tushunarsiz bo'lib ketgan. Voqealar birdaniga boshlanib ketadi. Qahramon birdan paydo bo'ladi, xavf ham birdaniga paydo bo'ladi. Anovi qiz bilan esa, qachon sevishib qolishga ulgurganiga haligacha tushunmayapman, 1-2 marta ko'rishgan xolos bo'lsa🤔

Yana superqahramonlar filmlarida uchramaydigan jihat bor: asosiy jang vaqtida butun boshli shaharni vayron qilib tashlashadi. Ya'ni, bunga Supermenni o'zi ham befarqdek. Shahardagilarni saqlab qolishga harakat ham qilmaydi. Unga o'sha, 1-2 ko'rishib yoqtirib qolgan qizi muhim xolos😒 Butun shahar shunchaki vayron bo'lmaydi, juda ko'plab odamlar o'ladi. Va qahramonimiz ularga e'tibor ham bermaydi. Ya'ni, jangni boshqa joyga ko'chirishga urinmaydi ham, qutqarmaganiga yarasha.

Keyingi filmda Betmen paydo bo'ladi. Ben Affleck ijrosidagi Betmen menga umuman yoqmadi. Logika yo'q. Christian Bale trilogiyasida juda ko'p narsani mohiyati ochib berilgan, Betmenda esa tushunish qiyin. Keyin aslida uy xizmatchisi bo'lishi kerak bo'lgan Alfred bu filmda Lucius Fox obrazi bilan chatishtirilgan. Ya'ni, u ham xizmatkor, ham texnika mutaxasisi☹️ .

Supermen bilan janggi uchun Betmen o'ziga yangi sovut tayyorlaydi, qalinroq metalldan. Lekin kulgimni qistatgan joyi o'sha sovutida ham boshini og'iz va bet qismi ochiq turadi🤦‍♂️ Logika yo'q shuyerda. Himoya uchun sovut yasaganidan keyin to'liq qoplashi kerak edi. Yoki og'zidan jarohat olmasligiga ishonchi komil bo'lganmi🤔

Kiyimlar masalasida gap ketganida DC universeda umuman logika yo'q, rostdan ham. Ya'ni, ayol superqahramonlarga nazar tashlaylik. "Oversexualized" bo'lib yotibdi ayol personajlari. Wonder Woman personaji aslida jangari ayol. Lekin yelka, qo'llari, oyoqlari butunlay ochiq holatda. Doimgidek logika yo'q. DCdagi erkaklar butun tanani yopib turadigan kiyim kiysa, ayol qahramonlar negadir yarim-yalang'och kiyinishadi. Ochiq joylaridan jarohat olmaydi)) Bu narsa balki komikslarni ko'proq sotish uchun qo'llangan usul bo'lgandir, lekin film ishlaganda buni mantiqqa ham moslash kerak edi. Masalan, supermen va supergirl personajlarining kiyimlarini solishtirib ko'ringlar))

Ayollarga kiyim tanlash masalasida Marvel oldinda ekaniga amin bo'ldim. To'g'ri, Marvel komikslarida ham ayol qahramonlar "oversexualized" bo'lib ketgan. Harqalay MCU filmlarida bu jihatiga alohida e'tibor berishgan. Natasha Romanoff, Kapitan Marvel, Scarlet Witch, Walkyrie, Shuuri, She-Hulk, Gamorra, Wasp, Hela va hokazo ayol personajlarni hammasi yopiq kiyimda. To'g'ri, qaysidir qismi ochiq bo'lishi yoki qomatiga o'ta yopishib turgan bo'lishi mumkin, lekin harqalay keladigan jarohatlarni ochiq kutib oladigan darajada emasda)) Aynan Wonder Woman bilan solishtiradigan bo'lsak, yaqindagina chiqqan Tor 4 filmidagi "Mighty Thor" - Jeyn Fosterni kiyimiga e'tibor bering. U ham jangari ayol. Lekin yelkasi ham, oyoqlari ham berkitilgan sovut kiyadi.

Xullas, DC filmlari jaa unchalik emas ekan menimcha)) 2tagina filmdan shu xulosaga keldim. DCni reytingizni o'sha Betmen trilogiyasi ko'tarib turadi, shekilli))

@TheAliBlog
1-2 soat ichida millionlab odamlarga yetib bordi. Bilmayin *** yeb qo'ygan deputat endi ancha qiynalishi tabiiy)) Gaz-svetsiz o'tirganidan noliyotgan xalqni o'sha gaz-svetsiz sharoiti qamoqxona kamerasidan yaxshiroq ekaniga shukr qilish keraklgi haqida yozib chiqqan dolbayobning feysbuk profiliga rahmatlar yomg'iri yog'ib yotibdi. Yomg'ir emas, rahmatlar jalasi keldi, desak ham bo'laveradi. Sunami, yanayam yaxshirog'i))

Uni xalqdan yaxshiroq yashashi uchun o'zi aytgan Uychi tumani qamoqxonasiga tiqish kerak endi))

@TheAliBlog
Kuni kecha youtubeda "Across The Spider-Verse"ning treyleri chiqdi. Ushbu multfilm Sony kompaniyasi ishlagan Miles Morales haqidagi multfilmning 2-qismi. Treylerda esa, muxlislar Insomniac kompaniyasi ishlagan Spider-Man video-o'yinlaridagi personajlarni payqab qolishgan. Uyerda Piter Parker va Mayls Morales o'zlarining video-o'yindagi kostyumlarida birga gaplashib ketayotganini ko'rish mumkin.

@TheAliBlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
G'arbda ko'pjinslilik uyoqda tursin, o'zini butunlay boshqa mavjudot deb da'vo qilishlari ham uchrab turadi. Va ming afsuski, buni hozirgi jamiyat normal qabul qilmoqda. Bir muddat oldin o'zini mushuk deb da'vo qiladigan o'quvchi darsdan haydab chiqarilgani haqidagi xabar ham rosa shov-shuv bo'lgandi. O'qituvchi yo'qlama qilayotgan vaqtda o'sha mushuk-o'quvchi miyovlab javob berganmidiyey, shunga o'xshash holat bo'lgandi. Boya tiktokda mana bu krinj videoga ko'zim tushib qoldi. Bu qizni o'zini mushuk deb hisoblagan boshqa videolari ham ko'p ekan kamiga))

Uka-singillaringizni, farzandlaringizni ongini mana shunaqa g'oyalardan himoyalanglar. Bizning jamiyatimiz uchun bunaqa qarashlar ming yildan keyin ham begona bo'lib qolsin)

@TheAliBlog
Epic Games onlayn magazini har hafta qaysidir o'yinni bepul tarqarishi bilan ham boshqa magazinlardan ajralib turadi. Masalan, hozirgacha eng xaridorgir hisoblanadigan GTA 5 o'yinini ham bir vaqtlar tekinga ulashgan edi.

Ma'lumotlarga qaraganda magazin bugundan, ya'ni 15-dekabrdan boshlab oy oxirigacha tekin o'yinlarni haftalik emas, kunlik tarqatar ekan. Ya'ni, har kuni boshqacha o'yinlar chiqadi. Kuzatib borishni tavsiya qilaman, judaa zo'r o'yinlar chiqmas balki, lekin 15 kun ichida 15ta pullik o'yinni bepulga akkauntigizga joylab qo'yasizlar)

@TheAliBlog
No Way Home chiqqaniga 1 yil bo'ldi. O'tmishga qarasak, Marvel Tom Holland ijrosidagi O'rgimchak-Odam filmlarini 2 yil oraliq bilan chiqargan(2017-2019-2021). Kelasi yil oxirida 4-filmni kutishimiz mumkinmi? Nima deb o'ylaysizlar? 🤔

Lekin 5-faza filmlari ro'yhatida ham, 6-faza filmlari ro'yhatida ham O'rgimchak Odam filmi tilga olinmagan.

@TheAliBlog
Internetdagi muhokamalarga ko'ra, "Hogwarts Legacy" o'yinini sotib oladigan yoki strim qilmoqchi bo'lganlar transfobik sifatida qabul qilinar ekan. Bunga JK Roulingni oxirgi harakatlari sabab emish. Ya'ni, mana shu o'yinni sotib olsangiz siz LGBTchilarni qo'llab-quvvatlamasligingizni ko'rsatar emishsiz. Albatta, bunaqa holat g'arbliklar uchun qo'rqinchli bo'lishi mumkin, chunki mana shu tomondan ham xalq g'azabiga duchor bo'lib qolsa, ish joyidan, o'qish joyidan va hokazo joylardan chetlatilishi va umuman jiddiy o'rinlarga qo'yilmasligi mumkin. G'alati, a?)

Lekin g'arbliklar orasida ham biz kabi fikrlab, bularga ochiq norozilik bildiradiganlar talaygina. Masalan, yuqoridagi mavzu izohida ajoyib komment o'qidim: "Endi o'yinni deluxe versiyasini sotib olaman"))

@TheAliBlog
Forwarded from Кинопуб
Кэмеронга ўзбекча раҳмат

Эркин Бозоров ўзининг инстаграмда ёзишича "Аватар 2" киносини кўрибди ва энди уни пират сайтларга ўзбекчалаштирмоқчи экан.

"Аватар 2" фильми эндигина кинотеатрларга чиқди ва у ҳали ўзининг қўрқинчли бюджетини ишлаб топиши учун кўп ойлар кинотеатрда айланиши керак. Агар бу каби фильмлар ўзини пулини чиқармаса қайтиб бунақа блокбастер ишлашга ҳаракат ҳам қилинмайди. Кэмеронга ташаккур айтилганда шуни назарда тутдимикан у?

Хўп, Бозоров учун Кэмероннинг ёки кино саноатининг хурмати йўқдир, лекин бу иш ўғрилик эканлигини, динда ҳам харомлигини билмайдими у?

Хўп, майли, Бозоровнинг ҳаётида дин катта рол ўйнамас, лекин бу иш ғирт қонун бузилиши эканлигини билмайдими у?

Э майли, Бозоров учун бу нарсалар умуман қизиқ эмасдир, лекин ўзи ҳам тармоқларда ижод қилиши билан машҳур бўлган ижодкор бўлса, бошқа бир ижодкорларни ижодини хурмат қилса бўларди-ку ҳеч йўқ? Ютубдаги видеоларини бирорта телеканал айлантирворса индамасмиди у?

Янв бир савол, бу қилаётган иши ҳар томонлама мантиқсизлик эканини билса, бу ҳам гунох, ҳам жиноят, ҳам бефаросатлик, ҳам хурматсизлик эканлигини тушуниб ҳам шу ишни қилишга Бозоровни нима мажбур қилган экан? Ўша пират сайт берадиган пулми? У одам шу пулга қараб қолдимикан? Агар шундай бўлса менда бир таклиф бор. Келинглар Эркин Бозоров номига фонд очиб пул йиғиб борамиз ва у бошқа бунақа ёмон иш қилмаслиги эвазига ўша пулларни унга тортиқ қиламиз, агар гап ростдан ҳам моддий масалада бўлса.

Мен тушунаман, Ўзбекистонда кинотеатрдан кўра тўйхона, қўйхона, чойхона кўп, биламан Аватарни жуда ҳам кўп ўзбекистонлик катта экранда кўролмайди истаса ҳам. Биламан, тушунаман. Лекин фильм кинотеатрлардан олингунча кутиб туриб кейин шу ўғирликни қилса бўлардику? Прокатни хурмати учун ҳам. Ҳай барака топкур Ўзбекистонда катта экранда қўйилмаганда ҳам майли эди-я, имконсизликдан қилинган деб, тушунса бўларди. Лекин, прокати энди бошланган кинони бозорда ўлдиришни мақсад қилган Бозоровга пул шунчалик зарилмикан?
Инсофни ўзига берсин.

@kinopub_uz
2025/07/05 05:43:10
Back to Top
HTML Embed Code: