Telegram Web Link
Yo'qotilayotgan vaqt haqida.

Oxirgi 1-2 oydan beri umrim naqadar tez o'tib ketayotganini his qilyapman. Vaqtni boshqarib bo'lmayapti. Hech nimaga ulgurmayapman ham. Yo uyquga to'yib uxlamayman, yo uxlamaganga yarasha bironta ishni bitirib ulgurmayman.

Agar sizda hozir vaqt sekin o'tayotgan bo'lsa, kunni kech qilish ham qiyin kechayotgan bo'lsa, demak biror sohani o'rganishni boshlang. Vaqt borida nimagadir ulgurib qoling.

Kun kelib tanishlaringiz joylab qo'yadigan ishda zerikib ishlab yurishni emas, o'zingizni sevimli ishingizni qilish orqali pul topish uchun hozirdan harakat qiling. O'sha sohani yaxshilab o'rganing.

Chunki sizda hali vaqt bor.

@TheAliBlog
Kech bo'lsa ham, barchani bugungu Qurbon Hayiti bayrami bilan tabriklayman! Eng ezgu tilaklar barchangiz uchun))

Kuni bilan internetga bemalol bo'lib kira olmadim, shu sabab tabrik ham kechikib ketti))

Shu kunlarda @uzNetflix kanali uchun, aniqrog'i yangi ochilgan pullik kanal uchun "Breaking Bad" serialini o'zbekcha subtitrlarga tarjima qilishni boshladim. Qariyb 1 yildan beri bu serial ixlosmandlari shuni tarjima qilishimni so'rab kelishganini hisobga olgan holda, rosa soqqani bosaman deb o'yladim)) Buyog'i endi nasib, balki pulni tagida qolib ham ketarman)

Blender dasturi bo'yicha yangi darslik yozilgan, lekin shuni montaj qilib, to'g'rilab chiqishga vaqt ajratolmayapman. Yarim soatlik video ustida 5-6 soatlab ishlashga to'g'ri keladi chunki) Lekin shu 1-2 kun ichida chiqarishga harakat qilaman.

Hozircha yurtimizda kechayotgan yangiliklar shulardan iborat edi, bizdan uzoqlashmang)))

@TheAliBlog
Kanalimni oldindan kuzatib kelganlar xarakterimni yaxshi bilishsa kerak, ko'pchilikni yoqtirmayman. Ayniqsa farosatsizlarni.

Ho'p, aynan menga yozganiga ko'z yumsak ham, qaysi kalla bilan shunaqa uslubda yozarkin bu? Chiroyli chiqadi deb o'ylaydimi? Bular shunchaki boshqalardan ajralib turgisi keladi.

Iltimos, nafaqat menga, boshqalarga yozishda ham odamga o'xshab, har xil stil qilmasdan, to'g'ri harflarda yozinglar. Juda yaqin tanishlaring bo'lsa, bilganinglarcha yozaveringlar, lekin begonalarga emas.

Aslida suhbatni boshidayoq uznetflixga link berib qo'ysam bo'lardi, shunchaki kanalimda bunaqa dolbayoblar bo'lishini xohlamadim) Anchadan beri odamlarni blok qilmagan edim. To'g'ri qora ro'yhatga ravona qildim))

@TheAliBlog
Nega odamlar o'zini kallasi turib, birovni kallasini ishlatgisi keladi? O'zini kallasida ham o'ylab ko'rsa bo'larmikan, yoki bunaqa funksiya borligidan bexabarmikan bular?

Sal farosatni ishlatinglar axir. Bitta chet tilini bilsa, lyuboy tilni tushunaveradi degani emasu. Dastur ishlatish ham shunaqa narsa🤦‍♂ Men bittasini tushunaman xolos, hammasini emas.

@TheAliBlog
"Agar sizga yoqayotgan bo'lsa, borib Afg'onistonda yashang!" deb internetda tortishayotganlarni tushunmayapman. Masalan, menga Amerika ham, Yevropa ham, umuman O'zbekistondan tashqari deyarli hamma davlat yoqadi...

@TheAliBlog
Umuman olganda, hozircha Tolibonlar o'rnatgan qoidalarni hech birini "bo'lmag'ur qoida bo'libdi" deyolmayman. Bu shaxsiy qarashim.

-Qonli janjallar to'xtatilishini aytishdi, endi dunyoviy yoki sha'riy sud orqali kelishmovchiliklarni hal qilishadigan bo'libdi.

-Qizlarni ko'chada yolg'iz yurishiga ham, o'qishi-ishlashiga ham qarshilik yo'q. Faqat bitta shart, ayollar hijobda yurishlari kerak ekan. Agar o'zlarini Islomiy amirlik deb e'lon qilishganini hisobga olsak, bu shartni ham tushunish mumkin.

-Narkotik yetishtirish, sotishga o'lim jazosi berilibdi. Har qanday jinoyatga jazoni og'irlashtiraverish kerak, o'g'rini qo'lini chopish degandek.


Xo'sh, aytingchi, bu qoidalarni qaysi biri sizlarda e'tiroz uyg'otyapti? Hukumatni egallash uchun qon to'kildi, to'g'ri.

Hozir uyerdagi ahvolga jon-jahdi bilan qarshi chiqayotganlar Xitoydagi uyg'ur lagerlariga qanday munosabat bildirishgan ekan? Bir necha yil oldin Roxingyadagi musulmonlarni tiriklayin chuqurga yotkizib, ustiga buldozerda tuproq tortib chiqqan budparastlarga qanday munosabat bildirishgan ekan?

@TheAliBlog
Munday o'ylab qaralsa, bizda o'zi saylov haqida aniq tushuncha yo'q. Aksariyatimiz ko'zimizga tanish ko'ringan odamga ovoz berib ketaveramiz. Shu sababli ham bizda saylovlar (ayniqsa prezident saylovlari) boshqa davlatlardagidek debatlar, tortishuvlar, poygalar bilan o'tmaydi. Masalan, Karimovning prezidentlik davrida bo'lgan saylovlarda boshqa nomzodlarning biror chiqishi haqida hech narsa eshitmaganman, yoki eshiktganimni eslolmayman ham.

O'ylashimcha, yosh avlodga yoshligidan saylov haqidagi tushunchalarni singdirib borish kerak. Agar g'arb filmlarini ko'radigan bo'lsak, g'arbda maktablarda ham sardorlik uchun saylovlar, debatlar bo'ladi. Maktab sardori bo'lish uchun nomzodlar maktab o'quvchilariga turli va'dalar berishadi va hokazo. O'quvchilar nomzodlarning bergan va'dasi, saylanganidan keyin uni ustidan chiqadimi-yo'qmi, shular bilan saylov borasida ko'zi pishadi. Kelasi safar ovozni o'ylab berish kerakligini tushunib yetadi.

Bizda esa, kap-katta odamlarda ham saylov haqida tushuncha yo'q. Qaysi nomzodga ovoz berish kerakligi tepadan buyruq bo'lib keladi. Masalan, o'tgan yilgi deputatlar saylovida yonimizdagi saylov uchastkasi bo'lgan maktabga Andijon shahar deputatligiga qanaqadir ayol kishini tayinlash bo'yicha yuqoridan buyruq kelgan emish. Saylovda qatnashmaganlarni nomidan o'sha ayolga ovoz berilgan, yoki saylovga kelib, kimga ovoz berishni bilmay ikkilanib turganlarga shu ayol tavsiya qilinishi kerak bo'lgan. Hozir Andijon shahar deputati o'sha ayol bo'ldimi, boshqasimi, bilmayman. Umuman olganda, deyarli hech kim o'z hududiga kim deputat bo'lganini bilmasa kerak. Nomzodi saylanishi uchun qoplab va'dalarni berib, endi katta maoshni yeb yotishdan nariga o'tishmasa ham kerak bular.

Agar sezgan bo'lsangiz, bir muddatdan beri Mirziyoyev uchun ham propaganda boshlandi. Aniqrog'i, buni o'zi qilyapti. Katta va'dalar beryapti, boshqa rahbarlarni so'kib beryapti, ayrim bloggerlar uni maqtab chiqyapti va hokazo. 4 yillik davrda hech nima qilinmadi demoqchi emasman, to'g'ri, Karimov davridagidan ko'ra o'zgarishlar bo'ldi. Lekin hamma o'zgarish ham yaxshilik uchun bo'lmadi, xaromilarni qornini to'ydirish uchun bo'ldi ko'pi. Hozir ham xalqni qulog'iga yoqadigan va'dalar bilan o'zini nomzodini saylamoqchi deb bilaman, boshqa narsa emas. Saylovda yutib chiqqanida ham, katta o'zgarish bo'lmaydi. Har safar qishda elektr-gaz uzilmasligi uchun buyruq beradi, lekin o'sha tashkilotlar tasodifan yaxshi tayyorgarlik ko'rmagani uchun haftalab uzilishlar bo'ladi, gaz umuman bo'lmaydi. Internetni yil oxirigacha 10 barobar oshirishga buyruq beriladi, muddat kelganida internet 10 barobar oshirilgani e'lon qilinadiyu, bu o'zgarishni avom xalq sezmaydi lekin. Xullas, tushunib oldingiz.

Iltimos, saylovda nomzodlarni yaxshilab o'rganib, keyin ovoz bering. To'g'ri, boshqa nomzodlarni deyarli tanimaymiz. Balki qo'g'irchoq nomzod xolosdir ham. Lekin baribir ertaga yana 4 yil afsuslanib yurmaslik uchun hozir harakat qilish kerak.

Izohda yurtimizni musaffo osmoni haqida yozib boshni qotiradiganlar bo'lmasa keragu, lekin mabodo shunaqa fikrlaydiganlar haliyam bor bo'lsa, ko'zingizni oching. Ota-onangizni, (balki sizni ham) to'layotgan soliqlarni qaysidir xaromxo'rlar yeb ketyapti. Xalqqa hech nima bermayapti. Oxirgi marta qachon soliq to'ladingiz? Endi aytingchi, oxirgi marta qachon hududingizdagi yo'lni ta'mirlab ketishdi, qachon tabiiy gaz berildi sizlarga?

@TheAliBlog
O'zbekistonda men bilgan yagona professional 3D animatorlik o'quv markazidagilar bir nechta o'rin uchun grant e'lon qilgan ekan. Grantni yutish uchun shunchaki ularga animatorlikni o'rganishdan maqsadingiz va hokazolar haqida xat yuborishingiz kifoya, imtixon yo'q. Xat yuborganlar bilan alohida suhbat o'tkazilib, rostdan kelajakgi borlarni qabul qilib, tekinga o'qitishar ekan. Xullas, kanalimda 3D animatsiyaga qiziquvchilar ko'p ekanu uchun ushbu imkoniyatdan foydalanib qolinglar, demoqchiman. Adashmasam, bugun oxirgi kun ekan. @whitelinecg kanaliga o'tib batafsil ma'lumot olinglar.

Hech qanaqa reklama emas bu)

@TheAliBlog
Tiktokka ham anchadan beri kirmagan edim. Kecha kirib qarasam, hammayoq yangi trendga to'lib ketibdi. Oddiy animatsiya bilan bu trendda qatnashib olmasam bo'lmaydi deb o'yladim)) Qaysi ekanini topib bo'lgandirsizlar?))

@TheAliBlog
Yangi video render jarayonida. Kechadan beri))

Bugun kechgacha tugab qolsa kerak)

@TheAliBlog
Odatda tinimsiz xabar yozadiganlardan e'lon kelmaydigan qilib qo'yaman. Shu sabab iltimos, shaxsiy xabar orqali xabar yozganda gapingizdagi har bir so'zlarni alohida sms qilib yubormang. Sizga probelni bosishdan enterni bosish qulay bo'lsa, buyoqdagilarga ketma-ket sms kelavarishi asabini buzishi mumkin.

Ayniqsa, menga o'xshahan asabi chatoqlarni. O'shanchun tinchgina o'sha profilni ovozsiz rejimga solib qo'yaman va yozgan smslari 5-6 kunlab o'qilmay turaveradi. O'qiganimdan keyin ham, javob yozishga zarurat sezmayman)

@TheAliBlog
Bugun chiqqan "Spider Man: No Way Home"ning treylerini ko'rib, yangi animatsiyaga ilhom keluvdi. Lekin kerakli narsalarni modellashtirish uchun o'ylaganimdan ko'p vaqt ketib qolarkan. Manavi narsaga 3 soat vaqt sarfladim masalan)) Menimcha animatsiya qanaqa bo'lishini ba'zilar tasavvur qilib ham bo'lgandir))

Xullas, yana biror haftada tayyor bo'lsa kerak, 5-6 soniyalik animatsiya)

@TheAliBlog
Tabriklashinglar mumkin, bugun qiz farzandlik bo'ldim! Allohga shukr, sog'-salomat tug'ildi. 🥰

Uje hozirdan boshqacha hislar qurshayapti, otalik olamiga qadam qo'ydim)

@TheAliBlog
Tovba, ko'pchilik menga "uylanganmisiz?", "hali yoshsiz shekilli?" deb hayron bo'lishyapti. Asosiy rasmga yosh bolani qo'yib olganimga hamma menu yosh deb o'ylaydimi? 👀

Yoshim: 25da
Bo'yim: 182
Vaznim: 73
Oilaliman, muqaddam sudlanmaganman, oliy ma'lumotliman)
Pullik videodarslar.

Shunday qilib, uzoq o'ylab, ushbu oy vaqtimni Blender bo'yicha pullik videodarslik chiqarishga bag'ishlamoqchiman. O'ylab ko'rsam, shu yo'l bilan ham mundayroq pul ishlab olaman, ham ko'pchilikka foydasi tegar ekan))

Hozirda 3D modellashtirish bo'yicha videokurslar juda qimmat, 100-150 dollar atrofida. (Balki arzonlari ham bordir, xabarim yo'q) Men esa, 20 dollardan taklif qilib, ko'proq auditoriyani qurshab olmoqchiman. Albatta, bu 20 dollar bilan professional modelyer bo'lib ketmaysiz, birinchi videokursni boshlang'ich daraja (beginner)ga olib chiqishga bag'ishlasam, ikkinchisini o'rta daraja (intermediate)ga bag'ishlayman. Shunday qilib, 20 doldirdan 40 doldir bo'ladi🤓.

Profi darajasini va'da qilolmayman, bunisi uchun kechirasizlar, lekin nasib qilsa, shu ikkala kursdan keyin o'z parvozingizni boshlab, bilmaganlaringizni oson o'rgana olish darajasiga chiqib olasizlar.

Demak, bu ikki kursda biz 3D modellashtirish haqida tushuncha, obyektlar yaratish va tahrirlash, modellashtirish, teksturalar, animatsiya, moshn-grafika kabi bir qancha bilimlarni egallaymiz.

Shuningdek, videokurs sotib olganlar uchun alohida guruh ochilib, u guruhda o'rganuvchilar bir-birlari bilan fikr almashishlari, o'z ishlarini bir-biriga maqtanishlari mumkin bo'ladi. Shuningdek, u guruhda a'zolar so'ragan biror funksiyani o'sha guruhdagilarni ba'ri uchun tushuntirib berib boraman, ya'ni, "life-time support" bo'ladi))

Albatta, bu videokursni olmasdan, youtubedagi turli kanallardagi bepul darsliklardan yoki pullik kurslarni sotib olsangiz ham bo'ladi. Men ham o'sha pullik kurslardan o'rganganman, har xolda) Lekin men o'sha 10dan ortiq pullik kurslarni o'rganib chiqqan odam sifatida, ularni umumiylashtirib tushuntirib borishim mumkin bo'ladi))

Xullas, shunaqa gaplar. Agar oldindan sotib olmoqchilar bo'lsa, oldindan sotib olganlarga 20 foiz chegirma qilib beraman, keyingi kurs uchun esa 35 foiz chegirma olishadi)) Kurs tayyor bo'lishi bilan chegirma qilib berish to'xtaydi. Shunday ekan, shoshilinoradi))

Videokurs nasib qilsa, shu oy o'rtalariga tayyor bo'ladi. Qo'shimcha savollarni izohda yoki shaxsiy xabarda yozishingiz mumkin.

@TheAliBlog
Tiktokda kuzatib boradiganlar Damas haqida video va'da qilganimni bilishsa kerak) Hozir shuni ustida ish olib boryapman.

Ushbu ko'prik modeli sizlarga juda murakkab model bo'lib ko'rinayotgandir, lekin aslida juda oson. Youtubedagi 5ta videodarsni o'rganib chiqqanlar bemalol modellashtira oladi. Faqat biroz fantaziya kerak. Buyerda hamma narsa shunchaki kub va silindrlardan ishlangan, hech qanday ortiqcha modifikatsiyalar yo'q.

@TheAliBlog
2025/07/10 19:14:11
Back to Top
HTML Embed Code: