Telegram Web Link
Blender dasturida yaratilgan lampochka va tekstura natijasi. Menimcha, yuqori sifatli desa bo'ladi)) Siz ham shunday modellar yasab, shunday teksturalar berishni o'rganmoqchi bo'lsangiz, unda pullik videokurslarimga marhamat)) (reklama)

Yangi kurs shu hafta ichi chiqadi, nasib qilsa, agar 1-kursni olmagan bo'lsangiz, ungacha olib o'rganib turaveringlar))

Modelni yaratish va tekstura berish jarayoni tiktok sahifamga joylashtirilgan: link

Postni 3D grafikaga qiziqadigan tanishlaringizga ulashishingiz mumkin))

@TheAliBlog
Yangi videokursdagi darslar soni nechta bo'ladi?

Boshlang'ich videokurs 22ta videodarsdan iborat edi. Yangi kursni esa, hozirgina 53-videoning montajini tamomladim)) Umumiy uzunlik haqida hozircha biror nima deyolmayman, hozir hisoblashni imkoni yo'q. Lekin yana o'rtacha hisobda 10-15ta video qo'shiladi.

Va nasib qilsa yangi kursni shu 1-2 kun ichida taqdim qilaman))

@TheAliBlog
Telegramga yana yangilanish qo'shilib, postlarga reaksiya bildirish va spoyler funksiyalari qo'shilibdi.

Spoyler matn bu birov behosdan o'qib yubormasligi uchun yashirib qo'yilgan matn. Masalan, ushbu matnda falon kino haqida spoyler bor, deb ogohlantirib, keyingi matnlarni yashirib qo'ysa, o'quvchi agar spoylerni o'qiyvermoqchi bo'lsa, "bijir-bijir" matnni ustiga bosadi va matn o'qisa bo'ladigan holatga keladi.

Reaksiya bildirish uchun shunchaki postni ustiha bir marta bosib, reaksiyalardan birini tanlash kifoya)

@TheAliBlog
Mana sizlar bilan yana bir yilni oxirlatib, yana bir yangi yilga qadam qo'yyapmiz. Doimgidek ushbu yildan falon odatlarni tashlayman, falon ishlarga odatlanaman, deb o'zimizga va'da berib, 1 haftacha o'sha va'damizga sodiq qolib yashaymiz)

Yangi yilni yangicha boshlash uchun o'z hayotimda ham ijobiy o'zgarishlar bo'ldi. CGTrader saytining frilanserlik saytiga qabul qilindim, imtixon orqali) Ushbu saytni boshqa frilans saytlardan farqi buyurtmani kutib o'tirmasligingizda ekan, yuzlab buyurtmalar ichidan o'zingizga ma'qulini tanlab ishlayverasiz, darrov tugatib qo'ysangiz, yana buyurtmalar bisyor ekan) Faqat bir tomoni bor, saytda qoidalar qat'iy. Yaxshi to'laganiga yarasha shunga yarasha sifatni ham talab qilib oladi. Rosa injiq)

Shu kungacha Blender dasturida boshqa saytlarda frilanser sifatida ishlab yurgandim, bo'sh vaqtimda xolos. Shu sabab bundan topgan pulimni ham jaa maqtanib bo'lmasdi. Lekin endi yangi yildan boshlab to'liq frilanserlikka o'taman, boshqa ishlarni yig'ishtiraman. Bu dasturni o'rganishni maqsad qilganimdayoq asosiy niyatlarimdan biri bu tirikchilikni o'z sevimli ishim bilan o'tkazish edi. Xudo xohlasa, shu niyatimni amalga oshiradigan vaqt keldi))

Shuningdek, o'quvchilarimga ham frilanserlik qilishda kerak bo'ladigan yo'l-yo'riqlarni ko'rsatib, ularni ham pul topishni boshlashlariga ko'maklashaman😎

Yangi yilingiz bilan!

@TheAliBlog
​Blender bo'yicha alohida kanal ochdim. Bu kanalda Blender dasturi bo'yicha tavsiyalar, motivatsiyalar va hokazolar yozib boraman))

Shunday qilib, bu kanalimga faqatgina blender uchun qo'shilganlar bo'lsa va blenderdan tashqari mavzudagi fikrlarim zeriktirib yuborgan bo'lsa, endi shu kanalga ko'chib olishinglar mumkin:

@BlenderUstasi
Pixar kompaniyasining deyarli barcha ishlari shedevr bo'lib chiqadi, desam hech kim e'tiroz bildirmasa kerak. 3D animatsion filmlar sanoatining eng boshidan boshlab hozirgi kungacha bu sohadagi eng kuchli kompaniya hisoblanadi.

Faqat bitta narsa chatoq bo'lgan, bu kompaniyani ham boshqa ko'plab media kompaniyalar qatorida Disney yutib yuborgan. Ya'ni, sotib olgan)

Pixarning shu yil boshida chiqishi rejalashtirilgan "Turning Red" multfilmi ham endi kinoteatrlarda namoyish etilmay, to'g'ri Disney+ stiriming xizmatiga joylanishi haqida gap-so'zlar yuribdi. Bu degani, multfilm o'sha kunni o'zidayoq yuqori sifatli holatda butun internetga tarqab bo'ladi. Tuzukroq pul ishlashigayam qo'yib bermaydi endiπŸ˜’

@TheAliBlog
Yangi yildan sal oldin "Daredevil" serialini ko'rishni boshlagandim. Marvel komikslari asosida Netflix uchun ishlangan serial. Lucifer serialidan keyin bunaqa uslubdagi detektiv filmlarga ancha qiziqib qolgandim. Sizlarga ham tavsiya qilaman.

Ko'rishni boshlashimga turtki bo'lgan narsa serialning bosh qahramini Met Murdok (Matt Murdock)ning yangi o'rgimchak-odam filmi orqali MCUga qadam bosishi bo'ldi. Marvel ishqibozlari bu qahramonning ham tarixini bilib chiqishlari kerak, menimcha))

Shunday qilib, Netflix uchun ishlangan Marvel seriallari ham bir-birini davom ettirib, undagi qahramonlar huddi Qasoskorlar singari bir jamoaga birlashisharkan ekan. Demak, ro'yhatingizga qo'shishingiz mumkin bo'lgan seriallar ro'yhati:

- Daredevil
- Jessica Jones
- Luke Cage
- Iron Fist
- The Punisher
-The Defenders

@TheAliBlog
2021-yilni Marvel muxlislari uchun ajoyib yil bo'ldi, desak bo'laveradi. Shu yilni o'zidayoq MCU tarkibiga kiruvchi bir qancha seriallar, filmlar taqdim etildi. Yilni esa, haqiqiy shedevr bilan yakunladik))

2022-yilni esa, Pottermanlar uchun kutilgan yil bo'ladi, desak bo'laveradi. Yilni boshidayoq Garri Potter filmi premyerasining 20 yilligiga atab "reunion" hujjatli film ko'rgan bo'lsak, yil davomida "Dambldor Sirlari" filmi (Fantastic Beasts: Secrets of Dumbledore) va video-o'yin ishqibozladi uchun juda uzoq kutilgan RPG janridagi "Hogwarts Legacy" o'yini chiqariladi.

Bular orasida eng ko'p kutayotganim bu shubxasiz video-o'yin bo'ladi. Rouling xonim yaratgan afsungarlar olami shunday tuzilganki, unda istalgan odam o'zi qahramon yaratib, o'sha qahramoni haqida hikoyalar tuzishi mumkin. Bu o'yin ham huddi shu ko'rinishda bo'ladi, deb taxmin qilmoqdaman. Demak, 2022-yilda ham zerikib qolmaymiz))

@TheAliBlog
Agar "Eternals" filmini ko'rmaganlar bo'lsa, kecha kechqurun internetga chiqibdi. O'zbekchasidan xabarim yo'q. Inglizchasini yuklab olgandim, ko'rishga arziydimi-yo'qmi, kechroq yozib yuboraman))

@TheAliBlog
Unutmanglar, 14-yanvar barcha yigitlarni emas, vatan himoyachilarining bayrami. Bu degani xarbiylar, ichki ishlar va hokazo xodimlarining kuni. Bularni orasida hatto ayollar ham bor. Shunday ekan, dolbayobga o'xshab qizlardan sovg'a kutadiganlardan bo'lmanglar.


Aytgancha, Eternalsni ko'rib chiqdim, juda zo'r emasu, lekin ko'rishga bo'ladi. Marvel Kinematik Olamining chegarasi yanada kengayib ketadi bu kinodan keyin. O'zi parallel olamlar ham yetib turgandi, bunga endi celestiallarni ham qo'shib tashlashganπŸ˜‘

@TheAliBlog
Yaqin kunlarda pulim ko'payib, bosar-tusarimni bilmay qolamanku, shu vaqtda to'polonda videokartamni yangilab olaymikan, degandim. Olganga yarasha RTX seriyasidan olishim kerakda, bu seriyadagi eng quyi modellar 3060 modellari bo'ladi. (Notbuklar uchun 3050 ham bor)

Lekin bir narsani ko'rib hayron qoldim. Nvidia videokartalarida 60 raqami 6GBlik videokarta modellarida ishkatilardi o'zi: 1060, 1660, 2060. Lekin 3060 modeli 12GB ekan, zo'r a?

Agar 3060 12GB bo'lsa va narxi 750 dollar bo'lsa, menimcha bu modelga zo'r narx ekan, deb turgandim. Chunki o'zim ham videokartalar hali qimmalamagan vaqtda 1660ni 330 dollarga olgandim. 6GB - 330, 12GB - 750. Yomon emasda, to'g'rimi?

Lekin qarasam, bu videokartanig kuchliroq, titanium versiyasi, ya'ni RTX3060Ti modeli 8GB grafik xotiraga ega ekan. Tovba, nega endi oddiy versiyada 12GB, pro versiyasida 8GB? Kamiga o'sha 8GB versiyasi kamida 100 dollar qimmatroq?

Shu narsa tinchlik bermay, ikkalasini ham o'rganib chiqdim. 3060da asosan Radeon videokartalariga raqobat qilish uchun ko'proq grafik xotira qo'shilgan ekan. Lekin, CUDA, Tensor, RTX va boshqa bir qancha yadrolari 3060Tinikidan sezilarli darajada oz ekan. Demak, grafik xotirasi kam bo'lsa ham, 3060Ti modeli gaming uchun ham, 3D grafika bilan shug'ullanish uchun ham munosibroq nomzod ekan.

Shunday qilib, qaysi modelni olishimni tanlab oldim. Endi pulim ko'payib ketishini kutish qoldi xolos))

@TheAliBlog
Ma'naviyatim rosayam buzilib ketibdi shekilli, yaxshi yangilikniyam neto tushunyapman)

@TheAliBlog
Forwarded from Ilyos Olimov
Junior dasturchi bo`lib ishga kirishni istaysizmi?

1. Kuniga minimum 6 soat har bir daqiqangizni hisoblab o`zingiz ustingizda ishlang.
2. Kamida 1ta masala ishlashni odat qiling.
3. Va har bir o`rgangan narsangiz haqida yozib boring. Instagram yoki telegram farqi yo`q.

Siz o`zingiz mustaqil o`rganmoqchimisiz? Sizga mentor kerakmi? Biz sizga yordam beramiz.
Hozircha react, react native, javascript, python va php bo`yicha yordam berishga tayyor bo`lgan dasturchilarimiz bor.
Guruhlarimizga qo`shilish uchun sizdan bir oy mobaynida har kun nimalar bilan shug`ullanganingiz va nimalar o`rganganingizni yoritib borishingiz kerak bo`ladi. Va buni biz ko`rib borishimiz uchun, quyida sizga havola qoldiraman va siz bilan o`zim bo`g`lanaman. Sizga yordam bera olishim uchun esa sizdan yagona talab, quyidagi linkga so`ralgan ma`lumotlarni kiriting va keyingi postda qanday qilib kunlik tajriba bilan bo`lishishni o`rganing.

https://forms.gle/iTjKzmybrucGAS368

PS: Tarqatganlar senior bo`lib bosar tusarini bilmay qolsin.

PSPS: dasturchi bo`lishni istasangiz, uyqusiz tunlarga tayyor turing.

$100K lik ishga kirguncha πŸ˜‰

PSPSPS: oxirgisi! Imloviy xatolarga rozi bo'linglar )

#tarqatgangatoleyor #shareingiscaring #ichizqorabolsatarqatmang #dostilaoboduyingagarupostlaringnitarqatsa

@macsad_academy
@ilyosme
Kompyuter kresloyimni bitta qo'l qo'yadigan tomoni sinib kettiπŸ˜‘ Tirsagim havoda muallaq turishiga to'g'ri kelyapti. Qo'lim bunchalik og'ir deb o'ylamagandim)

Menimcha kechagi videokarta kutib turadi endi, oldin kreslo ovolaman shekilli)

@TheAliBlog
"1 Trillion O'zbek Dasturchilari" degan ahmoqona narsa chiquvdi, eslaringda bo'lsa. Yuqoridagi kallasi ishlamaydigan dolbayoblar dabdurustdan dunyo IT bozorida Hindistonga raqobatchi bo'lamiz, 1 millionta dasturchi yetishtiramiz" deb rosa jar solishdi.

Buyog'i GAIlarga beriladigan kunlik planga aylandi. Har bir hududga/tashkilotga faloncha miqdorda dasturchi topib, platformadan ro'yhatdan o'tkazish buyrug'i qo'yilgandi.

Haliyam esimda, kompyuter klaviaturasida o'zini ismini yoza olmaydigan odamlarni dasturchi qilib ro'yhatga olishgan. Xullas, bu narsa avvalboshidan karamsho'rva edi.

Endi esa, shu dastur bo'yicha o'tkazilgan tanlov g'oliblariga (olimpiyadaga o'xshash narsa bo'lsa kerak) berilishi kerak bo'lgan Notbuklarni cho'ntakka urib, o'zlaridagi eski notbuklarni sovg'a qilishvoribdi, xorami shovvozlar.

Bu narsa bloggerlar orasida ovoza bo'lib, jurnalistlar surishtiruvni boshlaganidan keyin anglashilmovchilik bo'lgani aniqlanib, hammasiga yangi notbuklar topshirilibdi)

Endi bitta itemgan xorami chiqib nima deydi deng? Bolaga haqqini talab qilishni o'rgatish yaxshi yo'l emasmish) Bolaligimdan haqqimni talab qilib kelgan odam sifatida aytishim mumkinki, haqqini talab qilganlar har doim shunaqa dolbayoblarga yoqmaydi o'zi. Haqqingizni talab qiling. Sizni haqqingizni birov indamay olib ketishiga yo'l qo'ymang.

@TheAliBlog
Masalan, G'arb filmlarini ko'pchilik LGBTni targ'ib qiladi, deb o'ylaydiyu, shular o'zbek seriallari insestni targ'ib qiladi, deb o'ylasharmikan?

Shunaqa o'zbek seriallaridan parchalarni ko'p ko'rib qolaman. Bittasida bir yigit uyida hech kim yo'q ekanida o'gay singlisini quchoqlab olib sevgi izxor qiladimiyey, yana bittasida kelinchak qaynotasiga sevgi izxor qiladimiyey, xullas aqlga sig'maydigan narsalardaπŸ€¦β€β™‚

Masalan, o'sha g'arbda kinolarni hisobga olmaganda ham ularni hayotida LGBT vakillari o'rnashib bo'lishgan, lekin bizni atrofimizda shunaqa insest voqealar bo'lyaptimi? Ularni filmlari ularni hayotiga ko'zgu desak, bizni kino-seriallarimiz bizni hayotimizga ko'zgu bo'la oladimi?))

Umuman, "falon serialni, falon kinoni ta'qiqlash kerak. Falon kinoni oila davrasida ko'rib bo'lmas ekan, shu kinoni farzandlaringizga ko'rsata olasizmi?" degan mazmundagi postlar juda ko'p uchraydi. Avvalo, oila davrasids kino ko'rishdan oldin uni necha yoshdagilar uchun ko'rish tavsiya etilishini qarash kerak. O'zi kinoga katta qilib 18+ deb yozib qo'ygan bo'lsayu, ichidagi behayo sahnalarini pesh qilib "mana, bolalarga ko'rsatasizlarmi shuni?" deb ayyuhannos solish ahmoqlikdan boshqa narsa emas.

@TheAliBlog
Yangiliklarga ko'ra Microsoft kompaniyasi video-o'yinlar sanoatida katta o'rin egallagan kompaniyalardan biri - "Activision"ni sotib olish bo'yicha kelishuv tuzibdi. 20-aprel kuni Activision kompaniyasi 69 milliard dollar evaziga Maykrosoftga topshirilar ekan.

Activision kompaniyasini asosan Call of Duty o'yini orqali tanisangiz kerak. Shuningdek, uning tarkibiga kiruvchi "Blizzard Entertainment" kompaniyasi World of Warcraft o'yinining yaratuvchisi hisoblanadi va bu kompaniya ham Activision bilan birgalikda Maykrosoftga o'tadi.

Buni PC-gamerlar uchun yaxshi yangilik desak bo'ladi, chunki yuqori sifatli o'yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniyani dunyodagi eng yirik va boy bo'lgan kompaniyalardan biri sotib olmoqda.

Shu bilan birgalikda, bu Maykrosoftga qarashli Xbox o'yin konsolining Sony Playstation bilan raqobatidagi navbatdagi qadam bo'lishi ham mumkin. Chunki huddi Sony yuritadigan siyosat kabi Maykrosoft ham endi katta o'yinlarni "Xbox Exclusive" sifatida sotuvga chiqarishi mumkin)

@TheAliBlog
O'zi deyarli televizor ko'rmayman. Ovqat mahali yoqib qo'yishgani uchun ko'zim tushib qoladi. Bugun shu vaqtda anovi yor-yor bo'layotgan ekan.

Qarang, bir dolbayob kishi 46ga kirsa ham uylanmagan ekan. Asosiy sabab: kambag'alligi.

Uni dolbayob deyishimga sabab uni kambag'alligi emas, dolbayobcha fikrlashi. Qarang, 46ga chiqqan, odamlar kambag'al ekansan deb qizini bermayapti o'zi bunga, yana nima emish, uylansa faqat xo'ja avlodidan bo'lgan qizga uylanarmishπŸ˜‚ Sababi, ota-bobolari faqat xo'jalarga uylangan emishπŸ€¦β€β™‚

Mlyaa, qanaqa dolbayoblar bilan bir zamonda yashayapmiza o'ziπŸ˜‘

@TheAliBlog
2025/07/08 16:08:40
Back to Top
HTML Embed Code: