Telegram Web Link
Millionni o'tgan yildi konserti chiqibdi youtubega.
Elon Mask Twitter platformasini 44 milliard dollarga sotib olyapti.

Twitterni sotib olib, uni so'z erkinligiga ega platformaga aylantirishini ta'kidlab kelayotgandi. Buyog'iga nimalar bo'lishini ko'ramiz.

@TheAliBlog
Tom Holland ijrosidagi "Uncharted" filmi internetga chiqibdi. Ko'rib chiqdim, kino zo'r ishlangan, ko'rishni tavsiya qilaman. "Playstastion Exclusive" o'yinlardan hisoblangan seriyaning kinosi. O'yin bilan voqealar rivoji bir xilmi, bunisini bilmayman, PS yo'qligi uchun o'ynash nasib qilmagan hali))

Lekin bu postda Tom Hollandning ijrosi haqida gapirmoqchiman. Tom Hollandni yangi o'rgimchak-odam sifatida ko'pchilik tanib ulgurgan. Uncharted filmidagi obraziga juda mos tushgan, rolini mohirona ijro etgan.

Biz kichkinaligimizdan beri ekshn janridagi filmlarda sanoqli aktyorlarni ko'ramiz xolos: Tom Kruz, Nikolas Keyj, Met Deymon, Vin Dizel, Dveyn Jonson, Kianu Rivz va hokazo. Nima demoqchi ekanimni tushungandirsizlar, bunaqa aktyorlar sanoqli va aksariyatining yoshi 50dan o'tib bo'lgan.

Lekin yosh avlod aktyorlari ichida ekshn janriga munosiblaridan hozircha faqat Tom Holland ko'zga tashlanyapti. Kaskadyorlik sahnalarini to'liq o'zi bajaradi, rolga yaxshi kirishadi va hokazo. Demak, aktyordan hali ko'plab zo'r ijrolar kutib qolamiz.

Unchartedni esa, ko'rishinglar kerak. PSdagi o'yinlarini hozircha 8ta qismi borligini hisobga olsak, filmni hali davomi uzoq bo'lishi mumkin 😉

@TheAliBlog
Barchamizga ramazon hayiti muborak bo'lsin!
Bugun Moon Knight serialining oxirgi qismi chiqdi. Serial har tomonlama zo'r ishlangan. Ko'rishni tavsiya qilaman. Aytgancha, titrlardan keyingi sahnani ko'rmasangiz, serialni eng qiziq joyidan qolib ketgan bo'lasiz))

Shuningdek, ertaga Doktor Strenjning premyerasi bo'ladi. Koreyadagilarda bugun ekan. O'zi umuman olganda dunyo premyerasi 6-may deb e'lon qilingan edi. Lekin bizda qandaydir qilib 1 kun oldin ekan. Koreyada esa, bizdan ham 1 kun oldin ekan))

Agar bu filmni anchadan beri kutayotgan bo'lsangiz, spoylerlardan ehtiyot bo'lib yuringlar internetda)

@TheAliBlog
Kecha maqtanganimga ko'z tegibdi. Premyera 6-ga qoldirilibdi 😑

@TheAliBlog
Doktor Strenj menga unchalik yoqmadi. O'rgimchak Odamdan keyin ko'proq narsa kutvordim shekilli. 1-qismi top chiqqan edi lekin. 2-kino kichkina muammoni deb o'tib ketti. Men kattaroq dushmanlar, kattaroq xavf, kattaroq yechimlar kutgandim. Afsus.

@TheAliBlog
Ali. Blog
A Man Without Love With Lyrics – Engelbert Humperdinck
Moon Knight serialida ishlatilgan qo'shiqlardan biri. 60-70-yillarni qo'shig'i ekan. Zo'r ekan, tilga o'rnashib qoladigan)
Kompyuterda 2-monitorga kino-pino qo'yvolib ishlayman, degan edim. Ekrandagi kino ko'p hollarda e'tiborni orqa fonida turadi. Lekin bugungi chiqqan Subyektivning yangi sonini ko'rish uchun ishni to'xtatib turishimga to'g'ri keldi.

Subyektiv kanali men kuzatadigan sanoqli o'zbek kanallardan biri. Bir oyda bir martagina video chiqaradi va shuning uchun ham sifatli chiqarishga harakat qilishadi. Bugungi sonida o'zi baloniyam eplolmasdan, biznes trening o'tib yurgan infolo'lilar haqida gapirilibdi. Hammangizga ko'rishni tavsiya qilaman. Ba'zi infolo'lilarni fakt-cheking orqali asl basharasini ochib bergan))

https://www.youtube.com/watch?v=O9XTWHUW7qQ
Internetga "Morbius" chiqqan ekan, kecha ko'rib chiqdim. Sizlarni vaqtingizni tejab qolish uchun aytishim mumkinki, jaa ko'rish shart bo'lgan kinolardan emas. Bekorchilikdan ko'rsangiz bo'laveradi.

Lekin menga kinoni oxiridagi "post-credit" sahnasi yoqdi. Morbius qahramoni Marvel kompaniyasiniki bo'lgani bilan, qahramonning mualliflik huquqi Sony kompaniyasiga tegishli. Huddi Venom yoki O'rgimchak-Odam kabi. Va menimcha Sony o'zining keyingi Marvelga aloqador proyektlari uchun multiverse voqealarini tayyorlab bormoqda.

Masalan, oxirgi O'rgimchak Odam filmida biz umuman Venomni ko'rmadik, lekin Venom filmini oxirida u o'rgimchak odamni dunyosiga o'tib qolgan va unga qarshi jang qiladigandek ko'ringandi. To'g'ri, O'rgimchak-Odamning post-credit sahnasida barmendan birnimalar so'rayotganini ko'rganmiz, lekin bu voqealar rivojiga umuman ta'sir qilmagandi.

Morbius filmining oxirida esa, huddi O'rgimchak-Odam filmining oxirrog'ida bo'lganidek, osmon yorilib, boshqa olamdan bir qahramon Morbiusning olamiga tushib qoladi. Ortiqcha spoyler qilmoqchi emasmanu, lekin bilishimcha Morbius Endryu Garfild o'rgimchagining olamida yashaydi. O tomonga o'tib qolgan qahramon esa, Tom Holland o'rgimchagining olamidan edi.

Demak, O'rgimchak-Odamning keyingi filmida biz uni multiverse yovuzlariga qarshi kurashishini ko'rsak kerak 🤔 Aniqroq aytganda, O'rgimchak-Odamning 4-qismi ham chiqar ekan demak.

Yoki, muxlislar fleshmob uyishtirganiga javoban, Endryu Garfild o'rgimchagining 3-qismi olinarmikan? 👀

@TheAliBlog
Ancha avval aytgandim, yangi uchastkaga ko'chdik, deb. Yaqinda esa, eski uyimga qaytib chiqdik. Men, xotinim, qizim.

Vey, huddi yangi uy olib chiqib ketgan odamdek bo'lyapman. Uyga hamma narsa olish kerak bo'ldi xullas. Anovi ming doldirga videokarta olish niyatim negadir borgan sari surilib ketyapti. Pulni endi tayyorladim deganda uyga biror nima olish kerak bo'lyapti 😑 Qimmat emasu, deydigan mayda-chuyda narsalarga ham bunaqa katta pul ketib qolishini umuman kutmagandim lekin.

Lekin baribir o'sha videokartaga yetishaman hali😔

@TheAliBlog
Kompyuterimni apgreyd qilishni boshladim bugundan. Kichikroq qadamlardan bo'lsayam))

Xotirasi to'lib qolaverib jonga tekkandi, yoniga yana bitta 2TB HDD oldim bugun. Umumiy 4TB bo'ldi🤓

Keyingi bekat: yana bitta 16GB operativ xotira))

@TheAliBlog
Namanganda qanaqadir festivalni jonli efirda ko'rsatyapti. Xullas, bitta operachiga o'xshash bola chiqib "Bella Ciao"ni aytdi. So'zlarini shunaqangi ko'p xato bilan talaffuz qilyaptiki, urib tashlagim kelyapti 🤨

Anchagina qadrdon bo'pqolgan bu qo'shiq🤓

@TheAliBlog
3D grafika sohasida asosan CGTrader platformasida ishlashimni aytgandim shekilli, a?)

Xullas, may oyi bo'yicha 3D dizaynerlar reytingi e'lon qilinibdi. Oldingi oylarda bunaqa reyting yo'q edi. Yangilik qilishibdi) Reytingda 7-o'rinda ekanman🤤

Mingdan ortiq 3D dizaynerlar orasida 7-o'rin bo'libman. Ichimga sig'may kettim rosa) Reyting 1 oy ichida bajarib topshirilgan ishlar soniga ko'ra tuzilgan ekan.

Xullas, rosa xursand bo'pkettimey))

@TheAliBlog
Playstation 5 sotib olishga sabablar 1taga kamayib, videokarta olishga sabab 1taga ko'laydi!

Xullas, nolalarimiz Sonyga yetib boribdi shekilli, nixoyat shu yilning 22-avgustida "playstation exclusive" turiga mansub "Marvel's Spider-Man" o'yini PC uchun ham taqdim qilinarkan! Va yilning oxirida "Miles Morales" ham PC uchun taqdim qilinar ekan😎

Nasib qilsa, buqaaaa kompyuterda strim qilaman bu o'yinlarni))

@TheAliBlog
Kuni kecha Marvelning yangi "Ms Marvel" seriali namoyishi boshlandi. Har chorshanba 1 seriyadan chiqib boradi.

Marvel oxirgi vaqtda seriallarga zo'r yondoshyapti. Masalan, Moon Knight serialidagi uslub odamni darrov o'ziga tortib, ko'pchilikni qiziqtirgan edi. Ms Marvel serialida o'zgacha uslubdan foydalanib, komiksga o'xshash effektlar bilan boyitilgan.

Serial bosh qahramoni Kamala Xon amerikalik arab, musulmon oiladan. Bu Marvelning birinchi musulmon superqahramoni bo'ldi. Serial davomida musulmonlarga hos iboralar quloqqa ko'p chalinadi)

Kalama Kapitan Marvelning muxlisi bo'lgani uchun, uning cosplay kostyumini kiyib yuradi, chamasi shuni ko'rib unga atrofdagilar "Ms Marvel" deb nom qo'yishsa kerak. Kamalaning ota-onasi esa farzand tarbiyasida o'zimizga hos mentalitetga ega ekanini ko'rishimiz mumkin: qizini kechasi ko'chaga chiqarmasligi, tor kiyim kiyishiga qarshiligi va hokazo. Ota-onasi dakki bergan joylarida men negadir ota-ona tomonda bo'ldim bu safar, qariyabman shekilli))

Serial nomiga kelsak, nega Ms? Miss yoki Mrs emas?

Miss bu hali turmushga chiqmagan qizlarga nisbatan ishlatiladi. Mrs esa turmushga chiqqan ayollarga.

Ms esa, turmushga chiqqan-chiqmaganini aniq bilmaydigan holatlarda ishlatiladi. Masalan, ko'chada biror ayolni ko'rib qoldingiz, i turmushga chiqqan-chiqmaganini bilmaysiz. Shunaqa holatlarda, agar turmushga chiqmagan bo'lsa "xola" deb mazax qilgan bo'pqolmaslik uchun Ms ishlatiladi. Talaffuzda Mis deb talaffuz qilinadi. Miss dagiga o'xshab emas, huddi o'zbekcha mis so'ziga o'xshab. Ana, men bilan inglizchaniyam bilvolyapsizlar))

Serialni esa, ko'rishni tavsiya qilaman.

@TheAliBlog
Shakarni narxi 25-30 mingga chiqib ketib ham odamlarni aqli kirmaydiya, tovba🤦‍♂ Videolarni ko'rib odam uyalib ketadi. Supermarketlarda, bozorlarda odamlarimiz qo'ypoda bo'lib shakar talashayotgani videolarini ko'rgandirsizlar?

Sal aqlniyam ishlatish kerakda, endi. Qaysi kalla bilan qimmatlayotgan narsadan iloji boricha ko'proq olishga harakat qilishyapti? Shakar narxi salkam 3 barobar oshganidayam kompot qilishmoqchimi?🤦‍♂

Uyda iste'mol qilish uchun 1 kilo olinsa, shuyam ancha vaqtga yetadi. Shu 1 kilo olib turib, yeb bo'lingunicha kutishsa, narxi arzonlashi, serobgarchilik bo'pketishi mumkinligini o'ylashmaydimi?😑

Befarosat odamlarga farosat bersin, deb qolamiz🤲

@TheAliBlog
PS5 sotib olishga endi sabab qolmadi ham!

Bir necha kun oldin Spider-Man o'yini avgust oyida kompyuterlar uchun chiqarilishini aytgandim. Kuni kecha youtubedagi Playstation rasmiy kanali Playstation konsolidagi eng mashxur ekslyuzivlardan biri bo'lgan "Last of Us Part I"ni PS5 uchun remeyki chiqishini e'lon qildi.

Remastered emas, aynan Remake! Ya'ni, o'yin grafikasi yana qaytadan tuzib chiqilib, nexy-gen standardlariga moslashtirilgan.

Xo'sh, remeyk PS5 uchun chiqsa nima bo'pti, deyotgandirsiz? Treyler oxirida "Also in development for PC" jumlasini ko'rishimiz mumkin. Ya'nikim, o'yin kompyuterlar uchun ham chiqarilishi ustida ish olib borishyapti!

Yaxshi yangiliklar ko'payaversin🤲

@TheAliBlog
Uyda televizorimiz yo'q edi. O'tgan kuni xotinga televizor olib berdim. Olib berdim hamki, xotin aka seriallar olamiga sho'ng'ib ketti) Vey, sahar soat 3da qarasangam qanaqadir serial bo'lyotgan bo'ladida🤔

Endi shu kunlarda seriallar haqida ko'p gapirvorishim mumkin, hafa bo'may turasizlar endi) Xullas, o'zbek seriallaridagi eng asabimni buzadigan holat haqida gapirmoqchiman. Bu - vaqtni cho'zishi.

Bir og'iz gapniyam har bir so'zidan keyin kamida 5-10 sekund to'xtalib gapirishlariga hech e'tibor berganmisizlar? E'tibor berdimda, jahli chiqayotgan holat bo'lsayam, quvnoq kayfiyatdagi qahramon bo'lsayam farqi yo'qda, albatta shunaqa qilib vaqtni cho'zib gapiradi. Bu seriallarni nima haqida ekanini aytib o'tirish ham shart emas menimcha, hali oilaviy masaladan tashqari serial olishmadi menimcha))

Shunaqa gaplar, xullas. Aytgancha, televizorni yoqib qo'yib uxlash boshqacha mazza ekaney, oldin uxlolmay yotardim, hozir birpasta uxlab qolyapman))

@TheAliBlog
2025/07/07 15:11:58
Back to Top
HTML Embed Code: