Simbiot haqidagi videoni 1-qismi tiktokda 500 ming marta ko'rildi. 2-qismi 1 sutka ichida 200 ming marta ko'rildi.
Ushbu videolarni ataylab shunaqa uslubda ishlayapman. Tasavvur qiling, bu serial. Lekin juda qisqa, 10-15 soniyalik seriyalardan iborat. Uslub birovdan o'g'irlanmagan, g'irt o'zim o'ylab topdim))
Videoda, izohlarda videoni kompyuter grafikasi mahsuli ekani haqida hech nima deyilmaydi, kommentlarda ham "rostdan bor narsa" deyilmaydi. Odamlar o'z-o'zidan qiziqib, voqealar rivojini kutadi. Zo'r, a?))
Rosa kuchayib ketganimdan keyin bunaqa loyihalar davomiyligini 10-15 soniyadan 1-2 daqiqaga uzaytirish niyatim bor. Lekin hozircha texnik imkoniyatim va tirikchilik qilishim kerakligi bunga halal beradi. Masalan, shu 1ta 10-15 soniyalik videoni ustida 2-3 kun ishladim. Oshnam bilan kamida 30-40ta video oldik))
@TheAliBlog

Ryan Reynolds kuni kecha Dedpulning 3-qismi 2024-yil sentyabrda premyera qilinishini aytib o'tdi. Shuningdek, gap orasida bu film Dedpulning MCUdagi debyuti ekaniga ishora qilgan. Bundan tashqari filmda Hyu Jekman ham Wolverine (o'zbekchasiga qanaqa shu?) sifatida qatnashishini aytib o'tdi.
@TheAliBlog
@TheAliBlog
Meni anovi damas va ferrari haqida ishlagan videoimni orqasidan ko'tarilib ketgan Coolio degan repper anovi kuni o'tib qopti
Xullas deng, bir muddat oldin bitta loyihaga intro video tayyorlab bergandim. Ilmiy loyiha ekani haqida aytgandi buyurtmachi. Uje tayyorlab, pulini olib, yeb ham bo'lganman.
Hozir ko'zim tushib qoldi, xbet stavkalarini analiz qiladigan "ilmiy" loyiha ekanππ
@TheAliBlog
Hozir ko'zim tushib qoldi, xbet stavkalarini analiz qiladigan "ilmiy" loyiha ekanππ
@TheAliBlog
Youtubega Need For Speed: Unbound video-o'yinining treyleri chiqibdi. NFS Heatdan ko'ra aytarli farqi yo'q, menimcha: o'yin uchun 15-20ta personajlardan birini tanlab olish imkoniyati, kunduzi pul ishlash va kechasi reputatsiya ishlash uchun poyga o'ynash. Shunchaki voqealar syujetini yangilab qo'yishgan xolos, menimcha. Zerikarli.
https://www.youtube.com/watch?v=dAnyYKHbETQ
@TheAliBlog
https://www.youtube.com/watch?v=dAnyYKHbETQ
@TheAliBlog
Forwarded from Pavel Durov
Thanks for the birthday wishes. However, I decided to cancel turning 38 due to the uneasy times in the world π
So I am
π€ π€ π€ π€ π€
π€ π€ π€ π€ π€ π€
π€ π€ π€ π€ π€ βοΈ
So I am
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Deyarli 1 oydan beri Marvel multseriallarini ko'rib kelyapman. Eng avval 90-yillarda chiqqan O'rgimchak-Odam multserialini ko'rib tugattim (13 qismdan 5ta mavsum). Undan keyin "Avengers: Earth's Mightiest Heroes" multserialini ko'rib tugattim (26 qismdan 2ta mavsum).
Va hozirda Ultimate Spider-Man va Avengers Assemble multseriallarini parallel ravishda ko'rib boryapman (26 qismdan 5ta mavsum, har ikkalasi ham).
90-yillardagi O'rgimchak odam multseriali jiddiy tusdagi, og'irroq multserial. Unda o'smir yoshdagi qahramonlar ham 30-40 yoshli odamdek tasvirlangan tashqi ko'rinishi))
Avengers: EMH multseriali syujet jihatidan eng qizig'i, desa ham bo'ladi. Unda Kang imperiyasi, Kree va Skrullar haqida to'laroq tasvirlangan. Lekin qasoskorlar tarkibi biroz farq qiladi.
Ultimate Spider-Man va Avengers Assemble multseriallari esa, huddi MCUda bo'lganidek, 1 olamda ro'y beradigan voqealardan tashkil topgan. Ya'ni, qahramonlar bir-birini multserialiga mehmonga borib-kelib turishadi)) Va Syujet va qahramonlar tarkibi jihatidan ham MCUga yaqinroq.
Agar Marvel filmlariga qiziquvchilar bo'lsa, sizlargayam tavsiya qilaman xullas))

https://www.youtube.com/watch?v=FLop8vMHfcE
@TheAliBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dizaynni konserti haqida.
Bu postda konsert zo'r chiqibdi, bachkana chiqibdi, deb yozmoqchi emasman. Konsertni hali ko'rmadim.
Xullas, kecha kunduzi telegram kanallarda Dizaynni konserti tarqaldi. Buni eshitib, kechqurin youtube orqali ko'rarman, degan edim. Lekin kechqurun uyga kelib youtubedan konsertni topa olmadim. Dizaynni o'zini kanalida joylanmagan konsert telegram kanallarda aylanib yuribdi, qiziqπ€
Keyin 1 oycha oldin Elmurod Haqnazarov va Dizayndagilar ijrosidagi "Haydarlar Oilasi" reklamasida Dizayn TV mobil dasturi reklama qilinganini esladim. Balki, shu dastur orqali ko'rsa bo'lar, deb dasturni yuklab oldim. Ha, shu dastur orqali ko'rsa bo'larlan, faqat yangi konsert pullik, eskilari bepul ekan. Ha bo'ptida, nari borsa 5-10 ming bo'lar, dedimda, ro'yhatdan o'tish oynasiga kirdim. Uyerda anketa to'ldirib ro'yhatdan o'tishni iloji bo'lmadi, negadir. Google akkaunt orqali kirish ham ishlamadi. Telegram akkaunt orqali kirish tugmasiga bosganimda esa, "bu funksiya kelajakda qo'shiladi" degan xato chiqdi. (Dastur mutlaqo ruscha).
Shunday qilib, pulini to'layman, desang ham ko'rishni iloji bo'lmadi o'zini dasturidan. Aytmoqchi bo'lganim, buyerda Dizayndagilar umuman noto'g'ri yurish qilishgan. Konsertni 5-10 ming so'mdan pullab, yana pul ishlaymiz, deb reja qilishganu, oqibatda konsert telegramda tekinga tarqalib ketishiga sababchi bo'lishgan. Menimcha yil boshidan beri konsert chiqarilmaganini sababi ham shu dasturni yaratilayotganida bo'lgan bo'lsa kerak. Chunki, Millionni bahorda bergan konserti chiqqaniga ham 1 oy bo'ldi.
Endi, menimcha telegramdan ko'rib qo'yaversam kerak. Shunchaki, yaxshiroq sifatda ko'rmoqchi bo'lgandim.

Ishlarni tugatib, endi uxlagani yotaman deb turgandim, TVda hindcha "Pikey" kinosi boshlanib qoldi. Uyqiniyam tashkab ko'rib yotibman 1 yarim soattan beri. Zo'r kino.
@TheAliBlog
@TheAliBlog
Davlat tili qabul qilingan kunni xalqimiz, aniqrog'i faollar bayram qilib, birnimalar qilishyapti, lekin hukumatdan darak yo'q, yoki men eshitmadim.
Xullas, shu mavzuda fikrimni aytmoqchiman. Rostdan ham, bu kunni hukumat umuman nishonlamasa ham bo'laveradi, faqat avom xalq nishonlab yuraversin. Chunki hukumatimiz o'zi davlat tili deb e'lon qilgan tilni rivojlantirishga tupurib qo'ygan. Qanday deysizmi?
Juda ko'plab hukumat qarorlari faqat rus tilida chiqarilgan. Amaldor bo'lish uchun o'zbek tilini bilish talab qilinmaydi ham. Hujjatlar ham aksariyat holatda rus tilida. Shunday bo'lganidan keyin, kim ham o'zbek tilini o'rganishga harakat qiladi?
O'zbek tilini hammayoqda majburiy talab qilinadigan qilib qo'ysa edi, qancha muxojirlar o'zbek tilini o'rganishni boshlagan bo'lardi.
Yana bir tomondan, o'zbek tilini grammatikasini olimlar (yoki filologlar deyish kerakmi?) rosayam murakkablashtirib yuborishgan. Birinchi marta OTMda tayyorlanib yurganimda repetitorga borganman. Ochig'i, umuman o'rgangim kelmay qolgan. Boshqa millatlar o'z tilini shu darajada murakkablashtirib, maydalashtirib o'rganisharmikin? Tiloldi, tilorqa lablanmagan birnima tovushlar deydimiyey, nima keragi bularni? Bunaqa narsalarni o'rganish kerak bo'lsa doktoranturada o'qiyotganlarga o'rgatish kerak faqat. Oddiy xalqqa kerak emasku, to'g'rimi?

Marvelning men kutayotgan navbatdagi filmi: "Ant-Man and the Wasp: Quantumania"ning treyleri chiqibdi. Film kelayotgan fevral oyida premyera qilinarkan. Nixoyat, kinoteatrga tushib ko'rishga arziydigan film))
Treyler haqida ortiqcha gapirmoqchi emasmanu, ushbu filmda yana Bosqinchi Kang (Kang the Conqueror)ni ko'ramiz ekan.
https://youtu.be/ZlNFpri-Y40

Internetda "Top G" nomi bilan tanilgan, yirik ijtimoiy tarmoqlarda blokka uchragan Endryu Teyt (Andrew Tate) Islom dinini qabul qilibdi. Ismini endi "Abu Andrew"ga o'zgartirishi mumkin ekan.
@TheAliBlog
@TheAliBlog
Toshkent metrosida bir qiz hazillashib "sumkamda bomba bor" deganiga nisbatan ko'rilgan chorani (5 sutka ma'muriy qamoq) ko'plab bloggerlar tanqid qilib, jazolanmasligi kerak edi, unaqa edi, bunaqa edi, deb chiqishdi. "Ashaddiy jinoyatchi ushlandi" deb mazax qilganlar ham bo'ldi, ko'rilgan choraga nisbatan.
Aslida esa, men o'sha qizga 5 emas, 15 sutka berilishini ham yoqlab chiqqan bo'lardim. Uyerda bunaqa gapirishiga nima turtki bo'lishidan qat'iy nazar bunaqa mavzuda hazillashmaslik kerak edi.

Telegram userneymlar oldi-sottisi uchun Fragment.com platformasini ishga tushirdi. Hozirda tarmoqdagi chiroyli userneymlarni sotib olish imkoni bor, tez orada foydalanuvchilar o'zlariga qarashli userneymlarni sotish imkoniyati ham qo'shilarmish.
@TheAliBlog
@TheAliBlog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kommentda telegramdagi pullik postlar funksiyasi bilan uznetflixni qayta yurgazishni taklif qilishgan ekan.
@Donate boti orqali endi kanalingizdagi media postlarni ko'rishga narx belgilab qo'yishingiz mumkin ekan. Lekin chatoq tomoni shundaki, postga qo'yiladigan eng minimal narx 1 yevro ekan. Serialni 1ta seriyasiga 11K to'laydigan odamlarni tasavvur qilish qiyin lekin))
1ta mavsumni to'liq tarjima qilib, kolleksiya post yoki arxiv qilib joylashni ham iloji yo'q ekan. Pullik post faqatgina 1ta rasm yoki 1ta videodan iborat bo'lishi kerak ekan.

"Top G"ning Islomga kirganiga fikr bildirayotib, mashxur youtuber Sneako ham Islom diniga o'tish haqida o'ylayotganini aytib o'tdi.
@TheAliBlog
@TheAliBlog
Tiktokda qiziqarli videoga duch kelib qoldim. (Ha, ishonaveringlar, foydali kontent tiqilib yotibdi. Shunchaki o'zbeklarni kamroq kuzatinglar)))
Videoda bir kishi irqchilik 15-asrgacha mavjud bo'lmaganini tushuntirib berdi. Ya'ni, u vaqtda ham odamlarni terisi turli ranglarda bo'lgan, albatta, lekin odamlarni bu narsa umuman qiziqtirmagan. Misol tariqasida Rim Imperiyasini boshqargan qora tanli imperatorni misol qilib keltiradi (ismi esimda qolmadi).
Irqchilikka ko'ra ajratishni 15-asrda Portugallar boshlab bergan. Xullas, afrikaliklarni qul qilishni boshlamoqchi bo'lishib, aholi bunga salbiy qaramasligi uchun bir yozuvchi qora tanlilarni qul bo'lishga loyiq ekani, ular odak hisoblanmasligi haqida kitob yozadi. Va sekin-sekin bunday qarash ommalashib, qora tanlilarni qul qilish butun yevropaga tarqaladi. Va Amerikaga ham qullarni eksport qilib, amerika shaharsozligida qora mehnat uchun qora tanlilar mehnatidan foydalanishadi.
Hozirda ham qora tanlilarga nisbatan noto'g'ri qarash bor. Ya'ni, ularga alohida yaxshi gapirish kerak, deb hisoblashadi. Ularni ko'nglini olish uchun hatto mashxur kino/mult-qahramonlarni qaytadan qora tanli qilib ishlashmoqda, qora tanlilarga alohida imkoniyatlar va hokazo (huddi feministlarga imtiyozlar berilishidek).
Aslida esa, shunchaki shu irqchilik haqida gapirilmasa bo'ldi, qora tanlilar ham o'zini "moralniy" jarohatlangan hisoblashmaydi, oq tanlilar ham alohida tavoze qilishlariga hojat bo'lmaydi. Bu haqida mashxur qora tanli aktyorlardan bo'lgan Morgan Friman ham gapirib chiqqan ekan. Keyinchalik uni gaplarini Endryu Teyt ham takrorlagan.
Lekin hozir oldimizda irqchilikdan ko'ra kattaroq muammo turibdi: gender ko'pligiπ.
Bu haqida esa, boshqa safar, asabiylashib ketmaydigan vaqtda yozaman)