➡️ Arrenoblastoma, maskulinoma (arren – erkakka xos, blastos – o'simta) – tuxumdon o'smasi.

Bunda ayollarga xos belgilar yo'qolib, erkaklarga xos belgilar yuzaga chiqadi. O'rta yoshdagi ayollarda uchraydi. Amenoreya, sut bezlari atrofiyasi va bepushtlikka sabab bo'ladi.


Davosi: jarrohlik yo'li bilan o'smali tuxumdon olib tashlanadi.

📌 #Maskulinoma
📌 #Arrenoblastoma

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
➡️ Venepunksiya — tashxis qo‘yish (kontrast modda yuborib rentgen qilish) yoki davolash (dori yuborish) maqsadida vena qon tomiriga igna sanchish.

Agar venaga punksiya orqali kateter qo‘yilsa, bir necha kungacha dori yuborib turish ham mumkin. Ko‘pincha, o'mrov osti va uyqu venalari punksiya qilinadi. Juda zarur hollardagina (ahvoli og‘ir bemorga surunkasiga va ko‘p miqdorda qon va boshqa suyuq dorilar yuborish lozim bo‘lganda) venepunksiya qilish tavsiya etiladi, aks holda, punksiya qilingan joy va atrofidagi a‘zolarning shikastlanishi, venaning yallig‘lanishi - flebit, tromboflebit, tromboemboliya kabi asoratlar ro‘y berishi mumkin.


📌 #Venepunksiya

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
animation.gif
208.7 KB
➡️ Anevrizma – tomir devorining cho'zilishi va bo'rtib chiqishi natijasida qon tomir yoki yurak bo'shlig'ining chegaralangan kengayishi.

Miokard infakti, ateroskleroz, zaxm va boshqa kasalliklar, shuningdek, shikastlanish (travmatik anevrizma) sabab bo'ladi.

Haqiqiy va soxta turlari bor. Haqiqiy anevrizma arteriya devorining shikastlanmay kengayishidan, soxta anevrizma esa tomir shikastlanganda devori yorilib, atrofdagi to'qimalarga qon quyilishidan vujudga keladi. Tomir devorining tug'ma nuqsonlari ham kasallikka olib kelishi mumkin.

Ko'pincha, kasallik belgilari yaqqol ko'rinmaydi (simptomsiz kechadi). Anevrizma zararlangan tomir oziqlantiradigan to'qimalarning qon bilan ta'minlanishi buzilishiga sabab bo'ladi, u kattalashib ketsa yaqin joylashgan a'zo va to'qimalarni ezib qo'yishi mumkin. Yurakka yaqin joylashgan bo'lsa, yurak faoliyati buziladi. Ba'zan uning yorilishi va qon ketishi kuzatiladi.

Odatda, jarrohlik usuli bilan davolanadi.

📌 #Anevrizma

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
➡️ Ankiloz — bo'g'imning bukilmaydigan va yozilmaydigan bo'lib, qimirlamay qotib qolishi.

Bunga suyaklar bo'g'im yuzasining jarohatlanishi va parchalanib sinishi, bo'g'im hosil qiladigan tog'ay yuzasining yallig'lanishi yoki shikastlanganda bo'g'imni uzoq vaqt qimirlatmay qo'yib davolash, jarrohlik usuli bilan bo'g'imni qotirib qo'yish sabab bo'ladi. Bo'g'imdan tashqari, bo'g'im ichi, suyakli, chandiqli (fibrozli) ankiloz farq qilinadi.

📌 #Ankiloz

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
➡️ Vaksina ("vaccina" – sigirga oid) emlashda ishlatiladigan moddalar — infeksion kasalliklarning oldini olish yoki davolash maqsadida qo'llaniladigan preparatlar.

Mikroorganizmlar, shuningdek, ularning zararsizlantirilgan toksinlaridan tayyorlanadi, organizmga yuborilganda tegishli yuqumli kasalliklarga nisbatan sun'iy orttirilgan faol immunitet vujudga keladi. Tirik, o'ldirilgan, kimyoviy vaksinalar va anatoksinlar farq qilinadi. Tirik vaksinalar (chechak, poliomielit, qizamiq, gripp, toun, tulyaremiya, silga qarshi vaksinalar) kasallik qo'zg'atish xususiyatini yo'qotgan, biroq immunogen xossalari ega bo'lgan, qo'zg'atuvchiga qarshi himoya antitelolar hosil qiladigan maxsus kuchsizlantirigan mikroorganizmlardan tayyorlanadi. Bunda mikroorganizmlar sun'iy ozuqa muhitida yoki hayvon organizmida uzoq undiriladi. Tirik vaksinalar qo'llanilganda immunitet barqaror bo'lib, uzoq saqlanadi. O'ldirilgan vaksinalar bakteriyalar va viruslarga yuqori harorat, ultrabinafsha nurlar, ultratovush, formalin, spirt yoki b. moddalar ta'sir ettirib tayyorlanadi (ich terlama, ko'kyo'tal va boshqa kasalliklarga qarshi). Kimyoviy vaksinalar (ich terlama, toshmali terlama, paratiflar, vabo, difteriya, qoqshol va boshqa kasalliklarga qarshi), mikroorganizmlar yoki ularning mahsulotlaridan maxsus ajratib olingan faol komponent (antigen)lardir.

Anatoksinlar bakterialekzotoksilardan ularning zaharli xossalarini formalinda zararsizlantirish yo'li bilan olinadi. Tibbiyot amaliyotida bitta (monovaksina), ikkita (divaksina) yoki undan ko'p (polivaksina) mikroorganizm komponentlaridan iborat vaksinalardan foydalaniladi. Mikroblarning bir necha turidan tayyorlanib bitta yuqumli kasallikka qarshi qo'llaniladigan vaksina polivalent vaksina deyiladi. Dorilar turli yo'llar bilan yuboriladi; mushak ichiga (qizamiq), teri ostiga (ich terlama, toshmali terlama, paratiflar, dizenteriya, vabo, o'lat va boshqalar), teri yuzasiga (chechak, sil, tulyaremiya, kuydirgi), burunga (gripp) yoki og'iz orqali (poliomielit).

Ayrim yuqumli kasalliklar (chechak, sil, difteriya va b.)ning oldini olish uchun vaksina reja asosida, boshqa hollarda esa epidemik ko'rsatkichlar bo'yicha yuboriladi.

📌 #Vaksina

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
➡️ Trepanatsiya — suyak bo'shlig'ini teshib ochish operatsiyasi.

Dastlab miyadagi o'sma yoki gematomalarni olib tashlash maqsadida kalla suyaklari trepanatsiya qilingan. Hozirgi tibbiyot amaliyotida kalla suyaklari trepanatsiyasi bilan birga osteomielitda naysimon suyaklar, mastoidit chakka suyagining so'rg'ichsimon o'simtasi trepanatsiya qilinadi. Tish bo'shlig'ini ochish, ko'z oqi operatsiyasi, shuningdek, ko'mikdan tekshirish uchun namuna olish (trepanobiopsiya) ham trepanatsiya deb yuritiladi.

📌 #Trepanatsiya

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
➡️ Anoftalm – bir yoki ikkala ko'z sohasining yo'qligi.

Tug'ma sabablar yoki shikastlanish va turli kasalliklar natijasida ro'y beradi. Onaning homiladorlik davridagi og'ir kasalliklari yoki turli zaharli moddalar, jumladan, dorilardan zaharlanishi sabab bo'ladi.

📌 #Anoftalm

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
➡️ Blokada — biror a'zo yoki tizimning faoliyatini vaqtincha to'xtatish.

Masalan, yurak blokadasi – yurakning impuls o'tkazuvchi sistemasi bo'ylab impuls o'tishini to'xtatish; novokainli blokada – novokain purkab qilinadigan muolaja, bunda novokain nerv hujayralariga yallig'lanish va allergiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi.

📌 #Blokada

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
➡️ Giperemiya, qizarish – gavdaning ma'lum qismidagi arteriya yoki vena tomirlarining qonga to'lishi.

Tomir kengaytiradigan nervlarning ta'sirlanishi va tomir toraytiradigan nervlar faoliyatining susayishi natijasida nerv tizimi faoliyatining buzilishi arterial giperemiyaga olib keladi. Bunda zararlangan joyga ko'p qon oqib kelganligi uchun u qizaradi, shu joyda harorat ko'tariladi, hajmi kattalashadi. Kishi uyalganida yoki g'azablanganida ham shunday holat kuzatiladi. Yurak faoliyati buzilishi, venalar tiqilib qolishi, tomirlar innervatsiyasi buzilishi natijasida paydo bo'lgan venoz giperemiyada zararlangan joy ko'karib ketadi (sianoz), gohida shishadi. Ba'zan davolash maqsadida kompress, grelka va boshqalar qo'yilganda ham giperemiya ro'y berishi mumkin.

📌 #Giperemiya

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
➡️ Abstinensiya — kishi doimiy o'rganib qolgan narsasi (spirtli ichimliklar ichish, narkotik moddalar qabul qilish, jinsiy aloqa qilish)dan voz kechganda kuzatiladigan xumorlik (tushkunlikka tushish, kayfiyat buzilishi, qo'rquv, uyqusizlik, titrash, tirishish) holati.

📌 #Abstinensiya

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
➡️ Temiratki – murakkab dermatologik kasallik, keng tarqalgan, bolalar va o'smirlar terisini zararlaydi.

SABABLARI:
• Trichophyton tonsurans va Microsporum canis zamburug'lari;
• Kasallangan hayvon bilan kontakt;
• Zararlangan bemor bilan kontakt;
• Shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslik;
• Teri yuzasi shikastlanishi.

BELGILARI:
✓ Inkubatsion davr 3-4 kun;
✓ Silliq terida: yuzasi kepaklanuvchi qizil va pushti dog'lar;
✓ Pufak cheti yoriladi, o'rnida qavariqlar hosil bo'ladi;
✓ Soch yuzasida: soch tagida “obodok” hosil bo'lishi;
✓ Teri qurishi, qizarish;
✓ Tirnoqda: tirnoq yuzasida kulrang dog'lar, o'sib tirnoqni sinuvchan qiladi;
✓ Zararlangan joyda qichishish va achishish.

DIAGNOSTIKASI:
— Mikolog ko'rigi;
— Surtma olish;
Zamburug'ga analiz olish.

DAVOLASH:
→Peroral zamburug'ga qarshi vositalar;
→Tashqi malhamlar qo'llash (triderm, tsikopiroks, bifonazol, klotrimazol, izokonazol);
→Yod bilan artish;
→Gormonal davo;
→Antibiotiklar

✓ To'liq davo kursi 1,5-2 oyni tashkil etadi, bolalarda soch to'liq olinib, bosh yuviladi va malham suriladi.

PROFILAKTIKASI:
— Bolalar orasida regulyar tibbiy ko'rik;
— Shaxsiy gigiyena qoidalari;
— Shaxsiy buyumlar dezinfeksiyasi;
— Uy hayvonlarni tekshirish.

📌 #Temiratki

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
➡️ Gipoplaziya, giponeziya — embrional rivojlanish buzilgani sababli to'qima, a'zo, gavdaning bir qismi va butun organizmning o'smay qolishi, chala yetilishi.

Turli a'zolardagi gipoplaziyaning ahamiyati har xil. Juft a'zolardan biri (masalan, buyrak) normal rivojlangan holda ikkinchisining o'smay qolishi unchalik sezilmaydi, chunki normal rivojlangan buyrak gipertrofiyalanadi. Boshqa a'zolar, masalan, bosh miyaning o'smay qolishi (mikrotsefaliya) butun organizmga yomon ta'sir etib, uni, ko'pincha, erta halok qiladi. Tashqi va ichki muhitning turli omillari (onaning turli kasalliklari, nur energiyasi ta'siri, shikastlanish, noto'g'ri ovqatlanish), shuningdek, onadan bolaga o'tadigan yuqumli kasalliklar (qizilcha, toksoplamoz, sitomegaliya, poliomielit) gipoplaziyaga sabab bo'lishi mumkin.

📌 #Gipoplaziya#Giponeziya

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
➡️ Dermatomiozit — ko'pincha, mushak, teri va nerv zararlanishi bilan o'tadigan va kollagenoz turkumiga mansub umumiy kasallik; o'tkir, o'rtacha o'tkir yoki surunkali bo'ladi.

Aksari sil, ich terlama, gripp kabi yuqumli kasalliklardan keyin ro'y beradi. Yoshlar va ayollarda ko'proq uchraydi. Dastlab yuz, keyinroq oyoq-qo'l va badanda qizil, ko'kimtir dog'lar, tuguncha, pufakchalar paydo bo'ladi. Ular anchagina joyni egallashi, hatto butun badanga tarqalishi mumkin. Keyinchalik pufakchalar so'rilib, o'rnida qoramtir dog' qoladi, teri yupqalashadi (atrofiya). Og'iz, tomoq, ko'z shilliq qavati, oyoq-qo'l, qovurg'alar orasi, umurtqalar atrofi, hatto ko'z kosasi mushaklari ham kasallanadi; bemor darmonsizlanib, tez charchaydigan bo'lib qoladi, ba'zan, harorati ko'tariladi. Ushbu jarayonda plevrit, endokardit kabi kasalliklar paydo bo'ladi. Davo bemorning umumiy ahvoliga qarab tayinlanadi (asosan, kortioksteroidlar buyuriladi).

📌 #Dermatomiozit

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
➡️ Atrofiya — to'qimalar oziqlanishining buzilishi oqibatida a'zolarning kichrayib, hujayralar sifatining o'zgarishi. Fiziologik va patologik atrofiya tafovut qilinadi.

Fiziologik atrofiya a'zolar faoliyatining to'xtashi natijasida ro'y beradi. Chunonchi, organizm o'sishdan to'xtaganda, ayrisimon bez atrofiyalanib, yog' to'qimasi ko'payadi. Odam qarigan sari a'zolar faoliyati susayishi natijasida bezlar va ichki a'zolar hajmi kichrayadi, teri elastikligi yo'qolib, ajin paydo bo'ladi.

Patologik atrofiyaga turli kasalliklar (sil, o'smalar, zaharlanish va boshqalar) sabab bo'ladi. Bunda a'zolar hajmi kichrayadi. Atrofiya sabablari yo'qotilsa, a'zolar asli holiga qaytishi mumkin, jumladan, singan suyak bitgandan so'ng atrofiyalangan mushaklar tiklanib, harakat me'yorlashadi. Atrofiyaning oldi olinmasa, hayot uchun xavf tug'dirishi mumkin. Masalan, ko'z nervi atrofiyasi ko'rlikka, mushaklar atrofiyasi falajlikka, jinsiy bezlar atrofiyasi bepushtlikka sabab bo'ladi.

📌 #Atrofiya

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
➡️ Immobilizatsiya — tananing shikastlangan yoki kasal qismini (odatda, qo'l-oyoq va umurtqa pog'onasini) qimirlamaydigan qilib qo'yish.

Suyak singanda, chiqqanda, tayanch-harakat a'zolari yallig'lanish kasalliklarida (osteomiyelit, sil va boshqalar), suyak va yumshoq to'qima turli jarohatlarida, operatsiyadan keyin tananing tegishli joylarini ma'lum vaziyatda ushlab turish uchun immobilizatsiya qo'llaniladi. Vaqtincha (transport) va doimiy (davolash) immobilizatsiya farq qilinadi. Vaqtincha harakatsizlantirish suyak singanda va boshqa og'ir shikaslanishlarda birinchi yordam ko'rsatishning eng muhim vositasidir. Vaqtincha harakatsizlantirish uchun maxsus shinalar (Detiriks, Kramer, Bogdanov va h.k.), shuningdek, qo'l ostida bor bo'lgan faner, taxta va boshqa materiallardan foydalaniladi.
Shinalash – vaqtincha immobilizatsiyaning asosiy turi hisoblanadi. Bemor kasalxonaga keltrilgandan so'ng vaqtincha immobilizatsiya doimiysi bilan almashtiriladi.

📌 #Immobilizatsiya

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
➡️ Kumulyatsiya — ba'zi dori moddalar uzoq muddat qabul qilinganda, ularning organizmda to'planib, ta'sir etish kuchining ortishi. Zaharlanishga olib kelishi mumkin.

Material va funksional kumulyatsiya farq qilinadi. Material kumulyatsiyaga barbituratlar, yurak glikozidlari, funksional kumulyatsiyaga etil spirti sabab bo'ladi. Kumulyativ xossali moddalar organizmdan chiqib ulgurishi uchun dori ichirilmay, orada dam beriladi. Shunday dorilar organizmda ushlanib qolmasligi uchun ko'p suyuqlik ichiriladi va ayirish a'zolarining faoliyatini oshirish chora-tadbirlari ko'riladi.

📌 #Kumulyatsiya

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
➡️ Glikozuriya — siydik bilan qand (glyukoza) chiqishi. Asosan, giperglikemiyadan keyin kuzatiladi.

Buyrak kanalchalarining reabsorbsiya qilish xossasi susayganda ro'y beradi, shuningdek, qandli diabetga xos belgilardan biri hisoblanadi. Qandli diabet bilan og'rigan bemor qonida qand ko'payadi, bu siydikda qand bo'lishiga olib keladi. Normal siydikda qand bo'lmaydi. Alimentar (qand ko'p iste'mol qilinganda), reflektor (hayajonlanish, stress holatlarida bir lahzada o'tib ketadi), diabetik va buyrak xili ajratiladi. Nerv va endokrin tizim faoliyati buzilganda, buyrak kasalliklari, turli zaharlanishlar, homiladorlik toksikozlarida ham glikozuriya kuzatilishi mumkin.

Suratda qonda glyukoza darajasini o‘lchovchi asbob ko‘rsatilgan.

📌 #Glikozuriya

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
➡️ Gemiplegiya – gavda o'ng yoki chap yarmining to'liq falajlanishi.

Ko'pincha, gipertoniya, ateroskleroz, revmatizm, qand kasalliklarida miyaga qon qo'yilishi yoki miya qon tomirlarining berkilib qolishi sabab bo'ladi. Gemiplegiya miya o'smasi, yallig'lanishi va jarohatlanishining alomati bo'lishi ham mumkin. Gemiplegiyaga sabab bo'lgan kasallik davolanadi, dori-darmondan tashqari falajlangan oyoq-qo'l uqalanadi, shifobaxsh badan tarbiya buyuriladi va fizioterapiya usullari qo'llaniladi.

📌 #Gemiplegiya

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
➡️ Gepatosplenomegaliya — jigar va taloqning kattalashishi.

Jigar sirrozida, gemolitik kamqonliklarda, surunkali miyeloleykozlarda, surunkali gepatitlarda kuzatiladi.

📌 #Gepatosplenomegaliya

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
➡️ Derealizatsiya – atrof-dunyodagi real narsa va ko‘rinishlarni noto‘g‘ri, yolg‘on, o‘zgargan holda idrok qilinishi.

Psixiatriyada idrok patologiyasi hisoblanadi.

📌 #Derealizatsiya

Foydali manzil: @Tibbiy_lugat
2024/05/19 01:21:04
Back to Top
HTML Embed Code: