Telegram Web Link
❗️37°C harorat xavfli emasmi

Termometr 37°C atrofi yoki undan biroz baland ko'rsatayotgan bo'lsa, demak siz quyidagi hollardan birida bo'lishingiz ehtimoli mavjud:

1. Ayollar menstruatsion sikli oralig'ida - 0,5-1° ga harorat ortishi ovulyatsiya boshlanayotganligidan xabar beruvchi belgilardan biridir.
2. Sport mashg'ulotlaridan so'ng darxol - jismoniy harakatlar qon aylanishini tezlashtiradi. Bunda o'z navbatida tana qiziydi.
3. Issiq ob-havodagi sayrdan so'ng - bunday holatda tana qizishi tabiiy hol. Organizmga salqinda biroz dam bering.
4. Kechki payt. Tana harorati kun davomida o'zgaradi. Tongda eng minimal, kechki 18:00 atrofida esa "pik" nuqtaga chiqadi.
5. Agarda yangi dori preparatini qabulini boshlagan bo'lsangiz - ba'zi medikamentlar kurs boshida sizga sezilmas darajada harorat oshishiga olib kelishi mumkin.

❗️Harorat normal darajasi maksimal holda - 36,6°C. Lekin 37° klinik tibbiyotda juda qo'rqinchli harorat hisoblanmaydi.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Fast-foodlar organizmga qanday qilib salbiy ta'sir qiladi?🍔

Fast-food gastrit, yara kasalliklari va yomon sifatli o'smalar rivojlanishining sababi bo'lishi mumkin.

Ularning salbiy ta'siri shoshilishdan kelib chiqadi. Odam chaynash uchun ko'p vaqt sarflamaydi, buning natijasida oshqozonga ko'p miqdorda og'ir, "tayyor emas material" - ya'ni, so'lak bilan yaxshi aralashmagan ovqat bo'laklari tushadi.
Bunda hazm jarayonini tezlatish uchun ko'pincha, fast-foodlar bilan gazlangan ichimliklar beriladi.

Oshqozon shirasi gazlangan suyuqlik bilan suyultirilgan og'ir ovqat massasini hazm qilishga qiynaladi.

Ko'pincha bunday gazlangan ichimliklar quyidagicha bo'ladi:
kuchli gazlangan;
juda shirin;
Sovuq yoki muzli;



❗️Hozirgi kunda asosan, farzandlaringizning ovqatlanishlariga e'tibor qarating. E'tiborsizlik natijasida ko'pincha ota-onalar o'z farzandlarida qachondan erta yoshdan gastrit yoki turli oshqozondagi yaralar paydo bo'lganidan hayratda qolishadi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
🩺Stomatitni davolash

Asosan uni keltirib chiqargan sababiga qaratiladi. Birinchi navbatda og'riqsizlantirish maqsadida og'riqqa qarshi dori beriladi. Masalan, paratsetamol yoki ibuprofen. Dorilarni albatta shifokor maslahati asosida qabul qilishni yoddan chiqarmang.

🏥Dorixonalarda tarkibida lidokain tutuvchi turli xil og'riqsizlantiruvchi gellarni topish mumkin. Lekin ularni o'ta ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim. Chunki lidokain ortiqcha dozasi yurak ritmining buzilishiga va tutqanoq (epilepsiya) ga olib kelishi mumkin. Bolalarga esa bunday preparatlarni umuman ishlatmagan ma'qul.

❗️Sizda stomatit kechayotgan bo'lsa, albatta parhezga qat'iy rioya qiling. Bunda achchiq, sho'r, issiq ovqat va ichimliklardan tiyiling.


Shifokorga qachon murojaat qilaman?

- Bir yoki ikki dona yaracha ko'rinishidagi biroz yoqimsiz sezgi bilan kechayotgan stomatit odatda uzog'i bilan 2 haftada hech qanday aralashuvsiz o'tib ketadi.
Lekin bunday hol sizda tez-tez kuzatila boshlasa va tuzalishi uzoqqa cho'zilib ketsa, shifokorga murojaat qiling.


KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
​​​​Vitamin "C" (Askorbin kislota)

🔶Asosiy vazifalari:

1. Kollagеn sintеzida;
2. Xolеstеrindan o't suyuqligi hosil qilishda;
3. Qon tomir dеvorlarini mustahkamlashda;
4. Yaralarni tеz bitishida
5. Tеmirni ichaklarda so'rilishida 
6. Immunitеtni kuchaytirishda ishtirok etadi.

🔶Gipo/avitaminoz vitamin "C"
MKB-10: Е54


🔶Asosiy bеlgilari:
• Milklar qonashi;
• Yarani sеkin bitishi;
• Tishlarni bo'shab qolishi, tushishi;
• Tеrida qon quyilishlar;
• Ishtaha yo'qolishi;
• Qon kеtishlar (burundan, bachadondan)
• Tеri quruqlashishi
• Og'ir formalarida Singa kasalligi rivojlanadi.

🔶Sutkalik ehtiyoj: 70–100 mg

👆Rasmda C vitaminiga boy mahsulotlar kеltirilgan

❗️Yaqinlarga Ham Ulashing

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Kanalimizda qanday kasalliklar yoki mavzularda ma'lumot berilishini xohlar edingiz?

Javobingizni kommentda yozib qoldiring!
🍚Qatiq – ichimliklar ichida eng foydalisi hisoblanadi.

U organizmga ijobiy ta’sir qilish bilan birgalikda, turli xil kasalliklarni yengishga ham yordam beradi. Qatiqning qanday foydali xususiyatlari va xossalari bor?

1⃣Organizmni ozuqa moddalari bilan ta’minlaydi

Qatiqda ko‘p miqdorda A, C, D, B vitaminlari, mineral tuzlar, oqsillar, yog‘lar va ko‘p organlar faoliyatini normallashtiruvchi sut kislotasini hosil qiladigan zamburug‘lar mavjud.

2⃣Immun tizimini mustahkamlaydi
Qatiq o‘zining boy tarkibi tufayli, organizmda paydo bo‘ladigan turli kasalliklar va infeksiyalarga qarshi kurashuvchi immun hujayralarini ishlab chiqaradi.

3⃣Oson hazm bo‘ladi
Tarkibidagi sut kislotasi oqsilning parchalanishiga yordam beradi, shuning uchun yengil hazm bo‘ladi.

4⃣Allergiya chaqirmaydi
Sut tarkibida ko‘plab allergiya qo‘zg‘atuvchilar bo‘lib, ular achitish jarayonida yo‘qoladi. Shu sababli, qatiq – yosh bolalar uchun ham asosiy ozuqa hisoblanadi.

5⃣Suyaklar va tirnoqlarni mustahkamlaydi
Qatiq tarkibida kalsiy moddasi ko‘p bo‘lgani uchun suyaklar va tirnoqlarni mustahkamlashga yordam beradi. Ko‘proq, emizuvchi onalarda kalsiy moddasi yetishmasligi sababli, ularga ham qatiq ichish tavsiya qilinadi. Keksalar uchun esa, osteoporoz kasalligining oldini olish uchun eng yaxshi vosita hisoblanadi.

6⃣Vaznni kamaytiradi
Bu borada ko‘pchilik, qatiq yordamida yaxshi natijalarga erishgan. Bunday parhez qondagi xolesterin darajasini pasaytirishga yordam beradi va organizmdagi ozuqa balansini ushlab turadi. Parhez qiluvchilar qatiq yordamida oqsillar, vitaminlar va minerallardan bahramand bo‘ladi.

7⃣Ochlik va tashnalikka barham beradi
Qatiq nafaqat ochlikni, balki tashnalikni ham qondiradi.

@TIBBIYOT_OLAMI
#tavsiya

Zig'ir urug'i bilan asal qon tomirlari va immunitet uchun eng yaxshi vositadir.

Kerakli ingredientlar:
1) bir stakan suv;
2) bir osh qoshiq tabiiy asal;
3) bir osh qoshiq zig'ir urug'i;
4) yashil olma.


Tayyorlash: Olmani po'stlog'idan tozalab, qolgan mahsulotlar bilan blenderda aralashtiramiz. Olingan aralashma nafaqat yo'g'on ichak , balki , butun oshqozon-ichak tizimini davolashda yordam beradi . Ushbu vositani haftasiga ikki marta ishlatish tavsiya etiladi.
Zig'ir urug'lari qon bosimi va yog'lar almashinuvini tartibga solishdan tashqari , organizm uchun kaltsiy manbai hamdir.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Erta tongdan kitob o‘qish inson umrini uzaytiradi.

Kitob o‘qigan odam, o‘qimagan qaraganda uzoqroq yashaydi.

Shunday ekan ko‘proq kitob o‘qiylik azizlar!

KANALGA ULANISH:👉 @TIBBIYOT_OLAMI
Gormonlar haqida ajoyib faktlar

Qaysi gormonlarni bilasiz ???

☑️ Testosteron — erkaklik
xususiyati va mushak , soqol o'sishini tezlashtiradi.

☑️ Somatotrop — bo'y o'sishini va oqsil almashinuvini boshqaradi.

☑️ Melatonin — bu sizning uyquyingizni taminlaydi

☑️ Adenozin — yoqimli charchoqning neyromediatri.

☑️ Endorfin — tananing tabiiy anestetikidir.

☑️ Serotonin — bu sizning yaxshi kayfiyatingiz.

☑️ Dofamin — bu sizning ichki kechinmalaringiz va istaklaringiz.

☑️ Anandamid — bu xotirjamlik hissi.

☑️ Feniletilamin — sizning sevgingizdir.

☑️ Noradrenalin — sizning quvnoqligingiz, g'azabingiz va faolligingizdir.

☑️ Adrenalin — bu sizning qo'rquvingiz.

☑️ Asetilkolin — diqqatni jamlash.

☑️ Esterogen gormoni — ayollarga xos bo'lib , bir qator o'zgarishlarni boshqaradi.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishemiya nima va u nimalarga olib keladi?

Ishemiya - bu organga oqib kelayotgan qon miqdorining kamayishi bo'lib, "kislorod ochligi" hisobiga moddalar va energiya yetishmovchiligiga olib keladi.

Bunday yetishmovchilik hujayralar o'limiga sabab bo'lib, organning ish-faoliyati buzilishiga olib keladi. (Bu holat har qanday to'qima va organlar uchun jiddiy xavfdir: yurak xuruji yoki qon tomirlar yetishmovchiligi kabi).

Sabab: Ishemiyaning ikkita asosiy sababi qon tomirlar aterosklerozi (yuqoridagi Gif da birinchi) va tomirlarning torayishidir (yuqoridagi Gifda ikkinchi)☝🏻‌‌.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
💡Miya salomatligi uchun qanday qayg'urish lozim?

Chet tillarini o'rganish, she'rlar yodlash, krossvordlar va turli jumboqlar yechish tavsiya etiladi.

Kichik motorika mashqlari nafaqat bolalarga, balki yoshi katta insonlarga ham yordam beradi. Siz tanlagan mashg'ulot miyangizga dam bera olishiga e'tibor bering. Masalan, kashta tikish, to'r to'qish va h.k.

Miyani faqatgina intellektual salohiyatdan tashqari, yangi yo'nalishlar bilan ham stimullang. Masalan, har kuni ishga (o'qishga) boshqa yo'ldan boring; tish yuvish, soch tarash kabi kundalik yumushlarni chap qo'lda bajaring (chapaqaylar uchun aksincha).

Og'zaki hisob. Qachonki biz og'zaki hisob-kitob olib borganimizda, ikkala miya yarim sharlaridagi ko'pgina zonalar faollashadi.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Disfagiya (dis -buzilish va phageo - yutmoq) - ovqat yoki suv yutishning buzilishi.

SABABLARI:
•halqum, hiqildoq, qizilo'ngach devorlarining shikastlanishi;
•hazm yo'llariga yot jism tiqilishi;
•yallig'lanish;
•ushbu a'zolar spazmi;
•ba'zi yuqumli kasalliklar (qoqshol, quturish).

❗️Qizilo'ngach raki ham disfagiyaga sabab bo'ladi.

BELGILARI:
✓ovqat yutish vaqtida og'riq
✓burun, hiqildoq, kekirdak, ko'ks oralig'iga ovqat ketib qoladi.

DAVOLASH:
Disfagiyaga sabab bo'lgan omillar aniqlanib, zaruriy dori-darmonlar qabul qilinadi.

KANALGA ULANISH:@TIBBIYOT_OLAMI
😂 #kulguterapiya 😁

Jinnixona bosh shifokoriga muxbir savol bermoqda:
— Bemorlaringiz sog‘ayganini qanday bilasiz?
— Vannaga suv to‘ldiramiz va yoniga qoshiq bilan kosa qo‘yamiz. Bemorlarni chaqiramiz va kim birinchi bo‘lib vannani bo‘shatsa, o‘shanga javob berishimizni aytamiz.
— Tushunarli, sog‘ odam suvni kosa bilan bo‘shatadi, shundaymi?
— Yo‘q, sog‘ odam vannaning tiqinini sug‘urib tashlaydi.

@TIBBIYOT_OLAMI
BILASIZMI

❗️Inson organizmidagi eng og'ir organ bu - teri!!!
Katta yoshli odam terisi 2,7kg.
Eng og'ir ichki organ - jigar (1,5kg).
Bosh miya - tananing o'rtacha 2%i (1kgdan 2kggacha)
Keyingi o'rinlarda esa yurak - o'rtacha 325gr.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
2024/06/15 15:27:40
Back to Top
HTML Embed Code: