Hid Gallyutsinatsiyasi
Yangi maqolam: POSTSTRUKTRAL TAHLILGA TORTILGAN "FRANSUZ BULDOGI" Shahzod Shomansurov hikoyalari aniq va dominant, olamshumul maʼnoga daʼvo qilmasdan, til va mayda detallar orqali uslub va hikoya yaratayotgani uni haqiqiy zamonaviy adabiyot ijodkoriga xoslaydi.…
Aynan strukturalizm tufayli bugungi kunda soʻzlarning qanday kelib chiqqani, toʻgʻrirogʻi, tovushlarning qanday taqliddan paydo boʻlib, maʼlum struktura – yaʼni belgiga aylangani koʻp tahlil qilinadi. Misol uchun, “S” tovushi ilonning harakatiga taqlidan paydo boʻlgan, undan esa soy soʻzi. Chunki oqayotgan suv toʻgʻri chiziq kabi emas, ilonizi boʻlib oqadi. “Y” esa maʼlum narsaning aksini ifoda etgan. Shunday ekan “soy” akslantirish xossasiga ega, ilon izi boʻlib oqadigan nimaningdir ramzi. Oʻz-oʻzidan u miyamizda ramz belgisiga aylanadi (soy soʻzi). Ammo kelib chiqishi, mavjud boʻlishiga koʻra qatʼiy strukturaga ega. Va ongimizga taʼsir oʻtkazuvchi ham aynan mana shu belgi orqasidagi strukturadir. (oyna, oy soʻzlari ham akslantirishni ifoda etadi, shu maʼnoda soyga juda yaqin.) Bundan kelib chiqadiki, olam bu – belgilar tizimi va u qatʼiy strukturaga ega. Masalan, Toshkent koʻchasiga ilingan “coca-cola” reklama banneri ham belgi. Uning ortida oddiy ishchi sinfining hordigʻi yotadi.
****
Derrida til va nutq – ong belgisi ekaniga qoʻshiladi, biroq, yozuv aynan ongdagi narsaligini inkor etadi. Yozuv orqali biz doim ham haqiqatni bayon etmaymiz yoki nutqda chiqadigan his, ohang, maʼnolilikni yozuv toʻliq qamrab olmaydi. “BOR” – shu soʻzning qanday va nima maʼno anglatayotganini nutqdagi buyruq yoki his-hayajon, darak kabi ohang belgilaydi. Yozuvda esa bu imkonsiz (tinish belgisi qoʻyilmasa). Yaʼni yozuvning oʻzi ongning yoki nutqning aynan inʼikosi, toʻppa-toʻgʻri maʼnosi yo haqiqati boʻlolmaydi. Keling, endi buni boshqa narsalarga – jamiyat strukturalariga nisbatan tatbiq etamiz.
*
“Anora” filmi oʻzbek auditoriyasi oʻrtasida keng muhokamalarga sabab boʻldi. Film nima uchun mukofotlarga loyiq koʻrilgani koʻpchilik tushuna olmadi. Fikrimcha, uning eng katta mohiyati ongimizdagi haqiqatni parchalagani – dekonstruksiya qilganida. Amerika dunyodagi koʻplab uchinchi mamlakatlar aholisi uchun “sehrli diyor”, u yerda daraxtdan pul yogʻiladi, deb ishonadiganlar bor. Ammo film buning mutlaqo aksini koʻrsatadi. Amerikadagi ishchi sinf (iyerarxiyaning eng pastki qavatida turgan ayol) uchun hayot nihoyatda mashaqqatli, shafqatsiz raqobatga, kurashga toʻla. Agar kinoni zamonaviy ertak deb olsak, afsuski, bu safar syujet anʼanaviy xotima topmaydi. Ertakshunos Proppga koʻra, oq otli shahzodani kutuvchi qiz bosh qahramon boʻladigan barcha ertaklar murod-maqsadiga yetish bilan tugishi kerak – chunki anʼanaviy struktura va arxetipik tasavvur doim shunday boʻlib kelgan. “Oppogʻoy”, “Kuloyim”, “Sohibjamol va maxluq”, qisman “Zumrad va Qimmat” kabi. Anora ham mana shu universal strukturaga ishonardi. Korchalon yigitcha uni botqogʻidan qutqarishini orzu qildi. Bu uchun kurashdi, hatto. Yakunda esa teshik togʻora bilan qoldi. Demak, eng pastki qatlamda turgan “zolushka”ni endi biror erkak qutqarmaydi (bu yerda tafovut vujudga keladi) – bu shu paytgacha boʻlgan tasavvurlarimizni dekonstursiya qiladi, uning ustiga amerikancha orzu biz oʻylagandek jozibalimas, u faqat iyerarxiya tepasidagilargagina xizmat qiladigan ruhlantiruvchi omil ekan, xolos
Maqoladan parchalar

Telegram
Hid Gallyutsinatsiyasi
Yangi maqolam:
POSTSTRUKTRAL TAHLILGA TORTILGAN "FRANSUZ BULDOGI"
Shahzod Shomansurov hikoyalari aniq va dominant, olamshumul maʼnoga daʼvo qilmasdan, til va mayda detallar orqali uslub va hikoya yaratayotgani uni haqiqiy zamonaviy adabiyot ijodkoriga xoslaydi.…

🔥8
Kundadagi bitiklar
Kurs_ishi_Tillaniso_ijodining_oʻziga_xosligi_mavzu,_gʻoya_va_estetik.pdf
Yaxshi kurs ishi bo'libdi. Odatda, talabalar ustozlari aytgani uchun mavzu olib, umumiy o'rganishardi. Va ular aytgan gaplarni - tadqiqotni istalgan ijodkor ijodiga (garchi u mening yo aynan bir ijodkorning ijodiga bag'ishlangan bo'lsa ham) tadbiq qilsa bo'lardi. Bu ilmiy ishda esa muallifning mavzuga hassos munosabati shundoq sezilib turibdi.
👍6
Forwarded from BOOK.UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aks toʻplamining yana ikki kitobi tez orada sotuvga chiqadi!
aks: jamiyatga ko‘zgu
📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
aks: jamiyatga ko‘zgu
📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
👍4
Forwarded from Sukut Saqlama (NeMolchi.uz o'zbek tilida)
20-yanvar kuni Sukut Saqlama loyihasining Kitob klubi doirasida birinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. "Shaxsiy xona" kitobi qiz va ayollardan iborat jamoa ishtirokida muhokama qilindi.
Virjiniya Vulf o‘zining "Shaxsiy xona" essesida tarix qatlaridan kashfiyotchi ayolni, daho ayolni - Shekspirning singlisini qidirgan bo‘lsa, o‘zbek qizlari qachon o‘zbek ayoli Nobel oladi yo nega ololmasligini muhokama qilishdi. Vulf ayolga o‘z potensialini ochish uchun birinchi navbatda shaxsiy xona kerak degan bo‘lsa, o‘zbek ayollari avvalo hozir bizga shaxsiy vaqt va shaxsiy hudud ko‘proq kerak degan fikrda. Qiz va ayollar shaxsiy xona tugul, o‘z shaxsiy hududlari jamiyat va yaqinlar tomonidan mensilmasligi, qabul qilinmasligi haqida og‘riqli kechinmalarni gapirishdi. Yechim sifatida esa ayol-qizlar o‘rtasida xabardorlikni oshirish, shaxsiy huquq va erkinlik nima ekanini bilish va ayollarning bir-birini qo‘llab-quvvatlashi taklif qilindi.
Vulf ayollar o‘qishi , shu orqali ishlashi va qo‘lida o‘z puli bo‘lishi tarafdori bo‘lgan. Bugun dunyo ayollari qatori o‘zbek qizlari ham o‘qiydi, ishlashadi. Pul topishadi. Ammo pullariga qay darajada egalik qilishadi va o‘zi istagan kasbda ishlayaptimi? Undan ham muhimi, ishlar ekan, o‘z potensialini yuzaga chiqarishda jamiyat bosimiga duch kelmaydimi? Degan savollar tashlandi. Patriarxal jamiyatda ayollar fikr erkinligi erkaklarga nisbatan cheklanganligi ayollar qancha o‘qib, ishlamasin ularni ikkinchi daraja qo‘yayotgani - ayol-qizlarimizning shaxsiy va karyera rivojida eng katta to‘siqligi muhokama qilindi.
Vulf ayol shaxsiy xona va moliya mustaqilligiga ega bo‘lish orqali, uy-ro‘zg‘or, bola tarbiyasi tashvishlaridan ortib o‘zining shaxslik potensialini ko‘rsata olishiga qat'iy ishongan bo‘lsa, bugungi o‘zbek qizlari o‘z shaxsiy hududi bo‘ishi uchun kurashish kerak avval, degan fikrda. Shuningdek, pul topsa-da qizlar pulini o‘zi istagandek taassaruf qilolmayotgani va topilayotgan pul o‘zbek ayollarini qanchalik erkin va mustaqil qilayotgani ham savol ostida. Agar jamiyatning patriarxal prinsiplari o‘zgarmasa, ayollarning o‘qishi yoki ishlashi ular uchun ko‘p narsani o‘zgartirolmasligini bilishadi bugun qiz va ayollarimiz. Patriarxal jamiyat prinsiplarini o‘zgartirishning yo‘li esa xabardorlikni oshirish va kuchli ong bilan qurollanish orqali sodir bo‘ladi. "Shaxsiy xona" kitobi ham shu yo‘lda dastak bo‘lgandi o‘z vaqtida. Sukut saqlama Kitob klubi loyihasi doirasida tarjima qilinib, taqdim etiladigan maqolalar ham shu maqsadni ko‘zlagan. Yaqin kunlarda ularni chop qilishni boshlaymiz.
Klubning keyingi uchrashuvi oy oxiriga mo‘ljallangan. Aniq sanani shu kunlarda e'lon qilamiz. Bildirishnomani yoqib qo‘ying😊Bexabar qolmang. Keyingi yig‘inlarimizda kutamiz.
#SukutSaqlama

❤7
Biz hamma bilan birga o'ynashni istagandikku -
Hamma bilan qo'g'irchog'imizni ko'rishni baham!
Hammaga yaxshi bo'lishini xohlagandik -
Faqat biz bilan yaxshi bo'lishini!
Faqat biz bor joylarda yaxshi!
Ehtimol, shuning uchun
Biz yo'q joylar go'zal -
Deb bo'zlab qoldik oxirda.
Ehtimol, haliyam yosh boladirmiz,
Chordoqda yashayotgan o'smir qizaloq*
Haliyam biz.
Bizsiz ham o'ynab kulishar,
Bizsiz yig'lashar.
Ehtimol, faqat yolg'izlikdir
Dunyo degan orzumiz -
Yozug'imiz!
(* Anna Frankka ishora)

🔥9
Svetayeva yozgandiki, "qizlarim, hammamiz do'zaxiymiz" deb
Men deyurmanki,
"Xudo bormi,
Agar bo'lsa,
Nega buncha adolatsiz?"
Do'zaxni, jannatni yuvib o'tadi sellar, do'llar
Sinadi do'zax ham, jannat ham "buncha adolatsiz" degan
Hayqiriq
Oynalarga uloqtirgan toshlar zarbida.
Sinadi.
Sinsin.
Oynalar sinsin.
Sinsin o'lim va hayot tasvirlari
Jannat va do'zax tasvirlari -
Zotan adolatsiz!
Va lekin men bir Qurbon emasman.
Oynaga otilgan toshlar kabi
Tik boqaman hayot yuziga
Agar yo'q bo'lsa, xudo
Nima qolardi menda
Faqat tikkalik
Faqat yovqarash
Do'stga, dushmanga.
Men insonman.
Qo'llarimni sezib turganim haqqi
Tik boqaman dunyoga.
Insonligim haqqi boqaman.
Men insonman - o, buncha adolatsiz!
"Inson hayotga tik boqqan payti
Inkor eta olar hayotni" -
Miyamda tentiragan bu o'y meniki emas,
O'tmishniki.
Men insonman.
O'tmishning,
O'tmish daholarining,
O'tmish vaqtlarining quyqasiman men.
Men insonman,
Har bir bukilganning, singanning
Yo'lida, belida borman va ohangman:
"O, buncha adolatsiz".
Faqat tikkama-tikka
O'limga tikka
Hayotga tikka
Xudo bor bo'lsa, borlikka tikka
Yo'q bo'lsa, yo'qlikka tikka.
Men insonman tik qarab itargan hayotni ko'kragidan.
Zotan shamolday ozod bo'lgan
Baxtning ustidan kulgan
Baxtsizlikni koptok qilib o'ynagan!
Men insonman, tik boraman hammaga.
Shamolday ozodmanu, shamolga tikka
Inkor etib hayotni hayotga tikka
O'limga tikka!
Bor bo'lsa, borlikka tikka,
Yo'q bo'lsa, yo'qlikka tikka.
Men insonman -
Tik boraman Yo'qlikka!!!

❤8
Forwarded from Ketmoq
Shaklga qaytim
Meni tinglab tomosha qilar
Ko'zgu ila boqqan shallaqi.
Axvolimga qilmaydi nazar
Jim turaman so'zlar allakim.
G'oratlardan tin olsin ochun,
Ichinga kırmasın tashqi to'palon.
Ko'z yosh quyib uzatar qonun,
O'z yurtida quvg'indi qoplon.
Did haqida bahsga ish tushar,
Ahdi nomus yigitlar anqo.
"Jim turgani sotqinlik qilar" -
Hukm qat'iy, mag'lublar tanho.
Qachon keldi bu yurtga kalxat,
Qachon uchib ketdi qaldirg'och?
Qachon ilm sanaldi axlat,
Qachon hayo bo'ldi yalang'och?
Yoqmadimmi,
Afting bujmaygan,
Qachon urfdan qolgandi iymon?
Mendan menga yo'l yo'q - qulagan.
Seni senga g'ov qilgan sopqon -
Ulug'lanib so'yilgan e'zoz,
Qadriyatlar etilmas ado,
Xotiralar chalinmas bir soz,
Achinarli, haqiqat - gado.
2025
YuSuF_QaLaNDaR
T.me/YuSuF_QaLaNDaR
Meni tinglab tomosha qilar
Ko'zgu ila boqqan shallaqi.
Axvolimga qilmaydi nazar
Jim turaman so'zlar allakim.
G'oratlardan tin olsin ochun,
Ichinga kırmasın tashqi to'palon.
Ko'z yosh quyib uzatar qonun,
O'z yurtida quvg'indi qoplon.
Did haqida bahsga ish tushar,
Ahdi nomus yigitlar anqo.
"Jim turgani sotqinlik qilar" -
Hukm qat'iy, mag'lublar tanho.
Qachon keldi bu yurtga kalxat,
Qachon uchib ketdi qaldirg'och?
Qachon ilm sanaldi axlat,
Qachon hayo bo'ldi yalang'och?
Yoqmadimmi,
Afting bujmaygan,
Qachon urfdan qolgandi iymon?
Mendan menga yo'l yo'q - qulagan.
Seni senga g'ov qilgan sopqon -
Ulug'lanib so'yilgan e'zoz,
Qadriyatlar etilmas ado,
Xotiralar chalinmas bir soz,
Achinarli, haqiqat - gado.
2025
YuSuF_QaLaNDaR
T.me/YuSuF_QaLaNDaR
🔥6
Hurmatli bir ayol. Hurmatli bir erkak. O'ylab ko'ring hayotingizda doim qaysining fikri ko'proq tosh bosadi deb o'ylahansiz -irratsional tarzda. Faqat aql bilan javob berishga shoshilmang. Ongsiz holatda qaysini tanlagansiz?
Anonymous Poll
24%
Hurmatli ayol
45%
Hurmatli erkak
31%
Teng deb bilganman
Hid Gallyutsinatsiyasi
Hurmatli bir ayol. Hurmatli bir erkak. O'ylab ko'ring hayotingizda doim qaysining fikri ko'proq tosh bosadi deb o'ylahansiz -irratsional tarzda. Faqat aql bilan javob berishga shoshilmang. Ongsiz holatda qaysini tanlagansiz?
Javob berishda yaxshilab o'ylang, faqat aql bilan teng deyishga shoshmang. Hayotiy vaziyatlarizda kimni ko'proq ideallashtirganizga yoki qaysi birini ko'proq o'ziz uchun avtoritet bo'lganini hisobga oling. Avtoritet shunday narsaki, siz uni o'zingizdan aqlli bilib, avtomatom unga bo'ysunasiz. Tenglik esa - u sizdan aqlli bo'lsa ham hatto, u bilan bosimsiz, teng munosabatda bo'lasiz.
👍1