Telegram Web Link
Forwarded from BOOK.UZ
🔥Aksning soʻnggi kitobi ham endi sotuvda!

📕 Tillaniso «Shakl»

«Shakl» - odatiy o'zbek nasridan ko'p farq qiladi, kitobdan qahramon va voqealar izlamaganingiz ma'qul. Asar sizni suv ostiga olib ketayotganday taassurot qoldiradi - agar o'pkangiz o'rniga baliqlarniki singari oyquloq o'stira olsangiz, Siz unda yashay olasiz, aksincha bo'lsa, bardoshingizni sinamang.

Afina ham, Temur ham, hatto roviy qizning o'zi ham aslida to'qima bo'lishiga qaramay, ongingizga o'rnashib, yashay boshlaydilar va Sizdan bir narsani - yashash uchun qanday shakl tanlasa ma'qulligini so'raydilar.

Asar o'zbek yoshining o'smirlikdan chiqish pallasidagi ruhiy holatini qalamga oladi va bunda yoshning ahamiyati unchalik muhim emas. Zero, muallif ilgari suradigan fikrga ko'ra, o'zbek yoshi ulg'ayishga kech qoladi.

✍️ AKS - Jamiyatga ko'zgu.

Kitob narxi: 27 000 soʻm
Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050

📚 @bookuzbekistan
BOOK.UZ
🔥Aksning soʻnggi kitobi ham endi sotuvda! 📕 Tillaniso «Shakl» «Shakl» - odatiy o'zbek nasridan ko'p farq qiladi, kitobdan qahramon va voqealar izlamaganingiz ma'qul. Asar sizni suv ostiga olib ketayotganday taassurot qoldiradi - agar o'pkangiz o'rniga baliqlarniki…
"Shakl" ni 2 yilda yozganman. 2019-2021 yillar. 3 yil g'aladonda yotdi. Nihoyat 2024-yil boshida "Aks" to'plamida chiqish uchun qabul qilindi. O'shanda terish va tahrirni boshladim. Ko'pchilik bilmasa kerak, qog'ozga yozaman. Keyin ko'chiraman. 6 oy o'zimni tahririmdan chiqdi. 6 oy muharrirlarim - Feruza Quvonova (qisman) va Alisher Fayzullayev (to'lig'icha) tahrir qilishdi. Orada Ulug'bek Hamdam o'qib fikrlarini aytdi. O'rni kelganda ularga rahmat.

Ana bosmaga ketadi, mana ketadi deb turgandan keyin ham 3 marta tahrir bo'libdi. Shunday qilib kitob kechikdi. 45 foizini o'zgartirdik asarning, ohangni silliqlash, neytrallashtirish uchun. Mayli, yaxshilikka. Mana, endi ochiq dasturxonda, totimiga siz baho bering.

Aytganimdek, fikrlarga ochiqman. Shuningdek, sog'lom va konsturktiv tanqidga ham. ( muallifining marazi oqib turgan tanqidlarga esa keskin yo'q deyman!)

P.s: aytgancha, asarning yozilishiga Bobur Murodov (December Art) turtki bo'lgandi. Muqova muallifi ham u. Katta rahmat Bobga!
📢 Sukut Saqlama Ayollar Kitob Klubi Uchrashuvi! 📢

📅 Sana: 1-fevral
Vaqt: 17:00
📍 Joy: Sukut Saqlama

Bu galgi uchrashuvda Nikola Gavining "Jinsiy qurbon emasman, lekin" maqolasi muhokama qilinadi. Maqola saytimizda e'lon qilingan: https://nemolchi.uz/uz/jinsiy-qurbon-emasman-ammo-jinsiy-qurbonlik-atamasi-ta-rifini-qayta-ko-rib-chiqish/

Kimlar kela oladi?
🔹 Faqat ayol-qizlar.

Talablar:
📖 Maqolani to‘liq o‘qish shart.
Oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.

Fikrlaringiz va tajribangiz bilan o‘rtoqlashish, muhokamada faol ishtirok etish uchun sizni kutamiz!

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdhazxslfS4Hpv8NosFGv4FMjX_9JYcAX9XXOoG1tY91jAcMw/viewform?usp=preview

#SukutSaqlama #KitobKlubi #AyollarMuhokamasi
Sukut Saqlama (NeMolchi.uz o'zbek tilida)
📢 Sukut Saqlama Ayollar Kitob Klubi Uchrashuvi! 📢 📅 Sana: 1-fevral Vaqt: 17:00 📍 Joy: Sukut Saqlama Bu galgi uchrashuvda Nikola Gavining "Jinsiy qurbon emasman, lekin" maqolasi muhokama qilinadi. Maqola saytimizda e'lon qilingan: https://nemolchi.uz/uz/jinsiy…
Qizlar, shanba kuni ko'rishamiz. Ko'rsatilgan maqolani o'qish shart. Juda zo'r maqola. Qolganlargayam o'qish tavsiya. Feminizm degani faqat harakat yo ijtimoiy urinish emas, falsafa ekanini tushinasizlar
Forwarded from BOOK.UZ
🔥Kitobxonlar talabiga binoan toʻplam sotuvda🔥

✍️ aks: jamiyatga ko‘zgu

📕«Tongotar» - 30 000 so'm
📕«Kungaboqar» - 28 000 so'm
📕«Ajdar sayyorasi» - 25 000 so'm
📕«Havo» - 21 000 soʻm
📕«Oqdan qizilga» - 21 000 soʻm
📕«Shakl» - 27 000 soʻm

Toʻplam xarid qilsangiz maxsus 10% chegirma!

Toʻplam narxi: 152 000 soʻm
Chegirmada: 136 800 soʻm

Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050

📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
"Shakl"ni oganlar bo'lsa, shu post ostida izoh yo rasm qoldirishi mumkin.

Umuman "Aks" turkumini
Forwarded from Maryam Javlan.
Har shanba o’zim uchun “self-made” qilishga kelishib olganman.

Bugun birinchi bo’lib, “Fikrat” dasturi doirasida o’tqazilgan offline suhbatga bordim. Ustozlar Hamid Sodiq, Kamoliddin Rabbimov va tarixshunos bilan bo’lib o’tdi. Postmodern dunyoda integratsiya masalalari, inson antropologiyasi xususida, turkiy davlatlarning ittifoqqa kelishi, o’zaro tutashtiruvchi omillar, til va boshqa masalalarda suhbat o’tdi. Albatta, so’nggi Xitoy va Amerika xususida ham so’z bordi.

Ikkinchisi, “Sukut saqlama” loyihasi tomonidan tashkillashtirilgan ayollar klubida dunyoning eng top muhokamaga chorlaydigan maqolasi haqida gaplashdik. Zo’ravonlikka qadar holatlar, zo’ravonlik turlari, pedofiliya, bolalarga zo’ravonlik, “qurbon” pozitsiyasi va ba’zi qarashlarning tanqidiy pozitsiyadan ko’rib chiqdik. Xulosalar qildik!
Forwarded from Mehrinoz (Mehrinoz)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yozdagi treninglar, " Shaxsiy xona" asari ayollar masalalariga ayri diqqat bilan qarashimga sabab boʻldi.

Bugun " Sukut saqlama" ning book clubida qatnashdim.
Yigʻilishda ijtimoiy faol qizlar bilan Nikola Gavoning shu mazmundagi maqolasini muhokama qildik.
Rivojlangan mamlakatlardagi ayollar beriladigan " qurbon" maqomining inqirozi, oʻzbek jamiyatida esa bir muncha ayollarning subyektdan stereotiplar sabab manipulyatsiya obyektiga aylanganiga doir tahlillar qildik.
Xulosalardan soʻng, clubning keyingi yigʻilishida " Islomda ayol huquqlari" mavzusida gaplashishga kelishildi.

Safimiz ochiq, siz ham kelib qoʻshiling🫶

Video muallifi: Maryam Javlan

@Mehrinoz_xon
Uyda qilingan osh yegim kelyapti😋 hamma ovqatni pishira olaman, xamirlisiyu, suyuq, quyug'igacha. Lekin shu oshni hech eplolmadim-da
Forwarded from Mebooks)
"AKS-jamiyatga ko'zgu" to'plami)

"Oqdan qizilga" Anif
"Shakl" Tillaniso
"Havo" Gulnoz Mo'minova
"Tongotar" Raxshona Ahmedova
"Ajdar sayyorasi" Alisher Fayzullayev
"Kungaboqar" Shahzod Shomansurov

P/s: Men doim yosh yozuvchi,shoirlarimizni qo'llab-quvvatlayman, kitoblarini xarid qilishga harakat qilaman. Bugun anchadan beri niyat qilgan "Aks" to'plamini o'zimga hadya qildim. Fevral oyini ushbu kitoblar uchun bag'ishlayman...
Mebooks)
Photo
"SHAKL"

Tillanisoning "Shakl"ini oʻqib tugatdim. Tugatdimu, nima oʻqidim hozir deb karaxtlandim. Bir dunyo hislar - hayrat, zavq, qoʻrquv, ogʻriq, dahshat - hamma-hammasi qorishib ketdi. Qaysidir on xuddi kimdir meni bir xonaga qamab qoʻyib, bir devordan boshqasiga urib otayotgandek his qildim. Qaysi bir lahzada yuragim shuvullab tovonimga tushib ketdi.
Xayolot qaysi nuqtada reallik bilan tutashib, qayerda ular oʻrin almashishlarini farqlayolmay, bu almashinuvlar qadamiga yetib ololmay jinni boʻlayozdim. Shakllar ichida yoʻqolib qoldim.
Roman tugay deb qolgunicha ham tuzilishida biroz kamchilik bor, baʼzi oʻrinlarda soʻzlovchilar hikoyasi qorishib ketibdi, baʼzi joylarda soʻzlovchilar almashib qolibdi, muallifga aytish kerak, deb oʻzim uchun qayd qilib qoʻydim. Yakunlab boʻlgandagina, adashganimni tushundim.

Bu bir kitobxon sifatida his qilganlarim. Boshqa odam sifatida---oʻzimni kim deb atashni bilmadim, rasmiy nomim - adabiy agent, lekin buni qoyillatib qoʻyolganim yoʻq, balki tarjimon, balki adabiy jarayonlar kuzatuvchisi--- xullas, oʻsha odam sifatida juda sevindim. Farqli bir shakl, farqli ifoda. Va allaqachon aytilishi, payqalishi kerak boʻlgan haqiqatlar. Anʼanaviy ifodalardan biroz zerikkan men uchun oʻzgacha bir asar boʻldi. Qoʻlyozmani oʻqish imkonini bergan Tillanisoga rahmat! Asar uchun rahmat!!

@authors_and_publish
Kecha Sukut Saqlama Ayollar kitob klubining muhokamasi bo'lib o'tdi. "Jinsiy qurbon emasman, lekin..." maqolasi muhokamaga tanlangandi. Bu masala bizda shunchalik dolzarbki, pul evaziga 13 yoshli qiz bilan yotishga uringan erkakka 5 sutka jazo berilgan. Hatto zo'ravonlikka urinish bizda jinoiy javobgarlikka ham tortilmaydi. https://www.tg-me.com/SukutSaqlama/4223

Bu haqda hali batafsil yozaman.

P.s: Adashibman, jinoiy javobgarlik bor, lekin ijrosi yo'q.
"Shakl"ni olganlar, o'qiyotganlar bormi? Agar bo'lsa, bugun 22:30 da asar haqida chat qilardik.

"Aks" haqidagi savollarga ham javob beraman.

+ qo'yinglarchi olganlar, o'qiganlar!
1
2025/07/08 22:12:40
Back to Top
HTML Embed Code: