Telegram Web Link
Hid Gallyutsinatsiyasi
Qanaqadir - olamga yoyilib ketishga ehtiyojim bor. Singibmi yo ichida kengayibmi?!!
Aql va hisning boshqa tomoniga o'tib olgim keladi. Kenglik va yomg'irdan keyingi havodek tozargan tomon
😍13
Ishqilib, joninga joy axtargulik. Hech qatta halovat yo'q.
11
Sevgi kelsa ruhingda oqib
Holatlardan joning ayrilsa
Sokin, tiniq havoni quchib
Yotib olsa bag'ring-la g'ussa
Alag'damas - yuraging toti
Kipringlaring - uzun mezonlar -
Tutashib titradi osmonga -
Harir ip, yupqa huzur -
Solinchak yer-osumon o'rtasida.
Nuqtadan kengaysa, qaytmasa hech nuqtaga
Hayajon yuragim jimriga ketsa qovshib
Xonam, yulduz, choy nafas olardi -
His, so'z, Anglamning orqasida.

Hollarim - qiqirdab qaynagan choy idishi.

2.

Tomiringdan hayot kelsa quyulib
..................................................
Ichingdan o'sib kelgan yupqalik -
Chirmovuq guli silasa.
Beshik tebranishi ustida alla -
Ohanglaring tebransa O'zlik ustida
So'ngsiz adirlarni sog'insa orom.
Ipak qurti senga qayta homlador o'lsa
O'zing boqsang tut berib - bolalik qo'llarida -
Senga homilador o'tmishmas, lahza!
Jimirladi sarmast bolalik -
O'tgan -
Ortda.
🔥7
"Shaxsiy xona" bir yarim oyda qayta bosishga tushdi. Zo'r natija. Hammaga rahmat. Yana o'qishda, taqrizlar yozishda bardavom bo'ling
16
Forwarded from ZakovArt
​​Men seni bo'salarga ko'maman
Va tunning badanini ham
Bo'sadan ketar u yorishib...

© Tillaniso

Rasm: Franchesko Ayets, "Boʻsa".

🎨 ZakovArt
21
Forwarded from BOOK.UZ
Aks | Tez kunda

***

Yarador ilonman – yoqilmoqqa shay,
Alanga domiga otilmoqqa shay.
Yo so‘nggi bor yanchib o‘tilmoqqa shay,
Inimdan chiqargan qo‘llaring kulsin.

Sirg‘alib umringdan o‘tdim – bilmading,
Jonu jahonimni tutdim – bilmading.
Borlikdan yo‘qlikka ketdim – bilmading,
Shohlardan uzoqsan, qullaring kulsin.

“Umrim mening aslan ishqqa qasida,
Uni tinglaganlar qolur rasida”,-
Desam, tun dolg‘asin har jilvasida
Hilolni suzdirgan ko‘llaring kulsin.

Sog‘laring ichinda xasta jon
o‘ldim,
Inonch berolmading – badgumon o‘ldim.
Mudom barbod o‘lgan xonumon
o‘ldim,
Xonumon qabrinda gullaring kulsin. 

Gulnoz Mo‘minova “Havo” kitobidan

📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
👍12
OLA

Yel o'ynaydi, nur o'ynaydi,
Lahzalar o'ynaydi xonamda
Jimir o'ynaydi.
Qiz yuzida sepkildek yomg'ir
Tomchilab bosadi oynani,
darchani
Sepkillar xiralik qiz yuzidagi,
Yomg'ir xiralik.
O'ynaydi tomchilar, o'chgan tuyg'ular,
Tuyg'ular oladir, tuyg'u qirrali

Olislarda qolmaydi o'tmish
Ichagingga turar tiqilib
U qaytib keladi tez-tez
Aksa urmoq istagi bo'lib
Tabiiy keladi.
Ko'priklar bitmaydi yonib
Ko'priklar bugunmas, na kecha, indin
Ko'priklar qulamas, ko'prik xiralik

Uzoqlarda qolmaydi o'tmish
U qaytib keladi aksa urmoq istagi bo'lib
Tabiiy keladi
Keladi ko'prikdan yomg'ir, tuyg'ular
Goh jimir keladi, xazon, xiralik
Etagiga ilashtirib ola kunlarni
Yiroqlarda daydib dalli devona
Daydi ruhimizga Sabiy keladi.

Uzoqlarda qolmaydi...

12.12.2019
👍9
https://youtu.be/zToRGERERN4?si=_Y9z2IAab5qrNl99

"Havo" muallifining ichida qanday gaplar bor - mana shu podkastda pardani xiyol ko'tarib, shoira ichiga boqishingiz mumkin.

Inson sifatida o'ylar va dardlar, insonlik sharafi va mashaqqatlari - shunindek, ayollikning ham - Anglami qarashlaringizni turtkilashiga ishonaman.

"Havo" to'plami shoira yuragiga oyna tutadi. "AKS" da o'qing.


#AKS
Kitobni kecha o'qishni boshlagandim. Yarmidan o'tdim. Xatolarimni, qayerda qoqilganimni tushindim. Tushindimu tarsaki yegandek bo'ldim. Ammo xatolarni o'ylamasdan faqat "qilmoq" bilan mashg"ullik, sidqillik, chalg'imaslik tamoyillarini uqtiryapti. Ruhlantiryapti. Ishlayapman. Faqat ishlash haqida o'ylayapman. Miyamda ko'p narsa tartibga tushyapti. Meni keragida topib kelgan kitob bu.

Kitob Hamletdagi "Bor bo"lmoq yo yo'q bo"lmoq" masalasini "Qilmoq"qa aylantiradi. Ishlang, ishlang, chalg'imang, kamtar bo"lib, natija emas, doimiy jarayon va ishda bo"lsin diqqatingiz. Dil bayoru dastbakor.

Kitob egongizni shu tarzda tartiblaydi.
👍25
Bir begona og'ush bo'lsa
Onang qorniga
Qaytgandek qunishib qaytsang bag'riga.

Tafti tanish - sutdek iliq - toza sog"ilgan
Hislaringni almiysoqda tanigan
Rohat suvi kelganidek og'zingga
Ko'nglingga kelgan
Lazzat tinishining so'nggi oromi
Tungi daraxt soyasining notanish shitirida
Topsang sen Uni!

Bir begona kimsang bo'lsa...
👍12
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ustozlar e'tirof etgan maqolani shu yerda o'qiysiz.


Ayniqsa, Xurshid Do'stmuhammadning to'lqinlanib gapirganidan sevindim. Bunday narsalarni ko'proq yozib turishim kerak.
21
Kuz qo'rquvlari


Men sizdan qo'rqaman -
Nogohon yangragan qo'ng'iroq
Yuragim uchib tushadi -
Nahot xato qildim,
Nahot bormadim,
Nahot uxlab qoldim -
Nahot haydashsa -
Yosh boladek yuragim titroq...
Potirloq...
Ishsiz,
Kimsiz
qolishdan qo'rqaman
Kuzga onsiz termilib
Taka-puka payti hislarim
Kelgan qo'ng'iroq...
O'zida emasdek jonim alag'da
O'ylab ketganimda xolam,
Uzoooq tog'amni
Sizdan qo'rqaman -
Mezonning tekis tortilgan
Ingichka ipida yurmaganimda
Egri-bugri torlarda yursam turtilib -
Qo'rqaman -
Nima bor chayqalgan olamda qatida?

Men sizdan qo'rqaman nogohoniy
His
shitir
qo'ng'iroq...
9
Ikki narsani beskanechna eshitish mumkin: biri Sezen Aksuning mast qiladigan ashulalarini ozroq mast bo"lib, ikkinchi - gre-gre - namozshomda nafasi qaytgan ulkan shaharning tig'iz harakatdan to"lg'onib titrashlarini
😁18
Zo'ravonlik zo'ravonlikni tug'diradi. Ona qiziga qilgan, qiz bolasiga takrorlaydi.

Nigina Gayduk ishi
👍16
Forwarded from Перезагрузка (А Файзуллаев)
шаклда шакл йўқ?

негадир ҳар қандай нарсанинг шаклини кўришга ўрганиб қолганмиз, ҳатто сояларимизнинг шаклигача аниқ ёдимизда бор. аммо яшаш тарзимиз аллақандай шаклсиз, хаотик ҳолатлардан иборатга ўхшайди. қанчалик хаотик бўлмасин, космоснинг абадий бир қоидаси бор, у кенгаяди, ўсиб бораверади. аммо онгчи? онгнинг космосдан қанчалик фарқи бор, ўхшашлигичи? уни кўтариб юрган одам ўз онггининг пучмоқларида қанчалик адашиб қолиши мумкин? қанчалик ҳақиқатки, масалан онг ўзини асраб қолиш учун эгасини янги ўйинга тортиши? бу ўзини оқлайдими, ахир нима қилганда ҳам тирик қолиш муҳим. эволюция минглаб йиллар давомида одам тугул жониворларни ҳам битта қоидага ўргатди: ўрмон қоидаси. кучлилар тирик қолади ва кучлилар қоидаларни белгилайди. асрлар давомида кучлилар ҳамма нарсани шакллантирди, ё нотўғрими? ахлоқни биринчи бўлиб қайси одам ижтимоиятга киритди? қайси одам қария ва болаларни қаноти остига олди ва бундан нима наф эди? ўрмон ғалати жой. Г. буни дунёга келганида билганмиди?
11
Forwarded from Перезагрузка (А Файзуллаев)
йўқ, албатта. Г. ўз ақлини еган миттигина қизалоқ, худди ўрмонда адашиб қолган қуёндек дағ-дағ титрайди. дуо қилади, кимдир, ким бўлишининг асло аҳамияти йўқ, уни қутқарсин. Худоми, бошқами, буткул фарқсиз, ва шунинг учун у зўр бериб ҳаракат қиляпти. ахир у бор йўғи ақлини еган қизалоқ, аммо ўрмон уни тишлари орачсига олиб мажақлаб ташлайди, бунга унинг ақли етиб турибди. шунга у кўзини юмишдан қўрқади. биласизми, болалар қўрқувни икки йўл билан енгади, ўткизиб юборади, бошқача айтганда қарши олади, пешвоз чиқади (умуман, катта одамлар ҳам шу): бир тоифа кўзларини қаттиқ юмиб олади, бошқа тоифа кўзларини катта очади.

Г.нинг очиқ кўзлари реалликдан шу қадар қўрқувдаки, унга бутунлай бошқа нарсани айтяпти ва бу айтишнинг, ҳикоя қилишнинг, ҳаёт реаллигини кўрсатишнинг битта яхши хусусияти – оғриқсизлантириши. унинг бу ўрмонда ёлғизлигини, юмшоққина қуёнлигини кўрсатмаслик оқибатида у ўзининг қўрқинчли, зерикарли, бахтсиз ва шавқсиз ҳаётини охиригача, масалан бўрининг оғзига тушганча (аммо бунга кўп вақт қолгани йўқ) бемалол пушти кўзойнакда ўткизиши мумикн. аммо онг Г. билан ўйин ўйнайди. бу ўйинга ҳаёт тикилган экан, онг Г.га ўзининг алдаётганини ҳам билдиряпти – ахир буларнинг бариси ёлғон, у шунчаки оғриқсизлантирди ва унинг олдида бу оғриқсизлантиришга қарши туриб бериш ҳам бор ва ҳақиқий реаллик – бўри унинг жонини бирдан олмайди, аста, шошилмай ва имкони бўлса, терисини тириклай шилиб ўзи қўрққан барча ожизликлари олдида мазах қилади. бу Г.нинг тақдири, бечора, у ўз онггига қандай қарши чиқади, кимни айбдор қилади, кимни ўзига халоскор қилади, кимга талпинади ва кимдан қочади – ахир унинг бирдан-бир душмани ҳам ўзи, халоскори ҳам.
🔥6
https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/gulnoz-mominova-poetry.html

Xurshid Abdurashid "Havo" to'plami muallifi haqida qadim-qadim zamonlarda esse yozgan. O'qing - oqib ketasiz.

#AKS
👏8
2025/07/10 11:31:39
Back to Top
HTML Embed Code: