This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum! Yangi tong muborak bo‘lsin azizlar!
🌺 Sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga xamdlar bo‘lsin!
🌸 Boshlangan kuningiz quvonchga to‘la bo‘lsin!
✍️ @Tilsimli_Hayot
🌺 Sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga xamdlar bo‘lsin!
🌸 Boshlangan kuningiz quvonchga to‘la bo‘lsin!
✍️ @Tilsimli_Hayot
👍3🥰3👏2🕊2
O‘z-o‘zini Rivojlantirish Bo‘yicha 5 Muhim Maslahat
1. Aniq maqsad qo‘ying: Maqsadlaringizni yozib qo‘ying va ularga erishish uchun kunlik rejalar tuzing.
2. Bilim va ko‘nikmalarni oshiring: Kitob o‘qing, yangi narsalarni o‘rganing va o‘z ustingizda ishlashni to‘xtatmang.
3. Qiyinchiliklardan qo‘rqmang: Har bir muammo tajriba va imkoniyat ekanligini unutmang. Qulay zonadan chiqishga o‘rganing.
4. Jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ingizga e’tibor bering: Mashq qiling, to‘g‘ri ovqatlaning va stressni boshqarishni o‘rganing.
5. Sabotli bo‘ling: Doimiy va kichik qadamlar katta muvaffaqiyatga olib keladi. Harakatni to‘xtatmang!
✍️ @Tilsimli_Hayot - Hayot o‘rgatadi, lekin biz tezroq
👍10💯3❤2
Olgan ilmingiz odamlarni chalg‘itish, ularni mot qilish va lol qoldirishdan boshqasiga yaramasligidan panoh so‘rang. Ilm avvalo shaxs o‘zi amal qilishi va najot topishi uchun olinadi. Yolg‘on bilan rostni aralashtirib, haq bilan botilni, zahar bilan asalni qorishtirib ommaga yedirish uchun olinmaydi ilm. Umaro va hukkom istagan tomonga dinni burib berish uchun ham olinmaydi. Dinni salotin mayliga muvofiq talqinlab berish uchun ham olinmaydi ilm.
✍️ @Tilsimli_Hayot
📨 Boshqalarga ham ulashing!
Ulashuvchi ham amal qilganlik savobini oladi, InshaAlloh!
✍️ @Tilsimli_Hayot
👍10❤3👏2
Hamma yonimizda abadiy qolguvchi emas. Ba’zan odamlar keladi, o‘rgatadi va vazifasini bajarib ketadi... Tan olish og‘ir, lekin bu - hayot haqiqati...!
📨Boshqalarga ham yuboring!
✍️ @Tilsimli_Hayot
👍10❤🔥2🥰2💯2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong
Bugun aytishingiz zarur bo‘lgan so‘zlar borki, yillar o‘tgach bu so‘zlardan ma’no yo‘q...
Bugun bajarishingiz zarur bo‘lgan ishlar borki, yillar o‘tgach bu ishlardan ma’no yo‘q...
So‘zlar va imkoniyatlardan ular o‘z qadrini yo‘qotmasdan foydalaning...
Boshlangan yangi kuningiz ezgu amallar bilan to‘lib toshsin Qadrdon. Assalomu alaykum!

💌 Yaqin insonlaringizga yuboring!
✍️ @Tilsimli_Hayot
❤🔥4🕊4👍3
Ichingdagi olov so‘nmasin! Sen uddalay olmaysan deganlarga isbot qilma – faqat o‘z oldingdagi maqsadni ko‘zla. Chegaralar – bu faqat bizning aqlimizdagi to‘siqlar, lekin sen ulardan balandroq uchishga qodirsan!
✍️ @Tilsimli_Hayot
✍️ @Tilsimli_Hayot
👍15❤3💯3
Bu dunyoni hamma tark etadi.
Yaxshidan bog‘, yomondan dog‘ qoladi.
Do'stlarga ulashing!
@Tilsimli_Hayot
💯11👍2❤🔥1
Hayotingda ikki insonning himmati ko‘p-u, lekin ko‘zingga ko‘rinmaydi. Ular:
• Otangning senga qilgan harajati;
• Onangning senga qilgan xizmati.
Agar shu harajat va xizmatni begona odamdan ko‘rganingda, butun umr undan uyalib biror marta ham ko‘ngliga ozor berolmasliging mumkin edi. Lekin otang va onangga g‘azab qila olasan, adovat qila olasan, minnat qila olasan, ko‘nglini og‘rita olasan. Chunki, ularniki ko‘rinmaydi.

😢16💯9👍4❤🔥2😭1
HALOL LUQMA
Bir mamlakatda podsho juda ham tez o‘zgararkan.Chunki mamlakat aholisi taqvodor bo‘lib, sal adolat buzilsa qilgan duolari qabul bo‘lar va adolat tiklanarkan. Odamlardan biri «Agar men podsho bo‘lsam , o‘lgunimcha taxtda o‘tiraman”,- debdi. Do‘stlari uni kulgi qilibdilar. Ittifoqo o‘sha odam podshoh bo‘libdi. Taxtga o‘tirishi bilan «Hamma saroyga bittadan tuxum olib kelsin”,- deb amr qilibdi. Amr ijro bo‘lgach esa, peshin chog‘ida «Hamma o‘zi olib kelgan tuxumini olib ketsin”,- deb farmon beribdi. Odamlar o‘zlari olib kelgan tuxumni taniy olmay adashishibdi. Oqibat shu bo‘libdiki,hamma o‘zining tuxumi qolib o‘zgalarnikini olibdilaru luqmalariga shubha aralashibdi.Shundan so‘ng ularning duolari ham qabul bo‘lmaydigan bo‘libdi. Podshoh esa to o‘lgunicha taxtdan tushmabdi.
Qissadan hissa shuki, faqat halol luqmagina mamlakatni obod qila oladi.
✍️ @Tilsimli_Hayot
😢7💯7👍3❤🔥1🤔1🤬1
🌙 Juma Muborak!
Alloh bugungi muborak kunda qalblarimizni nurga to‘ldirsin, duolarimizni qabul qilsin va hayotimizga baraka ato etsin.
✍️ @Tilsimli_Hayot
Alloh bugungi muborak kunda qalblarimizni nurga to‘ldirsin, duolarimizni qabul qilsin va hayotimizga baraka ato etsin.
Jumaning xayri va barokati sizga bo‘lsin Qadrdon.
✍️ @Tilsimli_Hayot
🥰3👍2❤🔥1👏1
Kayfiyatingiz tushkun bo‘lsada, ruhiyatingiz butun bo‘lsin, mehr qidiring, ammo qadringizni biling!
Xatoliklar hammamizda bo‘lib turadi, ammo shu xatoni qayta- qayta takrorlashdan saqlaning, hayotingizdagi yo‘qotishlarga achinmang...
✍️ @Tilsimli_Hayot
Xatoliklar hammamizda bo‘lib turadi, ammo shu xatoni qayta- qayta takrorlashdan saqlaning, hayotingizdagi yo‘qotishlarga achinmang...
Azizim Qayerdadir, kimgadur keraksiz!
✍️ @Tilsimli_Hayot
👍10🥰8👏3❤🔥1
Tashvishingiz, insonlarning muhabbatini qozonish bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymang.
Insonlarning qalblari o‘zgaruvchandir, bugun jonidan ortiq ko‘rib, ertaga nafratlanib ham qolaveradi.
Tashvishingiz, qanday qilib bo‘lsa ham, insonlar Robbisi muhabbatiga sazovor bo‘lish bo‘lsin. Agar U sizni yaxshi ko‘rsa, insonlar qalblarini sizga talpinadigan qilib qo‘yadi.
©️ Shayx Sha’roviy

👍7👏4💯3❤🔥1
Cho‘ntagi boy, lekin ruhi qashshoq bo‘lgan insonlarning ahvoli juda ayanchli. Chunki ular har narsaning narxini bilishadi, ammo qadrini bilishmaydi.
©️Mavlono Jaloliddin Rumiy rahmatullohi alayh.
✍️ @Tilsimli_Hayot
👍12💯5❤🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong
Ayni yashayotgan paytingizni imkon deb biling va u bilan mashg‘ul bo‘ling. O‘tmish uchun qayg‘urmang, kelajakdan esa xavotirlanmang...
Biz uchun bugun yana quyoshli tong, toza havodan nafas olish ne’mati va hayotimizni yaxshi amallar bilan to‘ldirish imkoni bor...
Shunday ekan, bugunimiz go‘zal xotima topsin, bugun ulguraylik, bugun erishaylik, bugun uddasidan chiqaylik va bugun baxtga erishaylik...
Assalomu alaykum! Xayrli tong qadrdon!

📨 Yaqin insonlaringizga yuboring!
@Tilsimli_Hayot
🥰6❤3
– Ko‘pchilik odamlar nega baxtsiz, bilasanmi?
– Xo‘sh?
– Chunki ular baxtli bo‘lishga emas, baxtli bo‘lib ko‘rinishga harakat qilishadi.
– Xo‘sh?
– Chunki ular baxtli bo‘lishga emas, baxtli bo‘lib ko‘rinishga harakat qilishadi.
✍️ @Tilsimli_Hayot
💯9👍6❤🔥2
DO‘STIGA QARZ BERIB YIG‘LAGAN DO‘ST.
Bir kishi bir oz pulga muhtoj bo‘lib qoldi. Do‘stidan yordam olish maqsadida uning uyiga kelib, eshikni taqillatdi. Do‘sti chiqib , u bilan ko‘rishdi, uyiga taklif qilsa ham u kishi qabul qilmay:
– Do‘stim, meni kechir. Uyga qilgan taklifingni hozircha qabul eta olmayman, vaqtim ziq. Bir kishidan yuz ming so‘m qarzdor edim. Bugun kelib , pulini qistadi. Qo‘limda pul yo‘q edi. Shuning uchun sening huzuringga keldim . Yordam berarsan, deb umid qilaman , – dedi.
Uy egasi darhol ichkaridan yuz ming so‘m olib chiqib , do‘stining qo‘liga berdi.
– Do‘stim, biror narsaga muhtoj bo‘lib qolsang, mendan yashirma. Qo‘limdan kelganicha yordam berishga tayyorman,–deb do‘stining ko‘nglini ko‘tardi. Do‘sti xursand bo‘lib , u bilan xayrlashib, uyiga qaytdi.
Uy egasi do‘sti qaytib ketganidan keyin yig‘lab , uyiga kirdi. Xotini: " Erim ko‘p pul berib yuborganiga pushaymon qilib yig‘layotgan bo‘lsa kerak", – degan xayolga borib, eriga:
– Biror narsani bahona qilib , pul bermasdan qaytarib yuborsangiz bo‘lmasmidi? Endi pushaymon qilib yig‘laysiz, – deganida eri shunday javob berdi:
– Yo‘q, sen o‘ylaganday emas . Men qanday do‘st bo‘ldimki, do‘stim pulga muhtoj bo‘lib , ostonamga kelgunga qadar bilmaganman. U kelib so‘ramasdan oldin o‘zim borib:
– Do‘stim, biror narsaga muhtojmisan, tortinma, ayt, – deb so‘rashim kerak edi. G‘aflatda qolganimga achinib yig‘layapman.
📨Boshqalarga ham yuboring!
✍️ @Tilsimli_Hayot
👍9👏4❤🔥1🥰1
#Xayrli_kun
Hayotingizdagi navbatdagi hikoya qanday tugashini oldindan bila olmaysiz, yoki, uni sizga hech kim aniq ayta olmaydi. Shuning uchun hozir yashang. Hayotning har bir lahzasini qadrlang.

👍8❤🔥1🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabassumli_haqiqat
✍️ @Tilsimli_Hayot
Eng katta motivatsiya: Chorasizlik ichidan chora topishdir. Chora esa ichingizdadir...
✍️ @Tilsimli_Hayot
👏13👍3🥰2😁2
Eridan ko‘p shikoyat qiladigan bir tanishimni ko‘chada uchratib qoldim. Meni ko‘rishi bilanoq doimgidek yana arzi-holini boshladi.
Unga aytdim:
Uyingda o‘tiribsan, halizamon bolalaring maktab-bog‘chalaridan qaytishadi. Ovqat qilishing kerak. Aksiga olib muzlatgichda go‘sht ham, tuxum ham qolmagan. Havo sovuq. Bolalarning esa qorni och. To‘rt-besh soatni amallab o‘tkazdilaring. Endi sovuq va ochlik azob berishni boshladi. Kamiga elektr ham o‘chib qolgan. Kichiging qorni ochib, yig‘ini qo‘yib yubordi. Plastigingda esa pul tugaganiga ancha bo‘ldi. Nima qilishni bilmay ko‘chaga chiqding. O‘ziga to‘qroq qo‘shningdan 50 ming so‘m qarz so‘rash uchun. Yuzingni suvi yetti tomib kirding qo‘shninikiga. Rad javobini olarkan, yer yorilsa-yu, kirib ketish fikri ham o‘tdi birrov xayolingdan.
Shu payt ko‘chaning boshida yashaydigan boshqa bir qo‘shnining qorasi ko‘rindi.
Bolalaring ko‘pligini, sovuq kunda qiynalib qolganingni yuz ifodangdan payqadimi, sen bilan so‘rashdi-da, uyiga kirib ketdi. Sen ham ming iztirob bilan, quruq qo‘l bilan uyingga qaytding.
Oradan 10 daqiqacha vaqt o‘tib, eshik taqilladi. Ochib qarasang, haligi qo‘shni ayol. Qo‘lida betiga ikkita non yopilgan bir lagan palov va plastik kartochka. "Assalomu alaykum qo‘shni, meni siznikiga erim jo‘natdilar, sovuqning kunida bolalar bilan qiynalib qolgan ko‘rinasiz, mana buni oling, kamingizga ishlatarsiz" dedi-da, olmayman deyishingga ham qaramay, besh yuz ming so‘m solingan plastikni tashlab chiqib ketdi.
Oradan hech qancha o‘tmay, ular boshqa joyga ko‘chib ketishdi. Bir yildan keyin u ayol va uning erini, ularning senga qilgan yaxshiligini esingdan chiqarasanmi?
- Yo‘q- dedi, tanishim.
- O‘n yildan keyinchi?
- Yo‘q, ularning qilgan yaxshiligini umrimning oxirigacha unutmayman!
- Qo‘shningni bir lagan oshini unutmaysan, lekin eringning seni va bolalaringni to‘ydirishini sendan olgan qarzini qaytargani kabi bepisand qabul qilasan.
Xato-kamchiliklari bo‘lsa ham, ta’minotlaringni qilishi uni sevishingga, hurmatini joyiga qo‘yishingga yetarli emasmi? Nega ular ko‘zingga ko‘rinmaydi?
jim bo‘lib qoldi...
Ha, biz boshqalar yaxshilik qilsa, ulardan minnatdor bo‘lamiz, lekin erimizning bizga qilganlarini u buni qilishga majbur deb bilamiz. Qiladi-da, vazifasi deymiz. Qadriga yetmaymiz...
Ne’matning qadriga yetishimiz, ahamiyatini his qilishimiz uchun undan mosuvo bo‘lishimiz shartmi?
✍️ @Tilsimli_Hayot - Hayot o‘rgatadi, lekin biz tezroq!

💯6👍3❤🔥1👏1