Riyo, sum’a va ujbning bir-biridan farqi
Riyo – bir amalni odamlar seni ko‘rishlari va seni maqtashlari uchun qilishingdir.
Sum’a – solih amaling haqida odamlarni xabardor qilishingdir.
Ujb – riyo qilmasang, sum’a qilmasangda, bir solih amaling bilan o‘zingni boshqa birodarlaringdan yaxshi deb hisoblashingdir.
Ularning bari solih amalni qadrsizlantiradi, hatto uni yo‘qqa chiqaradi. Ularning baridan Alloh taolo ixlos bilan ofiyat beradi. Ofiyat berganining alomati esa ularning birontasiga tushishdan xavfsirashingdir.
Izoh: Hofiz ibn Hajar: “Riyo bu – odamlar ko‘rishlari va sohibini maqtashlari uchun toatni oshkor qilmoqdir”, dedi. Imom G‘azzoliy esa riyoni: “yaxshi xislatlarni ko‘rsatish orqali odamlar qalbidan o‘rin olish”, deydi. Hasan Basriy rahimahulloh: “Riyoning asl-mohiyati maqtovni yaxshi ko‘rishdir”, dedi.

Har bir insonning hayotida muhim oʻrin tutadigan narsa bor. Buni nima ekanligini bilasizmi?
Bu nikohdir. Toʻgʻri tanlangan turmush oʻrtoq sizga ikki dunyo saodatini olib kelishi mumkin.
Ammo koʻpchilik nikohga yuzaki qaraydi, bir kunlik toʻy uchun yillar davomida yigʻgan mol-davlatini sarflab yuboradi va katta qarzga botib qoladi. Baʼzilar esa yoshlikdagi hislarga aldanib, oʻziga mos boʻlmagan kishi bilan turmush qurib qoʻyadi va buning badalini hayoti davomida toʻlaydi.
Avvalo, har bir yosh turmush qurishdan oldin oʻziga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarini bilib olishi kerak. Bu vazifa va majburiyatlarni yoshlarga ota-onalar yoshligidan bosqichma-bosqich tushuntirib borishi kerak.

#ayyom_muborak
✨ Hayotingizning yana bir kunini oʻzining oʻzgacha tarovati bilan bezagan qutlugʻ Juma ayyomi muborak boʻlsin!
☝️ Salovot aytishni unutmang:
📿 Allohuma solli a'la sayyidina Muhammad!

👉 @TohirAbdulloh — sahifamizga obuna boʻling!

Nikoh haqida qirq hadis
1-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Hoy yigitlar jamoasi! Sizlardan kim oila harajatlariga qodir bo‘lsa uylansin. Chunki oila ko‘zni tiyuvchi, farjni (zinodan) saqlovchi (omil)dir. Kim qodir bo‘lmasa, unga ro‘za tutish lozimdir. Chunki ro‘za shahvatni sindiruvchidir”. Buxoriy va Muslim rivoyat qilganlar.
2-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Ayol kishini to‘rt xislati uchun nikohga olinadi: moli uchun; hasabi (ota—bobolarining obro‘si va maqtovga loyiq xislatlari) uchun; jamoli uchun; dini uchun. Sen dindorini tanlagin, qo‘ling qurigur”. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.
3-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Halollab olgan ayollaringizning haqlariga rioya qilmoq vafo qilishingiz kerak bo‘lgan shartlar ichida (zarur) haqlirog‘idir”. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.
4-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kishi musulmon birodarining (sovchiligi) ustiga sovchi qo‘ymasin. Hatto u uylanishi va yo tark etishigacha (sabr qilsin)”. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.
5-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Dunyoning bor-budi foydalanadigan matohlardir. Dunyo matohlari ichida eng yaxshisi soliha ayoldir”. Muslim rivoyat qilgan.
6-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Ayol kishi qovurg‘adan yaratilgandir, hech sizning yo‘lingizga to‘g‘rilanmaydi. Agar undan foydalanmoqchi bo‘lsangiz uning qiyshiq holida foydalanasiz, Agar uni to‘g‘rilamoqchi bo‘lsangiz, sindirib qo‘yasiz. Uning sinishi taloq bo‘lishidir”. Muslim va Termiziy rivoyat qilgan.
7-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Qiyomat kuni Allohning huzurida eng yomon joyni egallagan kishi shunday kishidirki, xotini bilan jinsiy munosabatda bo‘lib, so‘ngra uning sirini (boshqalarga) yoyadi”. Muslim rivoyat qilgan.
8-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Bir dinorni Alloh yo‘lida sarfladingiz; bir dinorni qul ozod qilish uchun sarfladingiz; bir dinorni biror miskinga sadaqa qildingiz; bir dinorni ahli-oilangizga sarf qildingiz; shularning ichida eng ajri ulug‘i ahli-oilangizga sarf etilganidir”. Muslim rivoyat qilgan.
9-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Sizlardan kimki biror ayolga sovchi qo‘ysa, nikohni amalga oshishiga undovchi biror narsa(a’zosi)ni ko‘rib olishga qodir bo‘lsa, ko‘rib olsin”. Abu Dovud rivoyat qilgan.
10-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Mehrli, farzand tug‘adigan ayollarga uylaninglar, chunki men sizlarning boshqa ummatlardan ko‘pligingiz sababli faxrlanaman”. Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilgan.
11-HADIS
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Agar sizlarga dini va xulqiga rozi bo‘lar darajada(gi solih) kishi sovchi qo‘ysa, unga (qizlaringni) turmushga bering. Agar unday qilmasalaring, yer yuzida fitna va keng fasod bo‘ladi”. Termiziy rivoyat qilgan.
12-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Bu nikohni (oshkora) e’lon qilinglar va (e’loni komil bo‘lishi uchun) masjidlarda amalga oshiringlar, nikohda do‘mbira chalinglar”. Termiziy rivoyat qilgan.
Izoh: Masjidda nikoh qilish mumkin biroq, do‘mbirani masjidda chalinmaydi. Faqihlarning izohlashicha, hadislarda aytilgan do‘mbiradan shaqildoqlari yo‘q do‘mbiralar ko‘zda tutilgan.
13-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “To‘rt (xislat) payg‘ambarlarning sunnatlaridandir: hayo; atir sepish; misvak ishlatish; nikoh”. Termiziy rivoyat qilgan.
14-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Uch toifa kishilar Allohdan yordam olishga haqlidir: o‘zini qullikdan ozod qilaman deb harakatda bo‘lgan mukotab; zinodan saqlanish niyati ila, poklikni xohlab nikohlanmoqchi bo‘lganlar; Alloh yo‘lida g‘azotga chiqqanlar”. Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar rivoyat qilgan.
15-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Go‘zal xulqli mo‘minlar iymoni komillardir. Sizlarning yaxshirog‘ingiz xotinlariga yaxshilik qiluvchilaringizdir”. Termiziy, ibn Hibbon rivoyat qilgan.
Davomi pastda.....👇👇👇

16-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “(Erkak va ayol orasidagi) halol va haromlikni (nikohdagi e’lon uchun bo‘lgan) tovush va do‘mbira ajratdi”. Imom Ahmad, Termiziy va ibn Mojalar rivoyat qilgan.
17-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Mo‘min kishi taqvodan keyin soliha ayoldan ham yaxshiroq ne’matga ega bo‘lolmadi. Soliha ayolga eri buyruq qilsa itoat qiladi; nazar qilib boqsa ko‘zni quvnatib shod etadi; unga bog‘liq qasam ichsa erning qasamini buzdirmaydi; er uyda yo‘qligida o‘zi va erining boyligiga qo‘riqchi bo‘ladi”. Ibn Moja rivoyat qilgan.
18-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Nutfa (urug‘)laring uchun (ayollarni) tanlanglar, mos kelganlari bilan oila quringlar va (qizlaringni) ularga turmushga beringlar”. Ibn Moja, Hokim, Bayhaqiylar rivoyat qilishgan.
19-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Ikki kishining nikoh ishida shafoatchilik qilishingiz eng afzal shafoatlardandir”. Ibn Moja rivoyat qilgan.
20-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: O‘zlaringga bokira qizlarni lozim tuting, chunki ular shirinso‘z, serfarzand va ozginaga xo‘p deb ko‘nuvchi bo‘ladilar. Ibn Moja rivoyat qilgan.
21-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Bir-birini yaxshi ko‘rgan (yigit va qiz) ikkisi uchun (oradagi muhabbatni ziyoda qilishda) nikohga teng keladigan (boshqa narsa)ni topa olmaysiz”. Ibn Moja va Hokim rivoyat qilgan.
22-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Ayollarni go‘zalligi uchun uylanmang, ularning husni o‘zlarini qulatishi mumkin. Mol-dunyosi uchun ham uylanmang, mol-dunyosi ularni tug‘yoonga ketgizishi mumkin. Va lekin dinini deb uylaninglar. Albatta, kelishmagan beso‘naqay qora tanli dindor ayol (diyonati yo‘qlardan) afzaldir”. Ibn Moja rivoyat qilgan.
23-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Oltita narsaga kafolat beringlar, men sizlarga jannat kafolatini beraman: Gapirsalaring rost so‘zlanglar; va’dani ustidan chiqinglar; omonatni ado qilinglar; zinodan saqlaninglar; ko‘zlaringni tiyinglar; qo‘llaringni (haromdan) tortinglar”. Ahmad, ibn Hibbon rivoyat qilgan.
24-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Oila quringlar, chunki men sizlarning ko‘pligingiz bilan ummatlarga maqtanaman. Nasoro rohiblariga o‘xshamanglar”. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
25-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kim mening fitratim (xulqim, tabiatim)ni yaxshi ko‘rsa, mening sunnatlarimga odatlansin. Va nikoh albatta mening sunnatimdandir”. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
26-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Agar banda oila qursa, bas, dinining yarmini to‘ldiribdi. Qolgan yarmini to‘ldirish uchun Allohga taqvo qilsin”. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
27-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Nikohning eng barakalisi chiqimi yengilrog‘idir”. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
28-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kim agar tili, qorni, farjining yomonligidan tiyila olsa, unga jannat vojib bo‘ladi”. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
29-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kimki biror ayolga uning azizligi, obro‘ va sharafi uchun uylansa, Alloh unga xorlikni ko‘paytirib qo‘yadi. Kimki ayolning mol-dunyosi uchun uylansa, Alloh unga qashshoqlikni ko‘paytirib qo‘yadi. Kimki ayolning ota-bobolaridagi shon-sharaf tufayli uylansa, Alloh unga pastkashlikni ko‘paytirib beradi. Kimki ko‘zini haromdan tiyish uchun, zinodan saqlanish uchun, qarindosh-urug‘likni tiklash uchun uylansa, Alloh ayolni eriga, erni ayoliga barakali qilib qo‘yadi”. Tobaroniy rivoyat qilgan.

30-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Uylaninglar, taloq qilmangalar. Chunki, Alloh taolo mazaxo‘rak er va mazaxo‘rak ayollarni yaxshi ko‘rmaydi”. Tobaroniy rivoyat qilgan.
Izoh: Hadis matnidagi “zavvoqin” so‘zini “mazaxo‘rak” deb tarjima qilindi. Bundan shahvoniy istak ila uylanib, hirsi qongach ajrashib ketadiganlar ko‘zda tutilgan.
31-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “To‘rt narsa borki, ular kimga berilgan bo‘lsa, bas, unga dunyo va oxirat yaxshiligi berilibdi: shukr qiluvchi qalb; zikr qiluvchi til; baloga sabr qiluvchi badan; erining joni va molida (xiyonat bilan) nojo‘ya ish qilishni istamaydigan xotin”. Tobaroniy rivoyat qilgan.
32-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Uylanishga qodir bo‘la turib uylanmaganlar mendan emasdir”. Tobaroniy rivoyat qilgan.
33-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Birinchi farzandning qiz bo‘lishi xotinning barakasidandir”. Ibn Asokir rivoyat qilgan.
34-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Nutfa (urug‘)laring uchun (ayollarni) tanlanglar. Chunki ayollar o‘z aka-uka va opa-singillariga o‘xshash (farzand) tug‘adilar”. Ibn Adiy va ibn Asokir rivoyat qilgan.
35-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Xotin olinglar, chunki ular boylik keltiradi”. Bazzor va Xatib Bag‘dodiy rivoyat qilganlar.
36-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Ikki asrdan keyin sizlarning eng yaxshingiz xotinini haydab solishga shoshmaydiganlaringizdir”. Xatib Bag‘dodiy rivoyat qilgan.
37-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kimgaki Alloh soliha ayol bergan bo‘lsa, bas, uning yarim dinini isloh qilishga Alloh ko‘maklashibdi. Endi, keyingi yarmini islohi uchun Allohga taqvo qilsin”. Hokim rivoyat qilgan.
38-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “To‘rtta narsa saodatdandir: soliha ayol; keng maskan; yaxshi qo‘shni; yoqimli ulov. To‘rtta narsa baxtsizlikdandir: yomon qo‘shni; yomon xotin; yoqimsiz ulov; tor maskan”. Ibn Hibbon rivoyat qilgan.
39-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kim to‘rt narsadan saqlana olsa jannatga kiradi: qon (to‘kish); mol(ni nohaq yeyish); farj (zino); (harom) ichimliklar;”. Bazzor rivoyat qilgan.
40-HADIS.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Oila quringlar, taloq qilmanglar. Chunki taloq tufayli Arsh larzaga keladi”. Ibn Adiy rivoyat qilgan.

“Hurmatli oylarda zulm qilish — boshqa vaqtlardagi zulmdan ham og‘irroq gunoh va javobgarlikdir. Zulm har qanday holatda ham ulkan gunohdir, biroq Alloh O‘zi istagan narsani (vaqtni, holatni) ulug‘laydi.”
— Qatoda rahimahulloh
quyida Qatoda rahimahullohning so‘zlariga kengroq sharhi
⸻
Matn:
“Hurmatli oylarda zulm qilish — boshqa vaqtlardagi zulmdan ham og‘irroq gunoh va javobgarlikdir. Zulm har qanday holatda ham ulkan gunohdir, biroq Alloh O‘zi istagan narsani ulug‘laydi.”
⸻
Sharh:
1. “Hurmatli oylar” (الأشهر الحرم) — Zulqa’da, Zulhijja, Muharram va Rajab oylaridir. Bu oylar Qur’onda ulug‘langan va Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham ularga ehtirom qilishga buyurganlar. Ushbu oylarda har qanday gunoh, xususan zulm, Allohning nazdida yanada og‘irroq hisoblanadi.
2. Zulm — har qanday paytda ham katta gunoh. Birovga nohaq ziyon yetkazish, haqini yemoq, insonni haqidan mahrum qilish — bularning barchasi zulm hisoblanadi. Lekin, hurmatli oylarda zulm qilish — bu ikki karra gunoh:
• Birinchisi: zulmning o‘zi gunoh
• Ikkinchisi: ulug‘ oyda qilingani uchun Allohning ehtiromini poymol qilish
3. Alloh O‘zi istagan narsani ulug‘laydi. Bu jumladan tushuniladi: Alloh ba’zi zamonlarni (masalan, Ramazon, hurmatli oylar), joylarni (masalan, Madina, Makka), yoki insonlarni (payg‘ambarlar, solihlar) ulug‘lagan. Demak, bizning vazifamiz — Alloh ulug‘lagan narsani ulug‘lash va unga hurmat bilan muomala qilishdir.
⸻
Xulosa:
Bu so‘z bizga shuni o‘rgatadi: gunohndan har doim ham ehtiyot bo‘lish kerak, ayniqsa Alloh ulug‘lagan paytlarda. Bu paytlarda yaxshiliklarni ko‘paytirish, gunohlardan qaytish va Allohdan mag‘firat so‘rash lozim.
Obidxon Sobitxon Abdulhamid

"Nikoh" lug‘atda qo‘shilish, jamlanish, yaqinlashish ma’nolarini anglatadi.
Shariatda esa, nikoh bir bog‘lanish bo‘lib, u tufayli ikki bog‘lanuvchiga bir biridan shar’iy asosda qasddan huzurlanishni halol qilishdir. Hanafiy mazhabining ta’rifida esa, nikoh bir bog‘lanish bo‘lib, u tufayli qasddan huzurlanish, ya’ni, er kishining nikohida shar’iy mone’ bo‘lmagan ayol kishidan huzur olishini halol qilishdir.
Ta’rifdagi «ayol» so‘zi ila ayol kishidan boshqa bilan nikoh bog‘lanishi mumkin emasligi, ya’ni, nikoh bog‘lanishi faqat bir erkak va bir ayol orasida bo‘lishi mumkinligi kelib chiqadi.
«Nikohida shar’iy mone’ bo‘lmagan» deganidan shariat nikohini harom qilgan ayolni nikohlab bo‘lmasligi chiqadi. Misol uchun, butparast ayolga, mahram – yaqin qarindosh ayolga uylanib bo‘lmaydi.
Nikohning shariatga kiritilishiga dalil Qur’on, Sunnat va Ijmo’ orqali sobit bo‘lgan. Alloh taolo: «Bas, o‘zingiz xush ko‘rgan ayollardan ikki, uch, to‘rtini nikohlab oling. Agar adolat qila olmaslikdan qo‘rqsangiz, bittani», degan (Niso surasi. 3 oyat).
Alloh taolo ushbu oyati karimada mo‘min musulmon bandalarga pok yo‘l bilan nikohda bo‘lishni amr etmoqda. Shu bilan birga ikki, uch yoki to‘rtta xotin olish uchun ularning orasida adolatli bo‘lishni shart qilib qo‘ymoqda. Kim, adolatli bo‘la olmaslikdan qo‘rqsa, bittaga uylanishi kerakligi uqtirilmoqda. Bu nikohga bo‘lgan kuchli targ‘ibdir.
Alloh taolo yana: «Va o‘zingizdan oilasizlarni va qul va cho‘rilaringizdan solihlarini nikohlab qo‘ying, agar faqir bo‘lsalar, Alloh O‘z fazlidan ularni boy qilur. Alloh keng va o‘ta bilimdon zotdir», degan (Nur surasi. 32 oyat).
Ushbu oyati karimadagi xitob ota-ona, xoja va musulmon ishboshilarga qaratilgandir. Ularga o‘z qaramog‘idagi o‘g‘il-qizlari, qulu cho‘rilari va yordamga muhtoj yoru birodarlarini nikohli bo‘lib yurishlarini ta’minlash amr etilmoqda. Musulmon shaxs faqat o‘zi nikohda bo‘lishi bilan kifoyalanib qolmay, boshqa musulmon shaxslarni ham nikohli bo‘lishlari uchun hissa qo‘shishlari lozimligini shundan olingan.
Shuning uchun ham, musulmonlar doimo oilasiz yurgan erkak va ayollarga nikohli bo‘lishni targ‘ib qiladilar.
Shuning uchun ham, musulmonlar o‘g‘il-qizlarini, yaqin kishilarini uylab-joylab qo‘yish uchun butun imkoniyatlarini ishga soladilar.
Shuning uchun ham, musulmonlar nikoh ishida qiylanib qolgan din qardoshlariga doimo qo‘lidan kelgan yordamlarini beradilar.
Oyati karimada qul va cho‘rilarini ham nikohlab qo‘yish haqida so‘z ketayotgani alohida e’tiborga sazovordir. Qul va cho‘rilar odam o‘rinida ko‘rilmay turgan bir davrlarda Qur’oni Karim ularni uyli-joyli qilib qo‘yish haqida musulmonlarga farmon berishi Islom dini qul va cho‘rilarning har tomonlama yonlarini olishga harakat qilganini ko‘rsatadi. Nikoh masalasi, o‘ta nozik masala ekanini ko‘rsatadi.
Ushbu oyati karimada faqir-fuqaro bo‘lish, kambag‘allik nikohdan qochishga sabab bo‘lmasligi kerakligi haqida ishora ham kelmoqda. Binobarin, ba’zi kishilarning «qo‘li kaltalik»ni bahona qilib nikoh ishini ortga surishlari musulmonchilik odoblariga to‘g‘ri kelmasligi kelib chiqadi.
Darhaqiqat, o‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, ko‘pchilik avvallari beparvo bo‘lib yurgan bo‘lsa ham, oilalik bo‘lganidan keyin jiddiylashib, harakatga tushib, iqtisodiy ahvollari ham yaxshilanib ketganini ko‘ramiz.
Alloh taolo yana: «Va batahqiq, sendan oldin ham Rasullar yuborganmiz va ularga jufti halollar va zurriyotlar berganmiz», degan.
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob bo‘layotgan ushbu oyatda Alloh taolo oilali bo‘lish, uylanish va zurriyotli bo‘lish barcha Payg‘ambar alayhissalomlarning sunnatlari ekanligi bayon qilinmoqda.
Ma’lumki, Payg‘ambar alayhissalomlar Alloh taoloning eng suyukli, tanlab olgan, boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatgan bandalaridir. Ular insoniyat tarixi davomida ilohiy qonun-qoidalar asosida yashashni kishilarga o‘rgatib kelgan shaxslardir. Ana o‘shandoq oliy maqom zotlarning hammalarining oilali va zurrriyotli bo‘lishlari bejiz emas. Bu barcha insonlar oilali bo‘lishlari, zurriyot qoldirishga urunishlari kerak ekanligini ko‘rsatadi.
Davomi...👇

Bu oyatda ham nikohga qattiq targ‘ib borligini ko‘rib turibmiz.
Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Ey, yoshlar jamoasi, sizdan kim nikohga qodir bo‘lsa, uylansin. Albatta, u ko‘zni to‘suvchi va farjni saqlovchidir. Kim qodir bo‘lmasa, ro‘zani lozim tutsin, bu uning uchun bichilishdir», deganlarini eshitdim».
Ushbu hadisdagi «nikohga qodir bo‘lsa», deb tarjima qilingan ibora arabchada «bo’a» deyilib, moddiy, ma’naviy va jismoniy jihatdan nikohga qodirlik ma’nosini anglatadi.
Demak, shu ma’nodagi qudratga ega bo‘lgan har bir musulmon shaxs uyli-joyli, oilali bo‘lishga harakat qilmog‘i lozim bo‘ladi. Agar nikohga moddiy jihatidanmi, ma’naviy jihatidanmi qudrati yetmagan, sarf-xarajatni ko‘tara olmaydigan yoki uylansa, umr yo‘ldoshga zulm qilishdan o‘zini to‘xtata olmaydigan yoshlar bo‘lsa, ro‘za tutmoqlari kerak.
Shu yo‘l bilan ular shahvat qo‘zilishini bosadilar. Chunki ro‘za tufayli kishining shahvati pasayib xuddi bichilgan kishiga o‘xshab boshqa jinsga shahvat bilan qaramay o‘zi aqd paytida hozir bo‘lsa, uning o‘zi aqdni bevosita egasi bo‘ladi va vakil va valiy guvoh bo‘lishlari imkoni tug‘iladi.
"Kifoya" kitobidan

Nikoh odoblari
Ulamoi kiromlarning birortasi nikoh sunnat amal ekaniga ixtilof etmaydi, balki unga targ‘ib etadi. Nikohning fazilati va foydalari ko‘p. Ulardan biri farzand ko‘rishdir. Zero, nikohdan maqsad nasl qoldirishdir. Naslni davom ettirishda Allohga muhabbat va bu yo‘lda harakat etish kabi foydalar mavjud. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek, farzandli bo‘lishda qiyomat kunida ummatlarni ko‘paytirish niyat qilinadi. Bu bilan u zotning muhabbatlari topiladi. Bundan tashqari, solih farzandlar duosi bilan savob olish va kichik yoshdagi farzandning vafot topishi bilan shafoatga erishish mumkin bo‘ladi.
Nikohning foydalari quyidagilardir:
- jismoniy quvvatdan hosil bo‘lgan shahvat urug‘ini halollikka ishlatib, shayton vasvasasidan omon bo‘ladi;
- insonning ruhi xotini bilan birga bo‘lganda uns – ulfat topadi;
- uy yumushlaridan qalbi forig‘ topadi, xotin taom pishirish, supurib-sidirish, o‘rin-ko‘rpalarni solib-yig‘ish, idish-tovoqlarni yuvib tozalash va boshqa shu kabi yashash uchun zarur sharoitlarni o‘z zimmasiga oladi. Inson bir o‘zi buncha ko‘p ishlarni uddalay olmaydi. Agar bu yumushlarni o‘z zimmasiga oladigan bo‘lsa, aksari vaqtini zoye etadi. Ilm olish va ishlash uchun forig‘ bo‘la olmaydi. Soliha ayol bu borada dinga yordamchidir. Bu dunyo ikir-chikirlarining ko‘pligi va xilma-xilligi qalbni doimo band etadi;
- oilasi va ahli-ayolining huquqlarini himoya etish, ularga bosh bo‘lish va rioya etish bilan hayotiy kurash olib borish, xotinlarning injiqligiga sabr etish, ulardan bo‘ladigan turli jafo va aziyatlarga chidash, xotinlarni yo‘lga boshlash, ular uchun rizq topish yo‘lida halol kasb etish va farzandlar tarbiyasiga mashg‘ul bo‘lish.
Oilasiga g‘amxo‘rlik qilish, ularga bosh bo‘lish va ularning rioyasida bo‘lish amallarining fazilati ulug‘dir.
Xotin haqqini ado etishda noqislik va kamchiliklardan qo‘rqqan kishi uylanishdan ehtiyot bo‘ladi. Ahli ayollarning zahmat va qiyinchiliklariga bardosh berish – Alloh taolo yo‘lida jihod etish barobarida bo‘ladi.
Imom Muslimning mufrad hadislarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: «Alloh yo‘lida bir dinor ehson etding, qo‘l ostingdagilarga bir dinor sarf etding, miskinga bir dinor sadaqa qilding, ahli ayolingga bir dinor xarj qilding. Shularning ichida eng afzali o‘z ahli ayolingga qilingan nafaqadir».
Uylanishda bir necha ofatlar ham bor:
1) Bu ofatlar ichida eng kuchlisi halol rizq topishdan ojiz bo‘lishdir. Chunki bu qiyin ish. Erkaklarning qo‘li ko‘pincha o‘ziniki bo‘lmagan narsalarga cho‘ziladi. Alloh taolo Qur’oni karimda xabar berib aytadi: «Nikoh (uchun lozim mablag‘) topa olmaydigan kishilar to Alloh ularni o‘z fazli bilan boyitguncha o‘zlarini (haromdan, zinokorlikdan) pok tutsinlar!» (Nur surasi, 33-oyat).
2) Xotinlar huquqlarini ado etishda ojiz bo‘lish. Ularning yomon xulqlari va aziyatlariga sabr eta olmaslik. Bunda katta xavf bor. Zero, erkak qo‘l ostidagilardan mas’uldir.
3) Ahli ayoli va bolalari kishini Alloh taolo zikridan mashg‘ul etishi. Kecha va kunduzlarini ular bilan mashg‘ul bo‘lib o‘tkazish, natijada qalb oxirat va uning yo‘lida amal etish to‘g‘risida o‘ylamay qo‘yishi.
Ana shular nikohning foyda va ofatlaridir. Endi biror kishining uylanish yoki uylanmasligining foyda va zararlari hukmiga kelsak, bu ish yuqoridagilarni o‘z ichiga olgan majmua asosida bo‘ladi. Har bir murid o‘zini ana shu holatlarga solib ko‘rib, o‘zida nikohning ofatlari topilmay, foydalari jam bo‘lgan bo‘lsa, halol mol-dunyosi, chiroyli odob-axloqi bo‘lsa, buning ustiga yosh yigit bo‘lib, mayl-shahvatni bostirishga muhtoj bo‘lsa, yakka bo‘lib, uy-joy tadbirlarini ko‘rishga muhtoj bo‘lsa, bundaylarga uylanish afzaldir. Agar buning aksi bo‘lsa, u kishi nikohni tark etadi.
Yaxshi muosharat uchun ayolda e’tiborga olinadigan tomonlar:
Davomi pastda....👇

1) Ayolning dindor bo‘lishi. U asl sabablardan bo‘lib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu xususda bunday deb marhamat qildilar: «Dini bor ayolga uylaning». Bu Imom Buxoriy va Muslim rivoyat etgan hadisning bir juz’idir. Agar ayol dinda bo‘lmasa, erining dinini fasod etadi va er hurmatini mukammal ado eta olmaydi. Agar ayol g‘ayrlik ko‘chasiga kirsa, er-xotin hayoti balo va ofat ostida qolib, baxt-saodatdan mahrum bo‘ladi.
2) Chiroyli odob-axloqda bo‘lishi. Zero, badxulqlilikning zarari uning foydasidan ko‘ra ko‘proqdir.
3) Go‘zal bo‘lishi. Go‘zallik matlubdir. Chunki bu bilan erning pok bo‘lishi vujudga keladi. Shuning uchun ham nikohdan oldin mahbubaga, ya’ni uylanmoqchi bo‘lgan ayolga qarashga amr etilgan. Ammo ba’zi odamlar chiroyga uncha ham ahamiyat bermagan. Boshqacha qilib aytganda, nikohda go‘zallikdan baxramand bo‘lishni qasd etmaganlar. Chunonchi, Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh g‘ilay xotinni singlisidan afzal deb ixtiyor etgan ekanlar. Ammo bunday holatlar juda kam uchraydi, chunki insonning tabiati bunga qarama-qarshidir.
4) Mahrning yengil bo‘lishi. Shayx Said ibn Musayyab o‘z qizlarini ikki dirham mahrga turmushga berganlari ma’lum. Umar roziyallohu anhu aytdilar: «Ayollar mahrida juda baland bo‘lmangizlar». Shu kabi xotinlar tomonidan ham mahrni ko‘p talab qilish makruh ko‘rilgan. Erkak tomonidan xotinning mol-dunyosini surishtirish ham makruhdir. Imom Savriy aytadilar: «Agar uylanayotgan erkak: «Xotinning qancha mol-dunyosi bor ekan?» deb so‘rasa, bilingki, u o‘g‘ri».
5) Nikohlanayotgan ayol qiz bo‘lishi shariat tavsiya etadi. Chunki qiz erini sevadi, juvon ayolga qaraganda eriga ko‘proq el bo‘ladi va ko‘ngil qo‘yadi. Ular o‘rtasida muhabbat paydo bo‘ladi, negaki inson tabiati birinchi bo‘lib sinashta bo‘lgan bilan tezroq ulfatlashadi, er ham unga nisbatan mehrini ziyoda qiladi. Chunki inson tabiati o‘zidan boshqa odam uni ushlagan yoki u bilan birga hayot kechirganini bilsa, ko‘nikishi qiyin bo‘ladi (ya’ni, uylanadigan ayoli faqat uniki bo‘layotganini bilsa, xotirjam bo‘ladi).
6) Tug‘ishga qodir bo‘lishi. Qiz bolaning tug‘ish yoki tug‘masligini bilish qiyin, ammo uning yaqin qarindoshlari farzandli bo‘lsa, u ham tug‘ishi mumkin.
7) Nasabli bo‘lish, ya’ni dinli va solih oiladan bo‘lishi.
8) Qarindosh bo‘lmasligi. Shu kabi er ham xotin haqida shularga qaraydi. Xotinning valiysi erkakning dini, axloqi va ahvollariga qaraydi, chunki qizi nikoh bilan go‘yo unga cho‘ri bo‘ladi, ya’ni erning ixtiyoriga o‘tadi. Qachonki, er fosiq yoki bid’atchi bo‘lsa, qiziga va o‘ziga zulm etgan bo‘ladi.
Bir kishi Imom Hasan Basriydan so‘radi: «Qizimni kimga erga berayin?» Imom javob berdilar: "Allohdan qo‘rqqanga ber. Agar u qizingni sevsa, hurmat qiladi, agar yomon ko‘rib qolsa, unga zulm etmaydi".