Telegram Web Link
#Ijara

Joriy yilning 12-oktabr sanasida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi T. G‘oyibov,Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari H. Otamuratov hamda fakultet tyutori D. Masharipovlar Telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi 932-24-guruh talabasi Ernafasov Jaloliddin Odilbekovichning ijara xonadonida bo‘lishdi.

O'rganish ishlari davomida xonadonning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida talabaga gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek, xavfsizlik va gigiyena qoidalariga to‘liq amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.


@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌚2👍1👏1🐳1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺📺 📺📺

Iqtidorli qizlarimiz – "Assalom, Xorazm!" ko‘rsatuvida!

"11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining iqtidorli, izlanuvchan va faol talaba-qizlari Xorazm telekanalining "Assalom, Xorazm!" ko‘rsatuvida mehmon bo‘lishdi.

🗣Dastur davomida qizlarimiz mamlakatimizda ayol-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, yaratilayotgan qulay sharoit va keng imkoniyatlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Shuningdek, universitetda Xalqaro qizlar kunini munosib nishonlash, iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar xususida ham so‘z yuritildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥21
#ICPC
#YandexContest

ICPC 2025–2026: Universitet ichki saralash bosqichiga start berildi

Joriy yilning 13-oktabr sanasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti tashabbusi bilan fakultet talabalari oʻrtasida ICPC 2025–2026 xalqaro dasturlash musobaqasining ichki saralash bosqichiga start berildi.

Musobaqaning ushbu bosqichi fakultet iqtidorli talabalarini aniqlash va ularni keyingi — mintaqaviy bosqichga tayyorlash maqsadida tashkil etildi.


🟠Saralash natijalariga koʻra, eng yaxshi natija ko‘rsatgan talabalar asosida rasmiy ICPC jamoalari shakllantirilib, mintaqaviy bosqichga tayyorgarlik ishlari boshlab yuboriladi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥1👍1🐳1
#suhbat

🔺Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kompyuter injiniring fakultetin tyutorlari S. Otajanova va T. Dusmetova tomonidan “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat davomida  Vatan tuyg‘usining inson hayotidagi o‘rni, yurt ravnaqi yo‘lida yoshlarning mas’uliyati hamda O‘zbekistonning taraqqiyoti , vatanparvarlik, milliy g‘urur va yurtga sadoqat tuyg‘usini yuksaltirishga oid fikr-mulohazalarini bildirishdi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳1
#milliylik

🎗 Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari H.Otamuratov va fakultet tyutorlari N.Yakubova, M.Djumaniyazova va D.Masharipovlar tomonidan “Yoshlarning milliy qadriyatlarga munosabati” mavzusida suhbat tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida milliy qadriyatlarimizning xalqimiz hayotidagi o‘rni, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy urf-odatlarni asrab-avaylash, ularni yoshlar ongiga singdirish, milliy g‘urur va iftixorni mustahkamlash va insoniylik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqidagi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21😁1🐳1
#Ijara

Bugun,Kompyuter injiniring fakulteti tyutori S.Otajanova 1-kurs talabalarning ijara xonadonida bo'lib, xonadonning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko'zdan kechirdi, o'rganish davomida talabaga gaz va elektr jihozlaridan to'g'ri foydalanish, xavfsizlik va gigiyena qoidalariga to'liq amal qilish to'g`risida tavsiyalar berdi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁1🐳1
#ICPC
#YandexContest

ICPC 2025–2026: Universitet ichki saralash bosqichiga start berildi

😁Joriy yilning 13-oktabr sanasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti tashabbusi bilan fakultet talabalari oʻrtasida "ICPC 2025–2026" xalqaro dasturlash musobaqasining ichki saralash bosqichiga start berildi.

Musobaqaning ushbu bosqichi fakultet iqtidorli talabalarini aniqlash va ularni keyingi — mintaqaviy bosqichga tayyorlash maqsadida tashkil etildi.


🟠Saralash natijalariga koʻra, eng yaxshi natija ko‘rsatgan talabalar asosida rasmiy ICPC jamoalari shakllantirilib, mintaqaviy bosqichga tayyorgarlik ishlari boshlab yuboriladi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🐳1
2025/10/27 05:07:46
Back to Top
HTML Embed Code: