Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Milliylik

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kompyuter injiniring fakulteti  talabala qizlari ishtirokida milliylikni targ‘ib etuvchi “Milliy chellenj” tashkil etildi.

👍Milliy liboslar orqali nafaqat o‘zligimizni, balki ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan yuksak did, estetik qarash va milliy qadriyatlarni ham namoyon etamiz.


@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥21🐳1🌚1
#FVB_

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati FVB tomonidan talabalar va ishchi-xizmatchilar ishtirokida yong‘in, zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarda harakat qilish borasida o‘quv-amaliy mashg'ulotlar o‘tkazildi.

Unda Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti tyutori D.Masharipov o'ziga biriktirilgan talabalari bilan o'quv mashg'ulotida faol ishtirok etishdi.

Amaliy mashg'ulot davomida talaba yoshlar favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilishlari hamda jarohat olgan bemorlarga birinchi yordam ko'rsatish bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishdi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1🐳1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

🇺🇿 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urgancha Davlat Univesiteti 9-son TTJ pedagog-tarbiyachisi M.Bobodjonova tomonidan 21-oktabr Ona tilimizning 36-yilligi munoasabati bilan TTJ da o'tkazilgan tadbirda "Dasturiy injiniring" fakulteti iqtidorli talabasi Ataboyeva Nilufar Davronbek qizi “Qadring baland bo‘lsin, O‘zbek tilim!” mavzusida o'zining ovozli-audio va videoroligini talaba yoshlarga namoyish qildi.

Ushbu videorolik orqali talabalar ona tilimiz – O‘zbek tilining milliy g‘ururimiz, ma’naviyatimiz va mustaqilligimiz timsoli ekanligini chuqur ifoda etishdi.
Ona tili — bu xalqning qalbi, tarixiy xotirasi va ma’naviy boyligidir. Uni asrab-avaylash, sof holda saqlash va kelajak avlodga yetkazish barchamizning burchimizdir.


Videorolikda talaba-yoshlar O‘zbek tilining boyligi, go‘zalligi va jozibasini o‘z ijodlari orqali tarannum etishdi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳1
#Yoshlar_Akademiyasi
#Yosh_Liderlar

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Yoshlar akademiyasi o‘z faoliyatini boshladi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Yoshlar akademiyasi o‘z faoliyatini  davom ettirmoqda. Akademiya liderlari universitetning barcha fakultetlarida uchrashuvlar o‘tkazib, akademiyaning maqsad va vazifalari, shuningdek, unga a’zolikning afzalliklari haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdilar.

Uchrashuvlar davomida Yoshlar akademiyasining yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni ilmiy, ijodiy va ijtimoiy faoliyatga jalb etish, shuningdek, iqtidorli talabalarga ko‘maklashish yo‘nalishidagi imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.


🟠Agar siz ham Urganch davlat universiteti Yoshlar akademiyasi a’zosi bo‘lishni xohlasangiz, quyidagi rasmiy Telegram kanal orqali yangiliklar va e’lonlardan xabardor bo‘lib boring:  Yoshlar akademiyasi

💬@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1🐳1
#Teatr

🎭 Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti 9-son Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi M.Bobojonova
TTJ talabalari bilan Xorazm viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurdilar.

Mazkur tashrif davomida talabalar Turkmanistonlik san’atkorlar tomonidan taqdim etilgan boy madaniy dastur – milliy kuy va qo‘shiqlar, raqslar hamda sahna ko‘rinishlarini tomosha qildilar.

Ushbu tadbir talabalarda estetik didni shakllantirish, madaniy merosga hurmat ruhini kuchaytirish hamda qo‘shni xalq san’atiga bo‘lgan qiziqishni oshirishga yordam beradi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳1
#tanishing

✔️Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Yoshlar yetakchilari

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/23 07:14:44
Back to Top
HTML Embed Code: