Telegram Web Link
#TTJ

Joriy yilning 8-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Telekommunikatsiya texnologiyalari va kompyuter injiniring fakultetiga qarashli 9-sonli talabalar turar joyi ga Talabalar shaharchasi direktori K. Ibodullayev tashrif buyurdi.

➡️Tashrif davomida  talabalar turar joyidagi “Besh tashabbus” xonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. U yerda tashkil etilgan sport, kitobxonlik, kompyuter texnologiyalari, san’at hamda hunarmandchilik yo‘nalishlaridagi xonalarning jihozlanish darajasi, ularning talabalar uchun yaratgan imkoniyatlari bilan batafsil tanishdi.

🟡Shuningdek,  TTJda yashayotgan talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning yashash va ta’lim olish sharoitlari, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish imkoniyatlari hamda muammolari haqida so‘radi. U talabalar uchun yaratilgan qulay yashash muhiti, tozalik, tartib-intizom hamda madaniy-ma’naviy tadbirlar bilan ham qiziqdi.


✒️Tashrif so‘ngida TTJ jamoasi faoliyatini ijobiy baholab, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish va “Besh tashabbus” loyihasi doirasida yangi g‘oyalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1😁1🐳1
#davra_suhbati

✔️Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kompyuter injiniring fakultetida “11-oktabr – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan talaba qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Urganch shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi Sh. Ibodullayeva, Urganch shahar IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori Z. Tillabayeva, “Kamolot” MFY xotin-qizlar faoli I. Bobojonova, shuningdek, fakultet tyutorlari va talaba qizlar ishtirok etishdi.


Davra suhbatida xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, yosh avlodni ijtimoiy faollikka chorlovchi mavzular muhokama qilindi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🐳1
#ijara

Bugun Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari H. Otamuratov hamda fakultet tyutori D. Masharipovlar AKT sohasida kasb ta’limi yo‘nalishi 921-23-guruhi talabasi Xajiyev Diyorbek Abdukarim o‘g‘li va Dasturiy injiniring yo‘nalishi 252-DI-guruhi talabasi Sobirboyev Shavkat Jo‘rabek o‘g‘lining ijara xonadonida bo‘lishdi.

➡️Tashrif davomida xonadonning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida talabaga gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek xavfsizlik hamda gigiyena qoidalariga to‘liq amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏1😁1🐳1
#Ijara_Kuz_qish_mavsumi

2025-yil 9-oktabr sanasida Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari H. Otamuratov hamda fakultet tyutori D. Masharipovlar Urganch shahri, Ulug‘bek ko‘chasi, 14A-uy, 12-xonadonida istiqomat qiluvchi Dasturiy injiniring yo‘nalishi 254-DI-guruhi talabasi Rajabov Ollabergan Alimardon o‘g‘lining ijara xonadonida bo‘lishdi.

Tashrif davomida xonadonning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida talabaga gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, xavfsizlik va gigiyena qoidalariga to‘liq amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁1🐳1
#ijara

2025-yil 9-oktabr kuni Urganch davlat universiteti Kompyuter injiniring fakulteti tyutori Yusupov Zafarbek Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi, kichik serjant T. Raximov bilan hamkorlikda Urganch shahri Kamolot MFY, Islomobod ko‘chasi, 75-uy manzilida ijarada yashovchi talaba Quramboyeva Mushtariyning yashash sharoiti bilan tanishdi.

Tashrif davomida xonadonning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi hamda zaruriy maslahat va tavsiyalar berildi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1😁1🐳1
#ijara

Bugun, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kompyuter injiniring fakulteti tyutori Otajanova Sayyora 1-YoQQ qutqaruvchisi O.Rozzoqov bilan hamkorlikda Urganch shahar Oq ariklar MFY Yangi Xorazm ko’cha 152-uy 30-xonadonda ijarada yashovchi talaba J.Ramatov, Ro’zmatov hamda Shomuratov Shoxruxlar yashash sharoiti bilan tanishilib, xonadonlarning kuz- qish mavsumiga tayyorgarliklari oʻrganildi va kerakli maslahatlar berildi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳1
#forum

Bugun,Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat  universitetida “11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan "Sening tashabbusing - sening kelajaging uchun" shiori ostida  forum bo'lib o'tdi.

🔸Forumda Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti tyutorlari  N.Yakubova va M.Djumaniyozova o'zlariga biriktirilgan talaba qizlari bilan birgalikda quyidagi naminatsiyalar bo'yicha faol ishtirok etishdi:
🟣Eng yaxshi kitobxon talaba-qiz;
🟣Eng yaxshi dizayner talaba-qiz;                                          
🟣Eng yaxshi sportchi talaba-qiz;
🟣Talaba-qizlaridan tashkil topgan eng yaxshi "Zakovat" klubi;                                                         
🟣Eng yaxshi hunarmand  talaba-qiz;
🟣Yurtimizda ayol-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar to'g'risida eng yaxshi videorolik;                                     
🟣Eng yaxshi innovatsion loyiha egasi;

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🐳1
2025/10/28 13:23:49
Back to Top
HTML Embed Code: