Telegram Web Link
#Forum
#Xalqaro_qizlar_kuni

UrDUda “Xalqaro qizlar kuni” – ezgulik va ilhom bayrami sifatida nishonlandi


🌷Bugun, 10-oktabr sanasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostida “Xalqaro qizlar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Kompyuter injiniring fakulteti tyutori Dusmetova Tamara ham o'ziga biriktirilgan talaba-qizlari bilan faol ishtirok etdi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1😍1🐳1
#forum

“11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan forum davom etmoqda.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti tyutori N. Yakubova talaba qizlar bilan birgalikda mazkur forumda faol ishtirok etishmoqda.

🔺Tadbir doirasida o‘tkazilgan turli nominatsiyalar bo‘yicha fakultet talabalari munosib ishtirok etishdi:

➡️“Eng yaxshi dizayner talaba-qiz” nominatsiyasida — Qurbanbayeva Asaloy;

➡️“Eng yaxshi hunarmand talaba-qiz” nominatsiyasida — Saliyeva Ruxsora;

Ular o‘zlarining qo‘l mehnati bilan tayyorlagan hunarmandchilik mahsulotlari, tikkan milliy liboslari va dizaynerlik ishlari bilan ko‘rgazmada ishtirok etib, barchaga o‘z ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🐳1
#suhbat

Bugun, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kompyuter injiniring fakulteti tyutori S. Otajanova Kompyuter injiniring fakulteti talabalari bilan birgalikda “Kitobga mehr – ma’naviyatga, ma’rifatga mehrdir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

🔺Suhbat davomida Kitob insonning eng yaqin do‘sti, bilim va ma’naviyat manbai ekanligi, u bizni o‘ylashga, izlanishga, to‘g‘ri yo‘lni topishga undashi, zero, kitobga mehr qo‘ygan inson ma’rifatga, ma’naviyatga mehr qo‘yganligi, har bir xalqning madaniyati, tarixi, tafakkuri kitoblarda mujassam bo’lganligi, Kitob o‘qigan inson dunyoni kengroq ko‘rishi, hayotga boshqacha nigoh bilan qarashi,  shuning uchun ham buyuk ajdodlarimiz: “Kitob – eng sodiq do‘stdir”, deganlaridey, bugungi kunda yoshlar orasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish juda muhimligi, chunki telefon va internet olamida inson oson yo‘llar bilan vaqtini o‘tkazib qo‘yishi mumkinligi, ammo kitob insonni fikrlashga o‘rgatishi, tafakkurni charxlashi, nutqni boyitishi to’g’risida gapirib o’tdi.


@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳1
#InnoWeek_2025
#YoshlarAkademiyasi

“InnoWeek–2025” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Yoshlar akademiyasining navbatdagi Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov, shuningdek, Nobel mukofoti laureati Rik Leymans ishtirok etdilar.

Mazkur nufuzli tadbirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniring fakulteti talabalari Yoshlar akademiyasi liderlari ham faol ishtirok etishdi.

Assambleya davomida oliy ta’lim muassasalari va hududlarda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan takliflar, tashabbuslar hamda yangi g‘oyalar muhokama qilindi.

Shu bilan birga,Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniring fakulteti
talabalari"InnoWeek-2025 :Chegarasiz g'oyalar" haftaligida doirasidagi loyihalarda faol ishtirok etishmoqda.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🐳2
#Mohir_qo'llar

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniring fakultetlariga qarashli 9-sonli talabalar turar joyida “Besh tashabbus” loyihasi doirasida pedagog-tarbiyachi M. Bobojonova tomonidan “Mohir qo‘llar” to‘garagi tashkil etildi.

🔺Mazkur to‘garak orqali talabalar o‘zlarining ijodkorlik va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳1
2025/10/24 10:54:03
Back to Top
HTML Embed Code: