Telegram Web Link
#InnoWeek_2025
#YoshlarAkademiyasi

“InnoWeek–2025” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Yoshlar akademiyasining navbatdagi Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov, shuningdek, Nobel mukofoti laureati Rik Leymans ishtirok etdilar.

Mazkur nufuzli tadbirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniring fakulteti talabalari Yoshlar akademiyasi liderlari ham faol ishtirok etishdi.

Assambleya davomida oliy ta’lim muassasalari va hududlarda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan takliflar, tashabbuslar hamda yangi g‘oyalar muhokama qilindi.

Shu bilan birga,Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniring fakulteti
talabalari"InnoWeek-2025 :Chegarasiz g'oyalar" haftaligida doirasidagi loyihalarda faol ishtirok etishmoqda.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🐳2
#Mohir_qo'llar

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniring fakultetlariga qarashli 9-sonli talabalar turar joyida “Besh tashabbus” loyihasi doirasida pedagog-tarbiyachi M. Bobojonova tomonidan “Mohir qo‘llar” to‘garagi tashkil etildi.

🔺Mazkur to‘garak orqali talabalar o‘zlarining ijodkorlik va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳1
🟦🟦🟦🟦🟦

"11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti tyutorlari N.Yakubova va M.Djumaniyozova tashabbusi bilan talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

🟧Unda “Jambul” va “Ma’rifat” mahallalarining xotin-qizlar faollari N. Klicheva va U. Jumaniyozova ishtirok etib, talaba-qizlarga mahalla tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ijtimoiy hayotda faol bo‘lish hamda to‘garaklar, tanlovlar va sport tadbirlarida faol ishtirok etish zarurligi haqida foydali ma'lumotlar berdi.

🟠Tadbir qizlarimizga ruhiy madad va motivatsiya bag‘ishladi, shuningdek, jamiyatda ayollar o‘rnining naqadar muhimligini yana bir bor ta’kidladi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🐳1
#Ijara

Bugun Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi T. G‘oyibov, Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari H. Otamuratov hamda fakultet tyutori D. Masharipov Kamolot mahallasi, Kamolot ko‘chasi 1-yo‘lak 21A-uyda istiqomat qiluvchi Dasturiy injiniring yo‘nalishi 942-24-guruhi talabasi Qo‘ziyev Og‘abek Erkinboy o‘g‘lining ijara xonadonida bo‘lishdi.

O'rganish  ishlari xonadonning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi. Talabaga gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek, xavfsizlik va gigiyena qoidalariga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2🐳2
#ICPC #CompetitiveProgramming #YandexContest #CP

🎓ICPC 2025–2026: Universitet ichki saralash musobaqasi

📌Hurmatli talabalar va dasturlash ishqibozlari!

Universitetimizda xalqaro ICPC 2025–2026 musobaqasining ichki saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tanlov orqali ICPC mintaqaviy bosqichida ishtirok etuvchi talabalar aniqlanadi.


⌛️Sana: 2025-yil 13-oktabr
Boshlanish vaqti: 10:30
📍Joy: 2-zal (E-hukumat binosi)
💻Platforma: Yandex.Contest

📌Ro‘yxatdan o‘tish havolasi bu yerda.

Muhim ma’lumotlar:

⚫️Musobaqa individual va oflayn shaklda o‘tkaziladi.
⚫️Ishtirokchilar musobaqa boshlanishidan kamida 10 daqiqa oldin yetib kelishlari so‘raladi.
⚫️Ishtirokchilar o‘z noutbuklarini olib kelishlari mumkin.
⚫️Musobaqada qatnashgan talabalar shu kuni darslardan ozod etiladi.


🏆Musobaqa yakunida saralangan talabalar asosida rasmiy ICPC jamoalari shakllantirilib, mintaqaviy bosqichga tayyorgarlik ishlari boshlanadi.

📣Barchani faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
Bu sizning xalqaro darajadagi dasturchilar safidan joy olishingiz uchun ajoyib imkoniyat!


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1🎉1🐳1
#TTJ
#sport

Bugun, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti tyutori D.Masharipov hamda Dasturiy injiniring kafedrasi o'qituvchisi B.Bobojonov tomonidan talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida 9-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan “Beshta muhim tashabbus” loyihasi doirasida "Sport soglik garovi" shiori ostida sportning shaxmat va shashka turlari boyicha musobaqa o`yinlari tashkillashtirildi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1😁1🐳1
#Ijara

Joriy yilning 12-oktabr sanasida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi T. G‘oyibov,Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari H. Otamuratov hamda fakultet tyutori D. Masharipovlar Telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi 932-24-guruh talabasi Ernafasov Jaloliddin Odilbekovichning ijara xonadonida bo‘lishdi.

O'rganish ishlari davomida xonadonning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida talabaga gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek, xavfsizlik va gigiyena qoidalariga to‘liq amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.


@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌚2👍1👏1🐳1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺📺 📺📺

Iqtidorli qizlarimiz – "Assalom, Xorazm!" ko‘rsatuvida!

"11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining iqtidorli, izlanuvchan va faol talaba-qizlari Xorazm telekanalining "Assalom, Xorazm!" ko‘rsatuvida mehmon bo‘lishdi.

🗣Dastur davomida qizlarimiz mamlakatimizda ayol-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, yaratilayotgan qulay sharoit va keng imkoniyatlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Shuningdek, universitetda Xalqaro qizlar kunini munosib nishonlash, iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar xususida ham so‘z yuritildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥21
2025/10/25 10:43:38
Back to Top
HTML Embed Code: