Telegram Web Link
#tadbir

Bugun, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti tyutori N.Yakubova 1-bosqich talaba yoshlarga “Ichki va tashqi tahdidlar hamda havf-xatarlarga qarshi samarali kurashish” mavzusida tadbir tashkil qildi.

Tadbir davomida tahdid tushunchasi, tahdidlarning turlari (tabiiy va sun'iy turlari) axborot xavfsizligi sohasida tahdidlar, maxsus kanallarga bo'ladigan xavf-xatarlar va shu bilan birga global internet tarmog‘ining foydali tomonlari bilan birga, salbiy jihatlaridan ham ko‘z yumib bo‘lmaydigan tamonlari, mamlakatimiz yoshlarini virtual olamdagi xurujlardan himoya qilish dolzarb vazifaga aylanmoqda ekanligi xaqida tushunchalar berib o'tdi.


@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🐳1
#suhbat

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti tyutori D.Masharipov tomonidan “Davlat tili — milliy ma’naviyatimiz timsoli” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni, uning milliy qadriyatlarimizni ifoda etishdagi ahamiyati hamda yoshlarning ona tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari zarurligi haqida so‘z yuritildi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏1🐳1
#tadbir

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kompyuter injiniring fakultetida “Axborot xavfsizligi” kafedrasi mudiri T.Xudayberganov hamda fakultet tyutorlari T.Dusmetova va Y.Karriboyev tomonidan “Ichki va tashqi tahdidlar hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga axborot xavfsizligi sohasidagi dolzarb masalalar, tahdid turlari va ularga qarshi samarali chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar ham taqdim etildi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳1
📢 E’LON! 🟦🟦🟦

Ertaga, 17-oktabr kuni, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Al Xorazmiy 110 (eski TATU ) binosida
“Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Startap loyihalar ” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tadi. 💡

🕓 Vaqti: soat 11:50
📍 Zal 1

Mazkur seminar-treningda talabalarga korrupsiyaga qarshi kurashishning innovatsion yechimlari, shaffoflikni ta’minlashda texnologiyaning o‘rni hamda startap g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari haqida mutaxassislar tomonidan ma'lumotlar beriladi. 💬

Barchani faol ishtirok etishga taklif etamiz!

@urdu_yoshlar_akademiyasi
🤔31🔥1🐳1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

⚡️TalabaExpo–2025 Xorazm

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlashga qaratilgan “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, «O‘zmilliybank» AJ, Savdo-sanoat palatasi, Xorazm viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida o‘tkazildi.


↗️ Tadbirda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasasi talabalari va bitiruvchilari – jami 10 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Ular uchun 130 dan ziyod yirik ish beruvchi tashkilotlar tomonidan 1300 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi.

#KelajakkaQadam #TalabaEkspo2025 #Xorazm #bandlik

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳1
#uchrashuv

Bugun Kompyuter injiniring fakultet tyutorlari S. Otajanova va T. Dusmetova tomonidan talaba yoshlar ishtirokida “Jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga mafkuraviy immunitet tushunchasi, uning jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarni turli yot g‘oyalardan, zararli axborotlardan himoya qilish, ularning dunyoqarashini sog‘lom asosda shakllantirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.


@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳1
#ilmiy_stajirovka

🟦🟦🟦

AQShda stajirovka o‘tash uchun hujjatlar qabuli muddati uzaytirildi
!

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan yosh olimlarni stajirovkaga yuborish bo‘yicha e’lon qilingan maqsadli tanlovga 2025-yilning 15-noyabriga qadar (shu kuni ham 23:55gacha) hujjat topshirish mumkin.

Hujjatlar “internship.ilmiy.uz” – xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

🌐G‘oliblar AQShning Texas universitetida 6 oylik stajirovka o‘taydilar!

❗️Boshqa elektron manzil (edo.ijro.uz, exat, Agentlik va Vazirliklarning rasmiy elektron pochta manzillari va xk.) va/yoki Agentlik mas’ul xodimlarining rasmiy elektron pochta manzillari orqali kelib tushgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.


☎️ Ma’lumot uchun: +99871 203 32 23 (541)

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳1
2025/10/21 11:15:16
Back to Top
HTML Embed Code: