Telegram Web Link
#kibersport

Kibersport musobaqasi — “Dekan kubogi”

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kompyuter injiniring fakultetida kibersportning CS 1.6 turi bo‘yicha “Dekan kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa davomida talaba-yoshlar o‘z mahoratlarini namoyon etishdi, jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Yakunda quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:

🥇 1-o‘rin — “NAVI” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “PRIDE” jamoasi
🥉 3-o‘rin — “Iron Nation” jamoasi

Mazkur musobaqa talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, jamoaviy hamkorlik va texnik tafakkurni rivojlantirishga xizmat qildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1😁1🐳1
#sport

2025-yil 31-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining 9-sonli talabalar turar joyida Kompyuter injiniring fakulteti tyutori Z. Abdukarimov tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli xil sport musobaqalari o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zaro kuch sinashib, jamoaviy hamda shaxsiy yo‘nalishlarda faol ishtirok etishdi. Mazkur musobaqalar talabalarning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jismoniy faolligini kuchaytirish hamda do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1😁1🤔1🐳1
#Juma_oqshomi

2025-yil 31-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kompyuter injiniring fakulteti tyutorlari R.Siddikov  va B.Aminov  tomonidan 7-8-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalarga juma oqshomining ma’naviy ahamiyati, ezgulikka undovchi g‘oyalar hamda sog‘lom hayot tarziga oid tavsiyalar berildi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳1
#TTJ

2025-yil 31-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining 9-sonli talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari H. Otamuratov hamda tarbiyachi-pedagog M. Bobojonova tashabbusi bilan “Besh tashabbus” loyihasi doirasida turli yo‘nalishlarda tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir davomida “Kitobxonlik” to‘garagi, shuningdek, sportning “Shahmat va Shashka” hamda “Tennis” turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.


Mazkur tadbirlar talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratildi.

@urdu_fit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳2
2025/11/01 04:45:33
Back to Top
HTML Embed Code: