Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

⚡️TalabaExpo–2025 Xorazm

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlashga qaratilgan “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, «O‘zmilliybank» AJ, Savdo-sanoat palatasi, Xorazm viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida o‘tkazildi.


↗️ Tadbirda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasasi talabalari va bitiruvchilari – jami 10 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Ular uchun 130 dan ziyod yirik ish beruvchi tashkilotlar tomonidan 1300 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi.

#KelajakkaQadam #TalabaEkspo2025 #Xorazm #bandlik

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👏1
#ilmiy_stajirovka

🟦🟦🟦

AQShda stajirovka o‘tash uchun hujjatlar qabuli muddati uzaytirildi
!

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan yosh olimlarni stajirovkaga yuborish bo‘yicha e’lon qilingan maqsadli tanlovga 2025-yilning 15-noyabriga qadar (shu kuni ham 23:55gacha) hujjat topshirish mumkin.

Hujjatlar “internship.ilmiy.uz” – xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

🌐G‘oliblar AQShning Texas universitetida 6 oylik stajirovka o‘taydilar!

❗️Boshqa elektron manzil (edo.ijro.uz, exat, Agentlik va Vazirliklarning rasmiy elektron pochta manzillari va xk.) va/yoki Agentlik mas’ul xodimlarining rasmiy elektron pochta manzillari orqali kelib tushgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.


☎️ Ma’lumot uchun: +99871 203 32 23 (541)

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🇺🇿Sovrin jamg‘armasi 96 million so‘m bo‘lgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!

🏛 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Til bilimdonlari” respublika tanlovini eʼlon qiladi.
🟥Tanlovda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim muassasalari (bakalavr va magistr) talabalari hamda kollej, litsey va texnikum o‘quvchilari @tiluzbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishi mumkin.

Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🔵1-o‘rin – 8 million so‘m;
🔵2-o‘rin – 6 million so‘m;
🔵3-o‘rin – 5 million so‘m;
🔵4-o‘rin – 3 million so‘m;
🔵5-o‘rin – 2 million so‘m;

🗣Shuningdek, hududiy bosqich g‘oliblari ham o‘zi tahsil oladigan oliy talim muassasasi tomonidan mos ravishda 1-o‘rin bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari, 2-o‘rin 3 barobari va 3-o‘rin 2 barobari miqdorida pul yutuqlariga ega bo‘ladi.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Aziz talaba-yoshlar, tanlovda faol ishtirok eting, o‘zbek tili bo‘yicha bilimingizni sinovdan o‘tkazing va g‘oliblar qatoridan joy egallang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🎭 Sahna chiroqlari yoqildi… Endi navbat – sizga!

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi birgalikda “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining 2026-yilgi mavsumini e’lon qiladi.

🗣Festival 4 bosqichda tashkil etiladi:
↪️Birinchi fakultetlararo oliygoh bosqichi;
↪️Ikkinchi hududiy bosqich;
↪️Uchinchi mintaqaviy yarim final bosqichi;
↪️To‘rtinchi Respublika final bosqichi.

➡️ Festival nizomi bilan tanishish

🏆Festival g‘olibi bo‘lgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin – BHMning 190 barobari;
🥈2-o‘rin – BHMning 140 barobari;
🥉3-o‘rin – BHMning 85 barobari;

🎭 Nominatsiyalar bo‘yicha:

➡️“Eng faol oliy ta’lim muassasasi” – BHMning 35 barobari;
➡️“Eng yaxshi erkak roli uchun” – BHMning 25 barobari;
➡️“Eng yaxshi ayol roli uchun” – BHMning 25 barobari;
➡️“Jamoa ijodkor talabasi” – BHMning 20 barobari;
➡️“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” –
BHMning 15 barobarigacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🔹Bundan tashqari 1-o‘rin g‘oliblari uchun xorijiy davlatlardan biriga sayohat ham tashkil etilishi mumkin.

Festivalda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.

🎭 Sahnaga chiqing – yuksaklik sizni kutmoqda!

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#milliylik
#xon_atlas

🇺🇿Milliy liboslar – xalqimizning o‘ziga xosligi va milliy g‘ururini ifodalovchi bebaho boylikdir.

Targ‘ibot tadbirlarida Filologiya va san'at fakulteti talaba-yoshlari faol ishtirok etib, o‘zlarining milliy liboslardagi ko‘rinishlari bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍4🥰2🕊21
🟦🟦🟦🟦🟦

Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘lida muhim tashabbus!


Joriy yilning 17–18-oktyabr kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti hamkorligida "Fan va ishlab chiqarish sohalarida zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullari integrasiyasi" mavzusidagi II Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

🔬Ushbu nufuzli konferensiyada Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti professori M.Jumaniyozov boshchiligida bir guruh professor-o‘qituvchilar ham faol ishtirok etmoqda.

😃 Ushbu ilmiy tadbir kimyoviy texnologiyalar, sanoat chiqindilarini qayta ishlash, innovatsion yondashuvlar va barqaror rivojlanish masalalarida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“TalabaExpo–2025” doirasidagi amaliy uchrashuvlar davom etmoqda


Bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga tayyorlash va ish beruvchilar bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan “TalabaExpo–2025” tadbirlari bugun ham izchil davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti bitiruvchi talabalari “O‘zmilliybank” AJ masʼullari hamrohligida “TILLO DOMOR” xususiy korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida korxona ish boshqaruvchisi Feruzbek Kuranbayev korxonaning ishlab chiqarish jarayoni, mahsulot turlari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yosh mutaxassislarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

⚡️Bitiruvchi talabalar “TILLO DOMOR” xususiy korxonasida...

©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4🔥21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“TalabaExpo–2025” Xorazm: Bitiruvchilar “URGENCH CLUSTER” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan tanishdi

Bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlashga qaratilgan “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi doirasidagi tadbirlari ish beruvchi korxonalarga amaliy tashrif yo‘nalishida davom etmoqda.

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti bitiruvchi talabalarining navbatdagi tashrifi “URGENCH CLUSTER” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirdilar.

Tashrif davomida korxona rahbariyati talabalarga ishlab chiqarish jarayoni, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan sexlar faoliyati hamda korxonada amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, talabalar uchun ishlab chiqarish amaliyoti, stajirovka va kelgusida ishga joylashish imkoniyatlari bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

⚡️Bitiruvchi talabalar “URGENCH CLUSTER” mas’uliyati cheklangan jamiyatida...


©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👏1
2025/10/22 21:41:10
Back to Top
HTML Embed Code: