Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari
⚡️Tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI) joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining 656-son (17.10.2025-y.) qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom va tyutorlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Nizom bilan:
➖tyutorlik faoliyatining maqsad va vazifalari;
➖tyutorlarning huquq va majburiyatlari;
➖tyutorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish hamda tyutorlarga qo‘yiladigan malaka talablari;
➖hamda tyutorlik faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, Chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra oliy ta’lim tashkilotlarida quyidagilar amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, har yili “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

2025-yilda:
➖har bir kurs vakillaridan iborat “Kurs qo‘mitalari” faoliyatini tashkil etish orqali talabalarning muammolari va qiziqishlari doimiy o‘rganiladi;
➖talabalarning bildirgan fikrlari asosida “Muammolarni bartaraf etish dasturi” ishlab chiqiladi;
➖talabalar uchun maxsus ijtimoiy platforma va mobil ilovalar yaratiladi;
➖medialaboratoriyalar faoliyati tashkil etiladi;
➖“Yetakchi va faol talabalar maktabi” tashkil etiladi;
➖“Bir ziyoli — 10 talabaga ma’naviy ustoz” tizimi joriy etiladi;
➖musiqa va raqs ansambllari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
➖2025/2026-o‘quv yili davomida “O‘zbekiston Qahramonlari” darslari tashkil etiladi
2026-yilda:🟢 “Amir Temur vorislari” sport ko‘rik-tanlovini o‘tkazish nizomi ishlab chiqiladi🟢 har bir hududdagi bitta OTMda “Harbiy sport maydonchalari” tashkil etiladi;🟢 tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash indikatorlari ishlab chiqilib, reyting tizimi joriy etiladi;🟢 eng yuqori reytingga ega tyutorlarni rag‘batlantirish, eng past ko‘rsatkichli tyutorlarga jazo choralarini qo‘llash mexanizmi joriy etiladi;🟢 eng samarali faoliyat yuritgan tyutorlar xorijga tajriba almashish uchun yuboriladi;🟢 tyutorlar faoliyatini monitoring qilish imkoniyatini beruvchi raqamli platforma yaratiladi.
Bundan tashqari, har yili “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3🎉1
#Profilaktik_tadbir
🧯Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati FVB tomonidan talabalar va ishchi-xizmatchilar ishtirokida yong‘in, zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarda harakat qilish borasida o‘quv-amaliy mashg'ulotlar o‘tkazildi.
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube

🔥5
#ilmiy_amaliy_anjuman
✏️ O‘zbek tili – millat tafakkuri va taraqqiyot mezoni
🟢 Bugun, 21-oktabr kuni, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti yangi Axborot-resurs markazining konferensiyalar zalida Filologiya va sanʼat fakulteti tashabbusi bilan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbek tilining millat tafakkuri va davlat taraqqiyotidagi o‘rni hamda rivojlanish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
🟢 Anjuman avvalida Urganch davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Z.Ibragimov hamda Filologiya va sanʼat fakulteti dekani D.G‘ayipovlar so‘zga chiqib, ona tilimizning xalq birligi va milliy tafakkurdagi beqiyos ahamiyatini alohida ta’kidlashdi.
🟢 Anjumanda filologiya fanlari doktorlari, professorlar D.G‘ayipov, A.Primov, D.Yuldashev, Sh.Noroboyeva, shuningdek, filologiya fanlari nomzodi, dotsentlar Sh.Aqmanova, Sh.Alimova, X.Boymurotova, shuningdek, o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchilar D.Sultonova va M.Atabayevalar ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
🟢 Ma’ruzachilar o‘zbek tilining milliy tafakkur, madaniyat, ilm-fan va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, til siyosatining istiqbollari, shevashunoslik, leksikologiya, onomastika, lingvokulturologiya kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida atroflicha fikr bildirishdi.
🟢 Anjuman davomida o‘zbek tilining rivojlanish bosqichlari, zamonaviy davrda tilni boyitish yo‘nalishlari va milliy o‘zligimizni ifodalovchi omil sifatidagi roli atroflicha yoritildi.
🟢 Bu ilmiy uchrashuv — o‘zbek tili nafaqat aloqa vositasi, balki xalq tafakkuri, ma’naviy merosi va davlat taraqqiyotining asosiy omili ekanini yana bir bor tasdiqladi.

❤3🔥2👍1