Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OʻZIMIZNIKI

Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti  talabasi hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasi Xorazm viloyat kengashining “Ko’mak” targ’ibot guruhi a’zosi Nilufar Husinova partiyaning “O‘zimizniki” aksiyasi doirasida o'tkazilgan videoroliklar tanlovida faxrli 1 - o'rinni qo'lga kiritdi.

👉 Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Instagram l Facebook l
🔥5👏32🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OʻZIMIZNIKI

Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti  talabasi hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasi Xorazm viloyat kengashining “Ko’mak” targ’ibot guruhi a’zosi Kamron Ilhomov partiyaning “O‘zimizniki” aksiyasi doirasida o'tkazilgan videoroliklar tanlovida faxrli 2 - o'rinni qo'lga kiritdi.


👉 Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Instagram l Facebook l
🔥5👍2
#Work_and_travel

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida "GETWORK" xususiy bandlik agentligining Xorazm viloyati filiali bilan hamkorlikda talaba-yoshlar uchun xorijda amaliyot o‘tash va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda Ijtimoiy-iqtisodiy, Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari, Xorijiy filologiya hamda Texnika fakultetlari talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda "GETWORK" agentligi Xorazm viloyati filiali boshqaruvchisi O. Raximberganov va bosh menejeri M. Ramanov ishtirok etib, talabalarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga:

🟠 "Work and Travel "xalqaro dasturining mazmuni va afzalliklari;

🟠 xorijda ishlash hamda amaliyot o‘tash uchun zarur talablar;

🟠 hujjatlarni tayyorlash tartibi, viza olish jarayoni va dasturda ishtirok etish shartlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.


Mazkur tashabbus talaba-yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, xorijiy tajriba orttirish, madaniy almashinuvda faol ishtirok etish va kelajak karyerasi uchun mustahkam zamin yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏2
#umummilliy_diktant

✍️Bugun, 24-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari hamda Kompyuter injiniring fakultetlarida umummilliy diktant marafoni bo‘lib o‘tdi. Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 308-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Marafonda fakultet dekanlari X.Raximboyev va E.Avezov, dekan o‘rinbosarlari, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.


Diktant jarayonida talabalar imlo, uslub va nutq madaniyati bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ushbu tashabbus yoshlarning ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalanishiga, savodxonligini oshirishga  xizmat qiladi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1👏1🕊1
🤩Talaba o‘qishi zarur bo‘lgan 100 ta kitob!

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida “Talaba o‘qishi zarur bo‘lgan 100 kitob” ro‘yxati tuzildi.

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan asarlar — dunyo va o‘zbek adabiyotining eng sara namunalaridan, shuningdek, shaxsiy rivojlanish, ilm-fan va ma’naviyatni boyitishga xizmat qiluvchi kitoblardan iborat.


📖 Mazkur kitoblarning barchasi universitet Axborot-resurs markazida (ARM) mavjud bo‘lib, talabalar ularni mutolaa qilishi, o‘qish jarayonida va bo‘sh vaqtlarida foydalanishlari mumkin.

Kitoblar ro‘yxati bu yerda ⬅️

Kitoblarning elektron nusxasi bu yerda ⬅️

🤩Kitob — tafakkur quvvati, ilm — yuksalish garovidir!

Keling, barchamiz birgalikda kitobxonlikni hayotimizning ajralmas qismiga aylantiraylik.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🕊1
💙💙💙

URDU TALABALARI DIQQATIGA!

📈 “KRIPTOLOGIYA” FAN OLIMPIADASIga taklif etamiz!

😁Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Axborot xavfsizligi kafedrasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur olimpiada — bilim va tafakkur sinovdan o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyat!

✔️Olimpiada barcha bakalavr va magistratura talabalari ishtirok etish imkoniga ega.

🎯 Eng bilimdon 3 nafar talaba olimpiadaning keyingi bosqichiga yo‘l oladi!

📅Sana: 27-oktabr (soat 10:00), 2025-yil
📍 Joy: Kompyuter injiniring fakulteti, 2-zal
☎️ Qoʼshimcha maʼlumot uchun: +998 91 999 96 60
💡Agar sizni kriptografiya, axborot xavfsizligi va raqamli texnologiyalar qiziqtirsa — bu imkoniyat aynan siz uchun!

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/Wx3Y9Ze4WG3yjv259

Ishtirok eting, bilimda raqobat qiling va g‘oliblar safidan joy oling!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
2025/10/29 07:49:09
Back to Top
HTML Embed Code: