Telegram Web Link
#Ilmiy_amaliy_anjuman

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Zamonaviy va qiyosiy tilshunoslik, chog‘ishtirma adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning ikkinchi kuni o‘z ishini davom ettirdi.

🟠 Anjumanda respublikaning turli oliy ta’lim muassasalari hamda xorijiy mamlakatlardan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Shuningdek, joriy yilning 25-oktabr 4-noyabr kunlari universitetda tashkil etilayotgan “Xitoy tili ta’limi” yo‘nalishida maktabida ishtirok etish uchun Xitoydan tashrif buyurgan Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti dotsenti Wang Xiaomei, ilmiy tadqiqotchi Liu Xinyu hamda bir guruh talabalari ham konferensiyada ishtirok etdi.

Anjumanning sho‘baviy yig‘ilishlarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi:
🔶 “Qiyosiy adabiyotshunoslikning muammolari”;
🔶 “Badiiy-ilmiy adabiyot va madaniyatlararo muloqotda tarjimaning roli”;
🔶 “Til ta’limida lingvodidaktik yondashuvlar”.


Mazkur anjuman tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik sohalarida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va yangi ilmiy g‘oyalarni ilgari surish uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍3🔥1😍1
“Maromiylik” — to‘ylarni tartibga soladi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Mahallalar uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, "Nuroniy" jamg‘armasi birgalikda dabdabali to‘ylar hamda boshqa oilaviy marosimlarni ixchamlashtirishga qaratilgan targ‘ibot kampaniyasini boshlaydi.

Ushbu besh tashkilot tomonidan 90 kunlik chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

*Marom — me’yor.


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
6👍4👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧠🧠🧠🧠

➡️“Zakovat” intellektual o‘yini – bilim va tafakkur sinovi

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakultetida yoshlar yetakchisi Z.Quronboyev tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual o‘yinining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda 6 ta jamoa faol ishtirok etib, g‘oliblik uchun bilim va tafakkur sinovida bahs olib bordi. Bellashuv jarayoni shiddatli, qiziqarli muhitga boy tarzda kechdi.

Tadbir talabalarning fikrlash doirasini kengaytirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda intellektual salohiyatini namoyon etish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏3👍1🕊1
#ehtirom

🇺🇿25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan ehtirom tadbiri

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan e’tirof va minnatdorchilik tadbiri o‘tkazildi. Unda universitet rahbariyati tomonidan ta’lim muassasasida fidokorona xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari — Mavlonbek Bobojonov, Islombek Yuldoshev, Zuhra Allanazarova va Shohista Otajonovalar mamlakatimizda jamoat xavfsizligi, osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi sadoqatli xizmatlari uchun samimiy tabriklandi. Rahbariyat ular faoliyatini yuksak qadrlab, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirdi.

Ushbu ehtirom yurt tinchligi, xalq osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan ichki ishlar tizimi xodimlariga bo‘lgan hurmat va minnatdorchilikning ifodasidir.

🕊Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏64🔥1🎉1🕊1
💜💜💜💛💛💛

🇨🇳 “Xitoy tili ta’limi” yo‘nalishi maktabi bo‘lib o‘tadi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti hamda Xitoyning Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti hamkorligida 2025-yil 25-oktabr – 4-noyabr kunlari “Xitoy tili ta’limi” yo‘nalishi maktabi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📍Mazkur dasturda qatnashish uchun bugun Gansu qishloq xo‘jaligi universitetidan 17 nafar talaba hamda 2 nafar o‘qituvchi Urganch davlat universitetiga yetib kelishdi.

Dastur davomida mehmonlar Xorijiy filologiya fakulteti talabalari bilan birgalikda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishadi, tajriba almashishadi va madaniy muloqotlar olib borishlari ham rejalashtirilgan.


Ushbu maktab ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, o‘zaro ta’lim va madaniyat almashinuvini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🥰3🔥2
2025/10/27 13:29:05
Back to Top
HTML Embed Code: