Telegram Web Link
🟦🟦🟦🟦🟦

Kompyuter injiniring fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda


Bugun, 14-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kompyuter injiniring fakulteti talaba-yoshlari bilan “Ogohlik – davr talabi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Urganch shahar ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori leytenant I.Yo‘ldashev ishtirok etib, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida fikr-mulohazalar bildirdi.

Shuningdek, ushbu fakultetida fakultet psixologi Sh.Madraximova hamda fakultet tyutorlari tomonidan universitet “Odob-axloq kodeksi” mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Unda talabalar bilan universitet ichki tartib-qoidalari, talabalik burchi va mas’uliyati, xulq-atvor madaniyati hamda axloqiy qadriyatlar haqida atroflicha fikr almashildi.

©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
#Tayinlov
#yoshlarakademiyasi

🟦🟦🟦

O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining navbatdagi Assambleyasi “InnoWeek-2025” — “Chegarasiz g‘oyalar” xalqaro innovatsion haftaligi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli tadbirda Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov, shuningdek, Nobel mukofoti laureati Rik Leymans ishtirok etdilar.

Assambleya doirasida ilmiy-innovatsion salohiyatini oshirish, g‘oya va startaplarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar akademiyasining 4 ta yangi Platforma rahbarlari hamda oliy ta’lim muassasalari liderlari tayinlandi.


📌Shu munosabat bilan, Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti talabasi N.Boltayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining “G‘oyalar generatori” platformasi rahbari lavozimiga, Kompyuter injiniring fakulteti talabasi N.G‘anijonova Yoshlar akademiyasining Urganch davlat universiteti bo‘yicha lideri etib tayinlandi.

💐Yoshlar akademiyasining yangi liderlariga faoliyatida ulkan yutuqlar, samarali tashabbuslar va ilm-fan sohasida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥85👏5👍2
#ma’rifat_darsi

Rektor “Kelajak soati” rukni doirasida talabalarga ma‘ruza qildi

Bugun, 14-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Kelajak soati” rukni ostida navbatdagi ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur darsni universitet rektori v.v.b., pedagogika fanlari doktori, professor Sardor Xodjaniyazov olib bordi.

Dars davomida mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat, buning natijasida xalq farovonligini yuksaltirish, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish, ta’lim tizimini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Dars jarayonida talabalarga bugungi globallashuv davrida mustaqil fikrlash, ijtimoiy faollikni oshirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lish, shuningdek, har bir fuqarodan yuksak mas’uliyat va vatanparvarlikni talab etuvchi zamonaviy hayot mezonlari haqida muhim tushunchalar berildi.

“Kelajak soati” rukni ostida o‘tkazilayotgan bunday ma’rifat darslari talabalarning siyosiy ongi va dunyoqarashini kengaytirish, ularda Vatanga sadoqat, fidoyilik va ijtimoiy faollik fazilatlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥2👏21
#ma’rifat_darsi

Fakultetlarda “Kelajak soati” darslari oʼtkazilmoqda

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Filologiya va sanʼat fakulteti hamda Tabiiy va qishloq xoʼjaligi fanlari fakultetida “Maʼrifat darsi” mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Unda Oʻzbek tilshunoslik kafedrasi dotsenti Sh.Alimova tomonidan maʼruza qilindi. Dars davomida sunʼiy intellektning hozirgi zamon taraqqiyotidagi o‘rni, uning ta’lim, fan, tilshunoslik va kundalik hayotdagi ahamiyati haqida gapirildi. Sun’iy intellekt texnologiyalari iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik va boshqa muhim yo‘nalishlarda asosiy vositalardan biriga aylangani haqida so`z yuritildi.

Shuningdek, Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakultetida ham Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini A.Rahimov tomonidan tomonidan “Kelajak soati” rukni ostida “Boqiy shaharlarimiz” mavzusida navbatdagi ma’rifat darsi o‘tkazildi. Unda milliy qadriyatlar, tarixiy meros va boqiy shaharlarimizning tarixiy ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Barcha darslarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarning ta’lim olishiga qaratilgan tashabbuslar haqida talabalarga atroflicha ma’lumotlar berildi.


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2🎉1
Forwarded from Edu.uz
🟦🟦

“Raqamli avlod qizlari” tanlovining kuzgi mavsumi boshlanish arafasida!


Mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

Yashil iqtisodiyot;
Sun’iy intellekt;
Iqlim o‘zgarishi;
Ta’lim.

Tanlovda ikki yosh toifasida — 16-20 va 21-30 yoshlardagi qizlar ishtirok etishlari mumkin. Har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblar alohida aniqlanadi.

✈️ Tanlovda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar chet elga ta‘lim sayohatini qo‘lga kiritishadi.

👉 Tanlovda qatnashish uchun qizlar.raqamliavlod.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

#Digital_Generation_Girls

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2
🌟🌟🌟🌟🌟

Urganch davlat universiteti “TalabaExpo–2025” koʻrgazmasiga mezbonlik qiladi

Joriy yil 16-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti hududida "TalabaExpo–2025" kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va Savdo-sanoat Palatasi.

Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda:
130 ga yaqin korxona va tashkilotlar 1300 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari, shu jumladan, amaliyot va stajirovkalar taqdim etadilar.
Konsultatsiyalar va tadbirkorlik imkoniyatlari mavjud.

Ko’rgazmaning maqsadi — bitiruvchilarni bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir.

↗️Aziz viloyatimiz yoshlari, barchangizni "TalabaExpo–2025" kasb ko‘rgazmasida kutib qolamiz!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
2025/10/26 08:54:11
Back to Top
HTML Embed Code: