Telegram Web Link
#Kelajakka_qadam

“TalabaExpo–2025” doirasida biznes marafon bo‘lib o‘tdi


Bugun, 16-oktyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi doirasida 2025–2026-o‘quv yili bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu tadbir bitiruvchi yoshlarni kasbiy yo‘nalishlash, mehnat bozoridagi real talablar bilan tanishtirish va ularga kelajakdagi faoliyat yo‘lida motivatsiya berish maqsadida o‘tkazildi.

➡️ Seminar-treningda “Kelajakka qadam” markazi bo‘limi boshlig‘i Bexruz Ostonov, “Eco Obi Hayot” MCHJ rahbari Doniyorbek Sobirov, “Dovrug‘” xususiy korxonasi rahbari Dovrug‘ Ro‘zmetov hamda “Tillo Domor” XK ish boshqaruvchisi Feruzbek Kuranbayevlar ishtirok etishdi.
Ular o‘zlarining faoliyat yo‘llari, yutuqlari, duch kelgan qiyinchiliklari va ularni qanday yenggani haqida so‘zlab berishdi.

🟠 Tadbir davomida mehmonlar talabalar bilan ochiq muloqot qilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berishdi. Ayniqsa, startap g‘oya bilan qanday chiqish, biznes-reja tuzish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashdagi muhim bosqichlar haqida amaliy tavsiyalar berildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 🟦🟦 🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🎥 🟦🟦 🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi doirasida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan bitiruvchi talabalarning bandligini ta‘minlashga qaratilgan uchta istiqbolli loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur taqdimotda “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi bo‘lim boshlig‘i Shohzamon Erkinov loyihalar mazmuni, maqsadi va yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassisga murojaat qilishdi va loyihalarda ishtirok etish tartiblari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🎥 🟦🟦 🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“Talaba Expo – 2025” kasb ko‘rgazma yarmarkasi yoshlar diqqatini jalb etgan tadbirlardan biri bo‘ldi


Tadbirlar davomida ilgari surilgan bir qator startap g‘oyalar ko‘rib chiqilib, ularning bir nechtasi “Kelajakka qadam” dasturi doirasida moliyalashtirishga tavsiya etildi. Alohida tanlangan loyihalar uchun moliyaviy qo‘llovlarni nazarda tutuvchi vaucherlar tantanali ravishda topshirildi.


Bu — yoshlar tashabbusiga real turtki, amaliy natija.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
2025/10/23 09:05:15
Back to Top
HTML Embed Code: