Telegram Web Link
#Davlat_tili
#36yil

🇺🇿Til – millat maʼnaviyatining koʻzgusi

Bugun, 20-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va sanʼat fakultetida “21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami” munosabati bilan “Til – millat maʼnaviyatining koʻzgusi” mavzusida bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazildi.

🤩Dastlab fakultetning 2-bosqich O‘zbek tili taʼlim yo‘nalishi talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, f.f.d., professor A. Primov mehmon sifatida ishtirok etib, o‘zbek tilining tarixi, shakllanishi va rivojlanish bosqichlari haqida atroflicha maʼlumot berdi. Shuningdek, til meʼyorlariga rioya etish, nutq madaniyatiga e’tibor qaratish, jamiyatda tilni to‘g‘ri qo‘llashning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.

✍️Shundan so‘ng, fakultet talabalari o‘rtasida “Til – millat maʼnaviyatining koʻzgusi” mavzusida ommaviy diktant tanlovi o‘tkazildi. Talabalar mavzu asosida diktant yozishdi, yozma ishlar esa Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tekshirilib, baholanadi.

Mazkur tadbirlar orqali yoshlarimizda ona tiliga hurmat, savodxonlik madaniyati va til meʼyorlariga eʼtiborli bo‘lish tuyg‘usi yanada mustahkamlandi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
#Oʼzbek_tili
#36yil

🇺🇿Davlat tili – milliy maʼnaviyatimiz timsoli

“21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami” munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida “Davlat tili – milliy maʼnaviyatimiz timsoli” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar ona tilimizning tarixiy ahamiyati, boy ifoda imkoniyatlari hamda milliy o‘zligimizni belgilovchi asosiy omil sifatidagi o‘rni o‘z badiiy chiqishlari orqali namoyish etdilar.

Ishtirokchilar o‘zbek tilining jamiyatdagi nufuzi, uni asrab-avaylash va yoshlar orasida ona tiliga muhabbatni kuchaytirish zarurligi borasida o‘z mulohazalarini bildirdilar.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

🏆UrDU talabasi — O‘zbekiston chempioni!

🎊Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti 241- Erkin kurash guruhi talabasi Quvonchbek Ismoilov yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan U20 O‘zbekiston chempionatida 63 kg vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritdi!

Final bahsida Quvonchbek Ismoilov raqibi Azizbek Barlikbaevni 11:1 hisobida mag‘lub etib, o‘z ustunligini yaqqol namoyon qildi.

Bu g‘alaba — nafaqat sportchimizning fidoyiligi va mehnatsevarligining, balki UrDU sport maktabining yuksak salohiyatining ham yorqin ifodasidir.

🎉Quvonchbek Ismoilovni g‘alaba bilan tabriklaymiz! Kelgusida ham xalqaro arenalarda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishiga ishonamiz!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏64👍3🔥3🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uslubiy_seminar

✔️“How to teach young learners” – ingliz tili o‘qituvchilari uchun foydali seminar

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Masharipova Fazilat tomonidan “How to teach young learners” mavzusida uslubiy seminar tashkil etildi.

Seminarda yosh o‘quvchilarga ingliz tilini samarali o‘qitishning zamonaviy metodlari, interaktiv yondashuvlar hamda ijodiy mashg‘ulotlarning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Tadbir davomida amaliy misollar, o‘yinli mashg‘ulotlar va ilg‘or tajribalar asosida darslarni yanada qiziqarli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🤩 Seminar ishtirokchilari uchun mazkur mashg‘ulot ingliz tilini o‘qitish jarayonida innovatsion usullarni qo‘llashda muhim tajriba bo‘ldi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4😍2
“Talaba Expo – 2025”: ёшлар учун манфаатли лойиҳа

“Ташқи иқтисодий фаолият миллий банки” акциядорлик жамияти, Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ва бошқа ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда ўтказилаётган “Talaba Expo – 2025” лойиҳаси мамлакатимиз ёшларининг орзу ва интилишларини қўллаб-қувватлашга қаратилгани билан аҳамиятлидир. Барча жойларда бўлгани каби Урганч шаҳрида ҳам “Talaba Expo – 2025” кўргазма-ярмаркаси юқори савияда бўлиб ўтди. Унда корхона ва ташкилотлар, иш берувчи тадбиркорлар, талаба-ёшлар иштирок этди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/773358

Телеграм каналларимиз

Facebook
| Instagram | YouTube | X
🔥42
🟦🟦🟦

🌍Yosh notiqlar – so‘z sehrini his etgan talabalar!

Bugun, 20-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakultetida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining navbatdagi bayram soni bo‘lib o‘tdi. Tanlovning mazkur soni “21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami”ga bagʻishlandi.

Tanlovda universitetning 6 nafar iqtidorli talabasi 2 shart asosida o‘z notiqlik mahoratini sinovdan o‘tkazib, so‘zning kuchi va go‘zalligini namoyon etdilar. Har bir chiqish hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholandi va natijalar quyidagicha bo‘ldi:

🥇1-o‘rin: Jovbo‘riyeva Umida (Filologiya va san’at fakulteti);
🥈2-o‘rin: Rahimberganova Zulfiya (Kompyuter injiniring fakulteti);
🥉3-o‘rin: Rustamova Shoxruza (Filologiya va san’at fakulteti).

G‘oliblar Filologiya va san’at fakulteti dekani, f.f.d., professor D.Gʻayipov hamda fakultet professor-oqituvchilari tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰32
2025/10/22 21:04:11
Back to Top
HTML Embed Code: