🇺🇿Ona til – millat faxri, ma’naviyat ko‘zgusi!
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
🟠 Shu jumladan, Fizika-matematika fakultetining 3-kurs Amaliy matematika yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Ona tilim — g‘ururim, faxrim” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Urganch davlat pedagogika instituti litseyi o‘qituvchisi N.Abdullayeva, Urganch transport texnikumi o‘qituvchisi, UrDU magistranti M.Otajonova hamda Xonqa tumanidagi 18-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi, UrDU magistranti R.Suvonovalar ishtirok etib, ona tilining tarixiy ildizlari, boy ifoda imkoniyatlari va ma’naviy qudrati haqida suhbat olib bordilar.
🟠 Shuningdek, Urganch davlat universiteti Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan ham bayramga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda o‘zbek tilining nufuzi, uni asrab-avaylash va yosh avlod qalbida tilga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tadbir doirasida “Ona til – millat faxri” nomli kitob ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, unda o‘zbek tili, adabiyoti va milliy qadriyatlarga oid asarlar namoyish etildi.
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari
⚡️Tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI) joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining 656-son (17.10.2025-y.) qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom va tyutorlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Nizom bilan:
➖tyutorlik faoliyatining maqsad va vazifalari;
➖tyutorlarning huquq va majburiyatlari;
➖tyutorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish hamda tyutorlarga qo‘yiladigan malaka talablari;
➖hamda tyutorlik faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, Chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra oliy ta’lim tashkilotlarida quyidagilar amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, har yili “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

2025-yilda:
➖har bir kurs vakillaridan iborat “Kurs qo‘mitalari” faoliyatini tashkil etish orqali talabalarning muammolari va qiziqishlari doimiy o‘rganiladi;
➖talabalarning bildirgan fikrlari asosida “Muammolarni bartaraf etish dasturi” ishlab chiqiladi;
➖talabalar uchun maxsus ijtimoiy platforma va mobil ilovalar yaratiladi;
➖medialaboratoriyalar faoliyati tashkil etiladi;
➖“Yetakchi va faol talabalar maktabi” tashkil etiladi;
➖“Bir ziyoli — 10 talabaga ma’naviy ustoz” tizimi joriy etiladi;
➖musiqa va raqs ansambllari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
➖2025/2026-o‘quv yili davomida “O‘zbekiston Qahramonlari” darslari tashkil etiladi
2026-yilda:🟢 “Amir Temur vorislari” sport ko‘rik-tanlovini o‘tkazish nizomi ishlab chiqiladi🟢 har bir hududdagi bitta OTMda “Harbiy sport maydonchalari” tashkil etiladi;🟢 tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash indikatorlari ishlab chiqilib, reyting tizimi joriy etiladi;🟢 eng yuqori reytingga ega tyutorlarni rag‘batlantirish, eng past ko‘rsatkichli tyutorlarga jazo choralarini qo‘llash mexanizmi joriy etiladi;🟢 eng samarali faoliyat yuritgan tyutorlar xorijga tajriba almashish uchun yuboriladi;🟢 tyutorlar faoliyatini monitoring qilish imkoniyatini beruvchi raqamli platforma yaratiladi.
Bundan tashqari, har yili “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3🎉1
#Profilaktik_tadbir
🧯Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati FVB tomonidan talabalar va ishchi-xizmatchilar ishtirokida yong‘in, zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarda harakat qilish borasida o‘quv-amaliy mashg'ulotlar o‘tkazildi.

🔥5