Telegram Web Link
📈Talabalarda moliyaviy savodxonlikni oshirish — zamonaviy ta’limning muhim yo‘nalishi!

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish departamenti xodimi B.Farmonov hamda Markaziy bank Xorazm viloyati bosh boshqarmasi vakili S.Abdullayeva mehmon bo‘lishdi.

Tashrif davomida mehmonlar universitetda talabalarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan ishlar bilan tanishdilar. Shuningdek, Markaziy bank tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy ta’lim loyihalarida faol ishtirok etayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularni ongli moliyaviy qarorlar qabul qilish, shaxsiy byudjetni to‘g‘ri boshqarish, iqtisodiy mustaqillikka erishishga o‘rgatish borasida foydali suhbatlar olib borishdi.Tadbir Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti “Biznes va boshqaruv” kafedrasi o‘qituvchisi M.Madraimova tomonidan tashkil etildi.

Tadbir davomida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan “Moliyaviy savodxonlik asoslari” o‘quv qo‘llanmasi Respublika Markaziy bankiga sovg‘a sifatida topshirildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2💯1
🏆🏆🏆

⚽️ “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini-futbol sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada universitetning barcha fakultet jamoalari faol ishtirok etishib, o‘zaro do‘stona raqobat va sport ruhini namoyon etdilar. Bahslar yuqori kayfiyatda, jamoaviy hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitida o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va “Besh muhim tashabbus” g‘oyalarini amaliyotda keng qo‘llashdan iborat.


💪 Sport — yoshlar birligini, sog‘lom raqobatni va g‘alaba ruhini tarbiyalaydi!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BRIFING

💡Energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish usullari toʻgʻrisida brifing

🎙Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida energiya tejamkorligi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Texnika fakulteti Elektrotexnika va energetika kafedrasi oʻqituvchisi Zafar Radjapov ishtirokida brifing.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31👍1
Forwarded from Edu.uz
#Dual_ta’lim

Urganch davlat universitetida — ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi


😁 Urganch davlat universitetida zamonaviy dual ta’lim tizimi asosida dars jarayonlari tashkil etilmoqda. Endilikda talabalarga nafaqat nazariy bilim, balki real ishlab chiqarish muhiti orqali amaliy tajriba ham berilmoqda.

2025/2026-o‘quv yilidan boshlab “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari” kafedrasi filiali O‘zbekiston to‘qimachilik va yengil sanoatining yetakchi korxonalaridan biri — “Urganch Bahmal” MChJ bazasida faoliyatini boshlagan edi.

Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/5253

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dual_ta’lim

Urganch davlat universitetida — ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi (+video)


📎2025/2026-o‘quv yilidan boshlab “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari” kafedrasi filiali O‘zbekiston to‘qimachilik va yengil sanoatining yetakchi korxonalaridan biri — “Urganch Bahmal” MChJ bazasida faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31
🤩“Kitob o‘qish marafoni” doirasida — milliy merosni o‘rganishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida “Kitob o‘qish marafoni” doirasida milliy merosga oid kitoblarni o‘qish va muhokama qilishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Axborot-resurs markazi Ilmiy-uslubiyat bo‘limi mudiri M.Bakiyeva mehmon sifatida ishtirok etib, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy va ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganish, o‘qilgan asarlardan to‘g‘ri xulosa chiqarish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Davra suhbati davomida talabalar o‘zlari o‘qigan asarlar yuzasidan fikr almashib, milliy qadriyatlarimizni kitoblar orqali anglashning ahamiyati haqida suhbatlashdilar.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
2025/10/24 10:55:36
Back to Top
HTML Embed Code: