Telegram Web Link
⛔️⛔️⛔️
#umummilliy_diktant

✍️Davlat tili — millat g‘ururi!

🔘Ayni vaqtda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 308-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida umummilliy diktant marafoni bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida universitet rahbariyati, barcha fakultetlarning professor-o‘qituvchilari hamda yuzlab talaba-yoshlar yagona maqsad — ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiqorni amalda namoyon etish yo‘lida birlashdilar.

📖 Diktant marafoni nafaqat imlo va savodxonlikni tekshirish vositasi, balki davlat tilining jamiyatdagi o‘rni, uning birlashtiruvchi va millatni yuksaltiruvchi kuchini chuqur anglashga xizmat qilmoqda.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥3🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OʻZIMIZNIKI

Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti  talabasi hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasi Xorazm viloyat kengashining “Ko’mak” targ’ibot guruhi a’zosi Nilufar Husinova partiyaning “O‘zimizniki” aksiyasi doirasida o'tkazilgan videoroliklar tanlovida faxrli 1 - o'rinni qo'lga kiritdi.

👉 Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Instagram l Facebook l
🔥5👏32🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OʻZIMIZNIKI

Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti  talabasi hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasi Xorazm viloyat kengashining “Ko’mak” targ’ibot guruhi a’zosi Kamron Ilhomov partiyaning “O‘zimizniki” aksiyasi doirasida o'tkazilgan videoroliklar tanlovida faxrli 2 - o'rinni qo'lga kiritdi.


👉 Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Instagram l Facebook l
🔥5👍2
#Work_and_travel

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida "GETWORK" xususiy bandlik agentligining Xorazm viloyati filiali bilan hamkorlikda talaba-yoshlar uchun xorijda amaliyot o‘tash va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda Ijtimoiy-iqtisodiy, Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari, Xorijiy filologiya hamda Texnika fakultetlari talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda "GETWORK" agentligi Xorazm viloyati filiali boshqaruvchisi O. Raximberganov va bosh menejeri M. Ramanov ishtirok etib, talabalarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga:

🟠 "Work and Travel "xalqaro dasturining mazmuni va afzalliklari;

🟠 xorijda ishlash hamda amaliyot o‘tash uchun zarur talablar;

🟠 hujjatlarni tayyorlash tartibi, viza olish jarayoni va dasturda ishtirok etish shartlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.


Mazkur tashabbus talaba-yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, xorijiy tajriba orttirish, madaniy almashinuvda faol ishtirok etish va kelajak karyerasi uchun mustahkam zamin yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏2
#umummilliy_diktant

✍️Bugun, 24-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari hamda Kompyuter injiniring fakultetlarida umummilliy diktant marafoni bo‘lib o‘tdi. Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 308-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Marafonda fakultet dekanlari X.Raximboyev va E.Avezov, dekan o‘rinbosarlari, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.


Diktant jarayonida talabalar imlo, uslub va nutq madaniyati bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ushbu tashabbus yoshlarning ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalanishiga, savodxonligini oshirishga  xizmat qiladi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1👏1🕊1
2025/10/26 17:53:35
Back to Top
HTML Embed Code: