Telegram Web Link
#Ochiq_eshiklar_kuni

🧠Mahalla yoshlari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti tashabbusi bilan mahalla yoshlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida Urganch shahar 6-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchilari sinf rahbari M.Niyazmetova boshchiligida universitetga tashrif buyurdilar. Shuningdek, 3-MFY “Nuroniy” mahallasi raisi X.Tojiyev ham tadbirda ishtirok etdi.

Mehmonlarga fakultet tyutori R.Matchonov tomonidan universitetda talaba-yoshlar uchun yaratilgan barcha sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Tadbir yoshlar uchun universitet hayoti bilan yaqindan tanishish, o‘z kelajak kasbini tanlashda to‘g‘ri yo‘nalish olishda muhim ahamiyat kasb etdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
#Ilmiy_amaliy_anjuman

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Zamonaviy va qiyosiy tilshunoslik, chog‘ishtirma adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning ikkinchi kuni o‘z ishini davom ettirdi.

🟠 Anjumanda respublikaning turli oliy ta’lim muassasalari hamda xorijiy mamlakatlardan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Shuningdek, joriy yilning 25-oktabr 4-noyabr kunlari universitetda tashkil etilayotgan “Xitoy tili ta’limi” yo‘nalishida maktabida ishtirok etish uchun Xitoydan tashrif buyurgan Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti dotsenti Wang Xiaomei, ilmiy tadqiqotchi Liu Xinyu hamda bir guruh talabalari ham konferensiyada ishtirok etdi.

Anjumanning sho‘baviy yig‘ilishlarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi:
🔶 “Qiyosiy adabiyotshunoslikning muammolari”;
🔶 “Badiiy-ilmiy adabiyot va madaniyatlararo muloqotda tarjimaning roli”;
🔶 “Til ta’limida lingvodidaktik yondashuvlar”.


Mazkur anjuman tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik sohalarida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va yangi ilmiy g‘oyalarni ilgari surish uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍3🔥1😍1
“Maromiylik” — to‘ylarni tartibga soladi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Mahallalar uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, "Nuroniy" jamg‘armasi birgalikda dabdabali to‘ylar hamda boshqa oilaviy marosimlarni ixchamlashtirishga qaratilgan targ‘ibot kampaniyasini boshlaydi.

Ushbu besh tashkilot tomonidan 90 kunlik chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

*Marom — me’yor.


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
5👍4👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧠🧠🧠🧠

➡️“Zakovat” intellektual o‘yini – bilim va tafakkur sinovi

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakultetida yoshlar yetakchisi Z.Quronboyev tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual o‘yinining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda 6 ta jamoa faol ishtirok etib, g‘oliblik uchun bilim va tafakkur sinovida bahs olib bordi. Bellashuv jarayoni shiddatli, qiziqarli muhitga boy tarzda kechdi.

Tadbir talabalarning fikrlash doirasini kengaytirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda intellektual salohiyatini namoyon etish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏3👍1🕊1
2025/10/27 06:57:57
Back to Top
HTML Embed Code: