Telegram Web Link
Talaba-yoshlarga raqamli texnologiyalar sohasidagi imkoniyatlarni tushuntirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🟢Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida raqamli texnologiyalar sohasidagi ta’lim va amaliy imkoniyatlarga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda barcha fakultetlardan talaba-yoshlar ishtirok etib, IT sohasi, raqamli xizmatlar va xalqaro dasturlar haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

🟢Tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi bosh mutaxassisi M.Madrimov, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bosh mutaxassisi A. Ataboyev, IT Park Xorazm filiali menejeri A. Bobojonov, UrDU Kompyuter ilmlari va sun’iy intellekt kafedrasi dotsenti E. Quryozovlar ishtirok etib, soha rivojidagi dolzarb yo‘nalishlar, xususan, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi, Coursera platformasida ta’lim olish imkoniyatlari, xalqaro IT sertifikatlar hamda IT xizmatlar eksporti yo‘nalishlarida malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritishdi.

🟢Mazkur uchrashuv yoshlarning raqamli tafakkurini rivojlantirish, ularni zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirishga undash hamda global IT maydonida o‘z o‘rnini topishga ilhomlantirishga xizmat qildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21
Forwarded from Edu.uz
#raqamlashtirish #interaktiv_xizmatlar

⚡️Endi o‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazish my.gov.uz portali orqali amalga oshiriladi

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushurildi.

👉 Buning uchun my.gov.uz portali orqali “O‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazish” xizmatini tanlang va arizangizni yo'llang.

📆 Xizmat ko‘rsatish muddati — 30 ish kuni.

Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
#dayjest

➡️Fakultetlarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda

➡️Bugun Fizika-matematika fakulteti talabalari bilan UrDU Axborot-resurs markazi Ilmiy-uslubiyat bo‘limi mudiri M. Bakiyeva ishtirokida “Kitobxon talaba” loyihasi doirasida Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” asari muhokamasi o‘tkazildi. Suhbat davomida talabalar asardagi falsafiy g‘oyalar va insoniy qadriyatlar haqida fikr almashishdi. Yakunda esa yosh kitobxonlarga Mahmud Toirning “Yangi she’rlar” to‘plamini o‘qishni tavsiya etildi.


➡️Shuningdek, Xorijiy filologiya fakultetida “Yoshlar huquqiy targ‘iboti” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda UrDU inspektori, kapitan M.Yuldashev ishtirok etdi va talabalar bilan muloqot qilib, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga oid muhim maslahatlar berdi. Uchrashuv davomida yoshlar huquqlari va majburiyatlari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik, huquqiy madaniyatni rivojlantirish to'g'risida suhbat bo‘lib o‘tdi.


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇹🇷Turkiyalik professor Minara Guliyeva yakuniy mahorat darsi boʻlib oʻtdi

🤖 Xabar berganimizdek, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakultetida joriy yil 1-oktabrdan buyon Turkiya Respublikasining Çanakkale Onsekiz Mart universiteti professori Minara Guliyeva San’at yo‘nalishi talabalari bilan ijodiy dars mashg‘ulotlarini olib bordi.

🤖Bugun professorning so‘nggi darsi “Turkiy xalqlarning kiyinish madaniyati: umumiy xususiyatlar” mavzusiga bag‘ishlandi. Mahorat darsi davomida u turkiy xalqlar madaniy merosidagi kiyinish an’analari, ularning ramziy ma’nosi va zamonaviy dizayndagi aks etishi haqida o‘z tajribalarini talabalarga yetkazdi.

🤖Sal kam bir oy davomida dars mashg‘ulotlarini olib borib, o‘zining bilim va tajribasi bilan talabalar qalbida ijodga mehr uyg‘otgan professor Minara Guliyevaga fakultet dekani D.G‘ayipov tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

🤖Ushbu ijodiy hamkorlik ikki xalq o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥1
2025/10/31 14:18:10
Back to Top
HTML Embed Code: