Telegram Web Link
#Bayram_tadbiri

🇺🇿 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

Bugun, 21-oktabr kuni ona tilimiz – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgangan sana munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi Fizika-matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi.

➡️ Tadbir davomida o‘quvchilar tilimizga bo‘lgan yuksak hurmatlarini she’rlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va o‘z ijodiy chiqishlari orqali ifoda etdilar. Ular o‘zbek tilining boy tarixini, betakror go‘zalligini va xalqimiz hayotidagi muhim o‘rnini madh etishdi.

🎊 Til – millatning ruhi, qadriyatlar xazinasi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Davlat organlarida rahbarning maʼnaviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Bu lavozim 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.

Shuningdek:

ta’lim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha darsliklarning davriyligi asosida yangi avlodi yaratiladi;

2026-yildan boshlab maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lug‘atcham” rasmli lug‘at kitobi yaratiladi;

bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqiladi;

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi o‘tkazib boriladi. Bunda olimpiada g‘oliblari respublika OTMlarining “filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;

“O‘zbekiston milliy qomusi” elektron shaklda tayyorlanadi va e’lon qilinadi;

✔️ o‘zbek tilini sun’iy intellekt yordamida qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan platforma ishlab chiqiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2👍1
Forwarded from GETWORK KHOREZM (XBA)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓Hurmatli Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari!

Yozgi ta’tilni foydali va unutilmas tarzda o‘tkazishni, Yevropaning go‘zal mamlakatlaridan biri — Bolgariyada ishlash va sayohat qilishni orzu qilasizmi? Unday bo‘lsa, aynan siz uchun ajoyib imkoniyat yaratildi!

2026-yilgi “Work and Travel Bulgaria” dasturiga qabul boshlandi!

Ushbu dastur orqali O‘zbekiston talabalari Bolgariya dengiz bo‘yidagi mashhur shaharlar — Varna, Burgas, Sozopol va boshqa turistik maskanlardagi yirik mehmonxona va dam olish maskanlarida amaliyot o‘tash va ishlab tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


✔️Dastur ishtirokchilari:
• Turar joy va ovqatlanish bilan ta’minlanadi
• Aviachiptalar dastur doirasida tashkil etiladi
• 3 oy davomida 1800 yevrodan 3500 yevrogacha daromad topish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Bundan tashqari, siz Yevropa davlatida mustaqil hayot kechirish, xorijiy tajriba orttirish, yangi do‘stlar topish, ingliz tilini amalda qo‘llash va professional ko‘nikmalaringizni rivojlantirish imkoniga ega bo‘lasiz.

👉Shoshiling, qabul jarayoni boshlandi!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun biz bilan bog‘laning.

📍 Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri Baynalminalchi ko'chasi 6-uy Monomarkaz binosi

📞 +998(78)555-11-66
📞 +998(88)626-11-66
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
#til_bayrami

⚜️Urganch davlat universitetida O‘zbek tili bayrami tantanali nishonlandi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yillik shodiyonasi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirini Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Kutlimuratova ochib berar ekan, o‘zbek tilining nufuzi va ijtimoiy hayotdagi o‘rni tobora yuksalib borayotganini ta’kidladi. U til siyosatini rivojlantirish, ona tilimizni asrab-avaylash hamda yoshlar ongida tilga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash borasida viloyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, ona tilimizning jamiyat hayotidagi mavqeini yuksaltirish, davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona mehnati va tilshunoslik sohasiga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh professor-o‘qituvchilar Xorazm viloyati hokimining Faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbirning badiiy qismida esa viloyatimizning taniqli san’atkorlari tomonidan milliy kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
🔥3👏32😍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#til_bayrami

🖌Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yillik shodiyonasi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2👏1
2025/10/21 09:11:31
Back to Top
HTML Embed Code: