🟦🟦🟦🟦🟦

Telekommunikatsiya texnologiyalari hamda Kompyuter injiniring  fakultetlarida “Biz ommaviy ma'daniyatga qarshimiz” mavzusida uchrashuvlar tashkil etilmoqda


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti 1- bosqich talaba-yoshlari bilan  “Biz ommaviy ma'daniyatga qarshimiz” mavzusida uchrashuv tashkil qilindi. Unda ommaviy madaniyat tushunchasi, uning milliy ma’naviyatga salbiy ta’siri, shuningdek, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuzasidan fikrlar bildirildi.

Shuningdek, Kompyuter injiniring fakulteti talaba-yoshlar bilan  “Biz ommaviy ma'daniyatga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o'tkazilib, yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash, ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlariga qarshi ongli munosabatni shakllantirishga alohida e'tibor qaratildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2👏1
🌎UrDU jamoasi “Gilamlar jilosi” festivalida ishtirok etdi

Bugun “Arda Xiva” turizm majmuasida “Gilamlar jilosi” xalqaro ko'rgazma festivali bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda O‘zbekistonning barcha viloyatlari, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Ozarbayjondan kelgan hunarmandlar va dizaynerlar o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqdalar.

Festivalning maqsadi — ming yillik tarixga ega gilam to‘qish san’atini, milliy naqshlar va bezaklarning ramziy ma’nosini, hamda bugungi zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashuvini keng jamoatchilikka ko‘rsatishdir.


🟠Festivalda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining talaba-yoshlari hamda professor-o‘qituvchilar jamoasi ham faol qatnashdilar. Xususan, universitet jamoasi festival ko‘rgazmasi hamda mazkur nufuzli tadbir doirasidagi “O‘zbekiston gilamdo‘zligi: anʼana va innovatsiya” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etdilar. Ushbu unjumanda Tarix kafedrasi dotsentlari Y.Karimov hamda M.Jumaniyozovalar maʼruza qilishdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🎉3🔥2
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Xorazmda o‘tkazilgan “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasida 1000 nafardan ortiq talabalar uchun ish o‘rni aniq bo‘ldi

16–17-oktabr kunlari Urganch davlat universitetida oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari uchun yirik ko‘lamdagi “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazma doirasida 128 ta yirik ish beruvchi va tijorat banklari tomonidan 1 300 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi. Shu bilan birga, yuqori kurs talabalariga malakaviy amaliyot o‘tash uchun zarur imkoniyatlar yaratildi.

Shuningdek, bitiruvchi talabalar “TILLO DOMOR” va “URGENCH CLUSTER” korxonalariga tashrif buyurib, ularning faoliyati haqida batafsil ma’lumot olishdi.

Tadbirda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining 10 465 nafari ishtirok etdi. Ulardan 3 453 nafar talaba ish beruvchilar bilan bevosita suhbatda bo‘lib, 1 174 nafar talaba aniq ish o‘rni topishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, biznes g‘oyalarini taqdim etgan talabalarning 62 nafari tadbirkorlikka yo‘naltirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🕊3🎉2😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TTJ_oqshomi

👟Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti yoshlar yetakchisi Z.Quronboyev tomonidan Talabalar turar joyidagi yoshlar o‘rtasida mini-futbol sport turi bo‘yicha universitet chempionatining 1-bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

🎯 Ushbu sport musobaqasi talabalarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkillashtirildi.

🏟 Musobaqa davomida talabalar o‘zaro jamoaviylik, sportga bo‘lgan ishtiyoq va iqtidorlarini namoyon etdilar.

Chempionatning keyingi bosqichlarini ham kuzatib boring!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9👍651🕊1
2025/10/20 01:06:18
Back to Top
HTML Embed Code: