Telegram Web Link
Forwarded from Marketing bo'limi
O‘zbekiston TV reklama bozorining statistikasi

International Media Service (IMS) tomonidan eʼlon qilingan ushbu hisobot 2025 yil avgust oyi uchun Kantar Media tomonidan tayyorlangan.

Hisobotda televideniyedagi eng faol reklama kategoriyalar, brendlar va reklama beruvchilar ko‘rsatilgan.
Asosiy o‘lchov — WGRP (Weighted Gross Rating Point) ya’ni 18–54 yoshli auditoriya orasidagi reklama qamrovi.

Eng faol kategoriyalar

• Alkogolsiz ichimliklar (B/A) — 41% ulush bilan birinchi oʻrinda. Yetakchi brend: Coca-Cola.
• Farmatsevtika (dori vositalari) — 11% ulush bilan TOP-3’ga qaytdi.
• Bank sektori — eng tez o‘sayotgan yo‘nalish.
O‘tgan yilga nisbatan WGRP ikki baravar oshgan.

Eng faol TV brendlar

• Coca-Cola — 9.1%
• Pepsi — 7.4%
• Ava Lemonade — 5.1%
• Wildberries — 4.1%
• Piala Gold — 3.4%
• Shuningdek, ro‘yxatda Lipton, Anorbank, Asu, Mirinda, NBU ham bor.

Eng yirik reklama beruvchilar

• IBT — 15.9%
• Coca-Cola — 12.6%
• RG Brands South — 6.9%
• Wildberries — 4.4%
• Anorbank — 3.8%
• Keyingi o‘rinlarda: NBU, Colgate-Palmolive, L’Oréal, Polpharma, Unilever va boshqalar.

Eng katta o‘sish (2024-yilga nisbatan)

• NBU — 4 baravar o‘sish
• RG Brands — 2,5 baravar
• Anglesey Food va Polpharma — +80%
• Coca-Cola — +55%
• Mondelez, Colgate-Palmolive — +34–37%
• Salar Meat, Yuriya Farm — +15–19%

Xulosa
• Coca-Cola yana reklama bozorida yetakchilikni saqlab turibdi. Pepsi esa ikkinchi o‘rinda. Bank sektori va dorilar TV reklamada faol o‘sish bosqichida. Wildberries va Anorbank — mahalliy bozorda tez rivojlanayotgan yangi bredlar sifatida ajralib chiqmoqda.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
👍21🔥1😴11
Hello Slippers’dan eng shirin tapochkalar – “Uyquchan kapibara”! 🐾💤

Siz ham uyda xotirjam va issiq his qilishni xohlaysizmi? Hello Slippers sizga eng yumshoq va shirin “Uyquchan kapibara” tapochkalarini taqdim etadi. Ular nafaqat oyoqni issiq saqlaydi, balki kun davomida ruhingizga ham zavq qo‘shadi.

Siz bu shirin tapochkalarni o‘z kollektsiyangizga qo’shgab bo’larmidingiz? 🐾

🚀
@UchadiUxladi😴
3👍2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇸🇪Shvetsiya baxtni retsept orqali “sotmoqda”

Visit Sweden noodatiy kampaniyani boshladi — endi shifokorlar stress, xavotir va tushkunlikdan xalos bo‘lish uchun bemorlarga Shvetsiyaga sayohatni retsept sifatida yozib bera oladi.

Bu “sayohat retseptida” — ko‘l bo‘ylarida sayr qilish, o‘rmon hammomlari, muzdek vannalar, har kungi fika (o‘sha mashhur shvedcha kofe tanaffusi), festivallar va ongli dam olish bor.

Shvetsiya endi shunchaki turizmni emas, yaxshi kayfiyat va sog‘lom ruhiyatni taklif qilmoqda

🚀@UchadiUxladi😴
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥1😁1😴1
🥤👟 Coca-Cola va Converse: afsonaviy brendlar bitta kolleksiyada

Converse va Coca-Cola qo‘shma kolleksiyani taqdim etdi - cheklangan Chuck 70 kedlari, shuningdek xudi, futbolka, sumka va telpak.

🎨Dizayn o‘ziga xos qizil-oq ranglarda, yengil yashil aksent va retro detallar bilan, afsonaviy gazlangan ichimlik uslubi va ta’mi bilan bezatilgan.

🚀 @UchadiUxladi 😴
4👍3🆒1
Forwarded from Marketing Club
Payme Qozog'iston bozoriga ham kirayotganga o'xshaydi. 🔥
👍641😁1😴1
Forwarded from Marketing Club
Marketing Club
Payme Qozog'iston bozoriga ham kirayotganga o'xshaydi. 🔥
Aytgancha, Feed up ham Qozog'iston bozoriga kirib borishi kutilmoqda, hozir Boshqa nomda Qozog'iston bozorida test tariqasida faoliyat yuritmoqda.
3😴33😁1
🔥HOT leksiya

Dunyoning TOP-25 kreativ direktorlardan biri sifatida tan olingan Vladilen Sitnikov - Duv Duv Gap kreativlik maktabida.

Ertaga soat 16:30 da Duv Duv gap kreativlik maktabida bo’lib o’tadigan leksiyaga barchani taklif qilamiz!

Mavzu: Qanday qilib festivallarda gʻolib boʻlish mumkin

Manzil: Alpha Business Center, 4-qavat, 6-xona

Kirish bepul, roʻyxat orqali. Roʻyxatdan oʻtish uchun.

@duvduvedu
🔥21🆒11
💥Crocs yana portladi! Endi Microsoft bilan!

Bu safar ular Windows’ning afsonaviy “Serenity” oboylari uslubida poyabzal chiqardi💻
Crocs — kolablar bo‘yicha haqiqiy daholar.
Balenciaga, KFC, McDonald’s, Post Malone, Pokémon, Levi’s…
Ro‘yxatni sanab tugatib bo‘lmaydi 😎

Har safar yangi sheriklik — yangi shov-shuv.
Endi esa “Windows vibes”ni oyoqqa kiyish mumkin

🚀@UchadiUxladi😴
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍542👏2🗿1
🧠🚀 Ilon Mask o‘z Vikipediyasini qurmoqchi — Grokipedia

Ilon Mask e’lon qildi: uning xAI kompaniyasi yangi ensiklopediya — Grokipediani ishga tushiradi. Unga ko‘ra, bu loyiha “Vikipediyadan ancha yaxshiroq” bo‘ladi.

🤖 Mask ilgari ham Vikipediyani tanqid qilib uni “Wokepedia” deb atagan va xolis emaslikda ayblagan. Endi esa u Grokipedia’da “haqiqatga yaqinroq faktlar va obyektiv ma’lumotlar” bo‘lishini va’da qilmoqda.

Shu bilan birga, milliarder Grokipedianing yaratilishi xAIning "koinotni tushunish" missiyasining bir qismi ekanligini ta’kidladi. U aynan nimani nazarda tutganligi - Koinotning o‘zi kabi jumboqligicha qolmoqda🤷🏻‍♂️

🚀@UchadiUxladi😴
😁31😢1🤡1🤣1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Coca-Cola va Disney 70 yillik hamkorligini Star Wars bankalari bilan nishonladi!

Ikki brend o‘zaro 70 yillik hamkorlik sharafiga Star Wars qahramonlari tushirilgan cheklangan nashrdagi bankalarni taqdim etdi. 🚀
“Refresh Your Galaxy” kampaniyasi doirasida QR-kodni skanerlab, AR tajriba orqali sevimli qahramonlaringiz haqida yanada ko‘proq ma’lumot olishingiz mumkin.

🚀@UchadiUxladi😴
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👎2👍1
🐾😸Mushuklar uchun ozuqani ko‘rsatmasdan qanday sotish mumkin? Alimiau javobni biladi

Meksikaning Alimiau brendi mushuklar uchun ozuqa minimalist kampaniya boshladi, unda na idishlar, na qadoqlar bor - faqat mushuklar va ularning xatti-harakatlari, har bir tukli do‘stning egasiga tanish.

🎯Hazil-mutoyiba, kuzatuvchanlik va taniqlilik - bu reklamani tutib turuvchi uchta kalitdir. Gap yo‘q: Alimiau mushuklarni hammadan yaxshi biladi.

💬Nima deb o‘ylaysiz, ozuqani ko‘rsatmasdan sotish mumkinmi?

🚀@UchadiUxladi😴
👍32🔥2🆒1
2025/10/26 09:41:58
Back to Top
HTML Embed Code: