Telegram Web Link
📲 SMARTFONINGIZNI O‘YLAYDIGAN BREND

IKEA "Phone Sleep" kolleksiyasidan telefonlar uchun mini-karavotlarni taqdim etdi. Endi dam olish nafaqat sizga, balki gadjetingizga ham kerak.

🥱 Qancha uxlayotganingizni kuzatib boradi va to‘laqonli uyqu uchun mukofotlaydigan chip mavjud. 7 soatlik uyqu uchun - 27 dollarlik vaucher.

O‘zbekistonda bu g‘oyani qaysi brendga moslashtirsa bo‘ladi?

🚀 @UchadiUxladi 😴
6😴2🆒21
🧱LEGO yana nostalgiya sovg‘a qildi!

Brend “Orqaga kelajak sari” filmidan ilhomlangan yangi konstruktor to‘plamini taqdim etdi.

To‘plam 357 ta detaldan iborat bo‘lib, 2026-yil 1-yanvarda savdoga chiqadi.

Narxi — $28 (taxminan 360 ming so‘m).

🚀@UchadiUxladi😴
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7🤩2👍1😴11
@Marketingbolimi TAF'da matbuot burchagini o‘rnatib gazeta sovg‘a qildi, asosiy muqovasidan esa mehmonlar rasmi uchun boʻsh joy qoldirilgan edi va qiziqqanlarga sahifasiga obuna boʻlish evaziga rasmlari yopishtirib berildi.

😎 Shu orqali TAF'da hamma "yil mehmoni" boʻldi.

🚀 @UchadiUxladi 😴
1🙏7551😴1
💥Selleys Liquid Nails’dan "Agar qo‘lingdan kelsa - ol!" aksiyasi

Avstraliya brendi tarixdagi eng yopishqoq aksiyani o‘tkazdi: bilbordga qayiq, o‘yin avtomati va ulkan doka yopishtirildi. Plakatda esa "Uzib olsang - seniki!" degan yozuv.

Natija? Hamma tortdi, baqirdi, pishqirdi, lekin hech kim bir santimetr ham yulib ololmadi 😅

💪Mana nima degani - haqiqatan ham yopishadigan reklama!

🚀@UchadiUxladi😴
😁72👍11
Forwarded from Mirzodan maktub
Iltimos, Toshkent teleminorasidan ham reklama, targʻibot ekrani sifatida bunday didsizlarcha va rejasizlarcha foydalanmanglar…

Takror-takror gapiriladigan elektr energiyasi uvoli, yorugʻlik shovqini haqidayam bir oʻylab koʻringlar.

Yoritishning avvalgi uslubi ham yaxshi edi.

Surat: ijtimoiy tarmoqlardan

@mirzodanmaktub
😢8👍2😴21👎1🤔11
Forwarded from Marketing bo'limi
Marketingda o‘zbek tilining imkoniyatlari va muammolari

Bugungi kunda brendlar ikki tilli kommunikatsiyani afzal ko‘rmoqda, biroq o‘zbek tilining zamonaviy, tabiiy va ishonchli ohangi hali ham izlanish jarayonida.

Bizning ochiq suhbatimiz – aynan shu mavzuni chuqur tahlil qilish uchun tashkil etildi. Tajribali mutaxassislar o‘z amaliy kuzatuvlari, brendlar bilan ishlash jarayonidan real misollar va soha ichidagi muammoli nuqtalar bilan o‘rtoqlashishadi.

Muhokamada quyidagi savollar ko‘tariladi:
• O‘zbek tilini marketing tili sifatida shakllantirish uchun nimalar zarur?
• Ikkitillik: imkoniyatmi yoki to‘siq?
• “Zamonaviy” o‘zbekcha kopirayting qanday boʻlishi kerak?
• Brendlar o‘zbek tilida qanday qilib tabiiy va ishonchli bo‘lishi mumkin?
• Hududiy farqlar va shevalar – marketingda ularni qanday hisobga olish kerak?

Spikerlar:
Madina NurmanDaryo.uz muxbiri, fotojurnalist
Otabek Sharapov — 605 agentligi va Marketing bo‘limi asoschisi
Mirzayor Erkinov — Korzinka supermarketlar tarmog‘i kopirayteri, PR va kreativ mutaxassisi

Moderator:
Sardor Babaev — We Digital agentligi PR va kreativ bo‘yicha direktori

Suhbat 21-oktabr, soat 19:00 da, ALPHA biznes-markazining 3-qavatida boʻlib oʻtadi.

Ishtirok etish bepul. Joylar soni cheklangan. Ushbu havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘ting.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
3🥱2😴21
2025/10/25 01:57:58
Back to Top
HTML Embed Code: