Telegram Web Link
🤩 O‘zbekistonda 1 yil davomidi siz ko‘rgan va sizga yoqqan eng noodatiy va kreativ reklama qaysi bo‘ldi?

Biz boshlaymiz... 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤡42🥱1😴1👀1
Jolbors Festival'ga yaxshi narxlarda chipta olishga ulgurishga atigi 2 kun qoldi! 21-sentabrdan chipta narxlari juda baland bo‘ladi!

27-28-sentabr kunlari Toshkentda kreatorlar, marketologlar, reklamachilar, brend va prodakshn-studiyalar, dizaynerlar va maxsus kommunikatsiyalar bo‘yicha mutaxassislar uchun Markaziy Osiyoning eng muhim industrial hodisasi — Jolbors Festival bo‘lib o‘tadi!

Chiptalarni shu yerda xarid qiling: https://jolbors.com/ru/tickets/purchase%20

💥 Jolbors Festival — bu butun mintaqadagi kuchli professionallar — top kreatorlar, marketing direktorlari, reklama, kreativ, brend agentliklar direktorlarining, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Rossiya prodakshn-studiyalari uyushmasi.
Ispaniya, Niderlandiya, italiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Germaniya, Belgiya, Shri-Lanka, Afrika mamlakatlari va boshqa mamlakatlardan ulkan amaliy tajribaga, kuchli global keyslar va salmoqli dasturlarga ega eng zo‘r spikerlar!

🚀 Agar siz ham industriyada kelajakni shakllantiradiganlar orasida bo‘lishni istasangiz, Jolbors Festival'da bo‘shingiz kerak! O‘tkazib yubormang!

Barcha ma'ruzalarning o‘zbekcha sinxron tarjimasi bo‘ladi. Foydalanish uchun esa smartfonva quloqchinlar bilan keling, chunki tarjima ilova orqali bo‘ladi.

Bosh hamkor: Ipak Yo‘li Bank
Rasmiy hamkor: SAG
Hamkorlar: BI Group va Humo

@UchadiUxladi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍11
1FIT REKLAMASI UCHUN JARIMAGA TORTILDI

⚠️ Raqobat qo‘mitasi kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan reklamalarda bo‘rttirilgan va chalg‘ituvchi iboralar aniqlanganini ma’lum qildi.

Natijada maxsus komissiya ish qo‘zg‘atib, jarima belgiladi hamda qoidabuzarliklarni bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

👀 Qaysi reklamasi uchun deb o‘ylaysiz?

🚀 @UchadiUxladi 😴
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🥱2🤡1😴11
🚀Yangi sun’iy intellekt yordamchisi: Tongyi bepul va cheklovsiz taqdim etildi

Muhim jihatlar:
🔹 Tongyi kompyuterga o‘rnatiladi va butunlay avtonom ishlaydi.
🔹 Sizning barcha so‘rovlaringiz va natijalaringiz faqat sizda qoladi — ishlab chiquvchilarga hech qanday ma’lumot uzatilmaydi.
🔹 Hech qanday limitlar, ro‘yxatdan o‘tish yoki cheklovlar yo‘q — imkoniyatlardan to‘liq foydalanish mumkin.


Tongyi tadqiqot darajasidagi murakkab vazifalar va chuqur tahlillarda yordam beruvchi ochiq qulay vosita sifatida taqdim etilmoqda.

🚀@UchadiUxladi😴
4👍1🆒11
“Pringles Maskoti qarib qolyaptimi? 👨🏻‍🦳

Foydalanuvchilar eski va yangi logotiplarni solishtirib, qahramon asta-sekin sochidan va ko‘zidagi chaqnoqdan ayrilganini payqashdi.

Siz ham buni payqadingizmi?

🚀@UchadiUxladi😴
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😴1411
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FORD YANGI REKLAMA ROLIGI CHIQARDI

Ford Wieden+Kennedy New York agentligi bilan hamkorlikda yangi Ready Set Ford reklama roligini chiqardi. Endi brend faqat mashina emas, balki hayot tarzi va orzularni ham sotmoqda — ularni amalga oshirishga yordam bermoqda.

🚀@UchadiUxladi😴
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍11
Bo‘ydoqlar-chi?

🚀 @UchadiUxladi 😴
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁15🤣5👍31😢11
Forwarded from Reklama Radari
Bunaqasi ham bor ekan 😂🌚

Reklama radari
🤣14😡2👎1🥱1😴11
GORILLA REKLMALARINI OLIB TASHLADI

Raqobat qo‘mitasi Gorilla distribyutori Aion Beverages
'ga yuk mashinalaridagi reklamalarni olib tashlashni buyurdi.

🧐 Nazorat organiga Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro ichimliklar sotuvchisi ustidan shikoyat bilan murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya avtomobillaridagi bannerlar Gorilla energetikasini "keng targ‘ib qiladi" va shu bilan reklama qonunchiligini buzadi.

2022-yilda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning amaldagi tahririda energetik ichimliklarni tashqi va ko‘chada reklama qilish taqiqlanadi. Shuningdek, sportchilardan o'z targ'ibotlarida foydalanish, voyaga etmaganlarga ichimliklarni reklama qilish va reklama kampaniyalarida foydalanish taqiqlanadi.


🚀 @UchadiUxladi 😴
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42😁1🥱1😴1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2000 yilning eng zo’r reklamalaridan biri😅

Siz nima deb o’ylaysiz?

🚀@UchadiUxladi😴
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣9😁42🤡1
Pinterest yangi kuzgi kampaniyasini ishga tushirdi🍂

Pinterest o‘zining yangi reklama kampaniyasini taqdim etdi. Unda platformaning vizual qidiruvi oddiy narsalarni ham yangi olamlarga olib kirishi ko‘rsatiladi

Iconoclast tomonidan suratga olingan roliklarda esa tomoshabinlar qasrdagi balga yoki qor odam bilan shoppingga tushib qolishadi

🚀
@UchadiUxladi 😴
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🤔11
Rolex Milgauss san’at asariga aylantirildi

Colette va MAD Paris mashhur Rolex Milgauss soatlarining limitlangan «Who Cares» kolleksiyasini taqdim etdi. Soat siferblatidagi odatiy belgilarning o‘rnini «Who cares, I’m already late» (“Qanaqa farqi bor, baribir kechikdim”) degan kinoyali yozuv egallagan. Bu esa oddiy aksessuarni vaqt quvish poygasiga qarshi manifestga aylantiradi.

🚀
@UchadiUxladi😴
👍92👏21🗿1
🍔 BURGER KING TOSHKENTDA

Fast food bozoriga yangi xalqaro o‘yinchi kirib kelmoqda. Dastlabki restoranlardan biri "Alpomish" muz saroyi yonida, "Beruniy" metro bekati yaqinida joylashadi.


Burger King bizda ...
🚀 — Uchadi
😴 — Uxlyadi

@UchadiUxladi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
45😴25🤷‍♂3🥱3🤡211🔥1🤣1😡1
🤩 EMBRAS 2025 Sammitiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Toshkentda 2025-yilning 10-oktabr kuni o‘tkaziladigan brend ish beruvchi va HR sohasidagi asosiy hodisa — xalqaro Employer Brand Summit 2025 (EMBRAS Sammiti) ga ro‘yxatdan o‘tish start oldi.

📌 Bu yili Sammit yangi, yanada ulkan lokatsiyada — Hilton Tashkent City mehmonxonasining Ballroom zalida bo‘lib o‘tadi.

Sammit mavzusi — "Kelajak kompaniyalari: insonlar, texnologiyalar va biznesning yangi kuchi"

Raqamlashtirish, ESG, sun'iy intellekt, ichki madaniyat va moslashuvchan strategiyalar — kelajak HRini yo‘lga qo‘yamiz hamda qanday qilib fokusni insonda saqlab qolishni muhokama qilamiz.

Sizni nima kutmoqda?
- xalqaro spikerlar bilan kuchli dastur;
- amaliy panellar va jonli bahslar;
- EMBRAS 2025 mukofoti nomzodlaridan eng yaxshi keyslar;
- qizg‘in netvorking;
- va albatta — EMBRAS 2025 mukofoti g‘oliblarini taqdirlash;

Sammit bosh homiysi — AKFA Group

🎟 Ro‘yxatdan o‘tish ochiq. Bugunoq ishtirok etish paketini tanlang va joylarni band qiling! Chiptalar soni cheklangan.

🔗 ro‘yxatdan o‘tish uchun havola

Ortga surmang — aynan hozirning o‘zida Sammit ishtirokchilarining tarkibi shakllantirilyapti!

🗓 Sana: 10-oktabr 2025-yil
Vaqt: 09:00-18:00 (Sammit) va 18:00-22:00 (Mukofotlash)
📍 Manzil: Hilton Tashkent City

🎤 Tadbir rus tilida bo‘lib o‘tadi

📞+99890-830-96-37 (Bobur) | 📞+99890-830-08-94 (Sardor)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2😴21👍11
2025/10/23 04:58:03
Back to Top
HTML Embed Code: