Channel created
Bismillohir rahmonir rahim
#Bayramlar

1-noyabr "Xalqaro erkaklar kuni" ni butun jahon jamoatchiligi nishonlab kelmoqda. Erkaklar kuni noyabr oyining birinchi shanbasida nishonlanadi. Bu kuni erkaklar avvalаmbor ayollar tomonidan ko'proq e'tibor kutadilar. Ayollarning samimiyligidan va ularga qilinayotgan bunday e'tibordan erkaklar o'zlarini juda baxtli his etadilar. O'sha kuni ularga 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami haqida eslatib qo'yish kerak bo'ladi. Qiziq, 19-noyabrda ham Xalqaro erkaklar kuni har yili nishonlanadi. Birinchi bo'lib 19-noyabrda Trinidad va Tobago Respublikalarida va undan keyin AQSh, Buyuk Britaniya, Yamayka, Avstraliya, Indiya, Singapur, Malta va Janubiy Afrika davlatlarida bayramlar bo'lib o'tadi.

@Ushbu_Kunda
#Voqealar

1-noyabr Lissabon zilzilasi - Portugaliyada sodir boʻlgan zilzila. 1755-yil 1-noyabr soat 940 da roʻy bergan. Portugaliya tarixidagi eng kuchli zilzila boʻlib, juda katta talafot keltirgan. Zilzila oqibatida taxminan 60 ming kishi oʻlgan, 17 ming uy, 32 monastir, 53 saroy buzilgan. Kuchli yongʻinlar chiqqan. Oʻsha davrda yer tebranishini yozib oluvchi seysmograflar boʻlmagan. Lekin, mashhur seysmologlar Gutenberg va Rixterlarning fikricha, zilzila magnitudasi 8,75-9 ga yetgan. Baʼzi seysmologlarning taʼkidlashicha, zilzila magnitudasi 8,6 dan oshmagan. Zilzila 2,5 mln. km² maydonda Lissabon shahridan 2200 km masofagacha sezilgan. Tebranish Portugaliya va Ispaniyadan tashqari Afrika shimolida, Yevropa qitʼasida esa Skandinaviya mamlakatlariga qadar yetib borgan. Suv havzalarida sunami va seyshlar (zilzila natijasida dengiz va koʻllarda yuz bergan suvning rezonans chayqalish hodisasi) kuzatilgan.

@Ushbu_Kunda
#Voqealar

1-noyabr 1952-yil Tinch okeanida Termoyadro quroli sinovi bo'ldi.

@Ushbu_Kunda
#Tavalludlar

1-noyabr 1993-yil Chizuru Arai yaponiyalik dzudochi, 70 kg gacha vazn toifasida, Yaponiya terma jamoasi aʼzosi. Besh karra Jahon chempioni, Yozgi Osiyo oʻyinlari chempioni, Osiyo chempionati gʻolibi. 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlari chempioni.

@Ushbu_Kunda
#Vafot_Etganlar

1-noyabr 1955-yil

Dale Carnegie (kɑrnɪɡi) ruschadan kirib kelgan talaffuzi Deyl Karnegi; 1922-yilga qadar Carnagey deb yozilgan; 24-noyabr 1888-yilda tavallud topgan.

Amerikalik yozuvchi, oʻqituvchi, ruhlantiruvchi notiq. Carnegie oʻz-oʻzini takomillashtirish, samarali muloqot qilish qobiliyati, nutqlar qilish malakalarini mustaqil tarzda takomillashtirish bo‘yicha psixologik qo‘llanmalarni ishlab chiqqan Shuningdek, muloqotga kirishish nazariyasiga asos solgan.

@Ushbu_Kunda
2024/05/15 07:57:00
Back to Top
HTML Embed Code: