Telegram Web Link
CNN: AQSh Eron yadroviy inshootiga bomba tashlamagan

AQSh harbiylari Eronning Isfahon shahridagi yadroviy inshootga qarshi bunker buster bombalarini ishlatmaslikka qaror qilgan, chunki bu yer ular samarali bo'lishi uchun juda chuqur. Bu haqda CNN o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/cnn-aqsh-eron-yadroviy-inshootiga-bomba-tashlamagan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍1
Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yigit-qizlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi

Bu haqda prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/yoshlar-kuni-munosabati-bilan-bir-guruh-yigit-qizlar-kelajak-bunyodkori-medali-bilan-mukof

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Prezident «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-mard-o-g-lon-davlat-mukofoti-bilan-taqdirlash-to-g-risidagi-qarorni-imzoladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍563👎2
Pensiya va nafaqalar oshirilishi, QQS bo‘yicha imtiyozning bekor qilinishi, bolalar bog‘chalarida kelishni elektron hisobga olish joriy etilishi: 1-iyuldan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?

Uzreport.news sayti 1-iyuldan kuchga kiradigan qonun bo'yicha o'zgarishlarni bir joyga jamladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/1-iyuldan-o-zbekiston-qonunchiligida-nimalar-o-zgaradi-c

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
O‘zbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisini tavallud kuni bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, qardosh Turkmanistonga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-turkman-xalqining-milliy-yetakchisini-tavallud-kuni-bilan-tabriklad

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍27🔥134👎1
O‘zbekiston tarixda ilk bor jahon bojxona tashkilotining audit qo‘mitasi a’zoligiga saylandi

Tarkibiga dunyoning 12 ta davlatidan a’zolar saylanadigan mazkur qo‘mita JBTning moliyaviy va ichki boshqaruvini samarali nazorat qilish bilan shug‘ullanadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-birinchi-marta-jahon-bojxona-tashkiloti-audit-qo-mitasiga-saylandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁2
Reuters: Eronda 9 ta atom bombasi uchun yashirin uran zaxiralari bo'lishi mumkin

G‘arb davlatlari rasmiylari va MAGATE Eronning yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralari bilan nima sodir bo‘lganiga amin emas, deb yozadi Reuters.

MAGATEning jamoatchilik bahosiga ko'ra, Eron 2025-yilgi urushgacha 400 kg dan ortiq 60 foizgacha boyitilgan uranga ega edi. Bu 90% qurol darajasiga yaqin. Reuters agentligiga ko‘ra, bu miqdor to‘qqizta atom bombasini yaratish uchun yetarli.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/reuters-eronda-9-ta-atom-bombasi-uchun-yashirin-uran-zaxiralari-bolishi-mumkin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

1-iyul kunidan boshlab "Mashinasozlar metrosi (Toshkent) - Chorbog' (Humson qo'rg'oni)" avtobus yo'nalishida xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yiladi.

Yo'nalishdagi avtobuslar o'z harakatini Mashinasozlar metrosidan boshlab, Maxtumquli ko'chasi, Yangi O'zbekiston bog'i, Xojikent mavzesi, Chinorkent maskani orqali Humson qo'rg'onigacha harakatlanadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentdan-chorvoqqa-avtobus-qatnovi-yo-lga-qo-yiladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
6
Senator Grem: Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatladi

Donald Tramp Ukrainadagi urushga qaramay, Rossiya bilan savdo qiladigan mamlakatlarga nisbatan 500% tariflar joriy etish tarafdori, deydi senator Lindsi Grem. May oyida AQSh prezidenti Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy etishdan bosh tortgan edi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/senator-grem-tramp-rossiyaga-qarshi-yangi-sanksiyalarni-qo-llab-quvvatladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍2
Bugun, Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda bir guruh yigit-qizlarga davlat mukofotlarini topshiradi.

Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, salohiyati va iqtidorini yuzaga chiqarish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari suriladi, ilhomlantiruvchi misollar, mamlakatning ertangi kunini belgilashga qodir g‘oyalar va yechimlar taqdim etiladi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan muloqot qilib, ularning innovatsiya, “yashil” iqtisodiyot, kreativ sanoat, tadbirkorlik va IT sohalaridagi ilg‘or ishlanmalari va yutuqlari bilan tanishadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍673
Tramp AQShda TikTok uchun xaridor topganini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyning TikTok ijtimoiy tarmog‘ining Amerika bo‘limiga xaridor topganini aytdi. Bu "juda badavlat odamlar" guruhi, dedi u Fox News telekanaliga bergan intervyusida. Amerika rahbari bu odamlarning ismini aytmadi, biroq ularni "taxminan ikki hafta ichida" oshkor etishga va'da berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-aqshda-tiktok-uchun-xaridor-topganini-aytdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁21
O‘zbekiston Karachi portida mahsulot tranzitini oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

Karachi porti — Pokistonning eng yirik dengiz porti va Janubiy Osiyodagi asosiy logistika markazi. U orqali millionlab tonna yuk Yevropa, Amerika, Osiyo va Afrika bozorlariga yetkaziladi. Shu jihatdan, port O‘zbekiston uchun muhim strategik ahamiyatga ega.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/o-zbekiston-karachi-portida-mahsulot-tranzitini-oshirish-bo-yicha-muzokaralar-o-tkazdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Ozarbayjonda Rossiya madaniy tadbirlari bekor qilindi

Ozarbayjon Madaniyat vazirligi Yekaterinburgda ozarbayjonliklarning ommaviy hibsga olinishi ortidan Rossiya tomonidan rejalashtirilayotgan barcha madaniy tadbirlar bekor qilinganini ma’lum qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ozarbayjonda-rossiya-madaniy-tadbirlari-bekor-qilindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍133
Iyul oyi 43 daraja issiq bilan boshlanadi

"O'zgidromet" yangi boshlangan ish haftasida O'zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishini e'lon qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/iyul-oyi-43-daraja-issiq-bilan-boshlanadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁4👎1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi boshlandi

Davlat rahbari butun O‘zbekiston yoshlarini qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

"Katta-katta davlatlar, dunyoning eng nufuzli kompaniyalari bugun bizga nega ishonmoqda? Nega milliardlab dollar investitsiya kiritmoqda?

Bu, albatta, bejiz emas. Chunki, hamkorlarimiz yoshlarimizning ilm-fan, taʼlim, IT, madaniyat, sanʼat va sportdagi yutuqlarini ko‘rib, salohiyatimizga baho bermoqda, ertangi kunimiz poydevori mustahkam ekaniga ishonch hosil qilmoqda”, - dedi Prezident.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-shavkat-mirziyoyevning-yoshlar-bilan-uchrashuvi-boshlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍4930🔥26😁1
O‘zbekiston yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi

Prezident islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-yoshlari-top-500-talik-oliygohlarga-kirish-bo-yicha-markaziy-osiyoda-1-o-rinni

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2911🔥11😁1
Shavkat Mirziyoyev: Sizlar Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!

“Yaqin-yaqingacha umrini paxta dalasida o‘tkazgan oddiy oila farzandlari ilmda, sportda, boshqa sohalarda bunday yuksak marralarni egallashini tasavvur qilish ham qiyin edi.

Biz yoshlarimiz uchun sharoit yaratdik, ular bundan unumli foydalanib, baland cho‘qqilarni zabt etmoqda.

Birinchi va ikkinchi Renessansni buyuk alloma va mutafakkirlarimiz yaratgan bo‘lsa, bugun tarix navbatni sizlarga bermoqda", deya ta'kidladi davlat rahbari.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/shavkat-mirziyoyev-sizlar-yangi-o-zbekiston-bunyodkorlari-sifatida-yangi-tarix-yaratadigan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍6015🔥11😁1
Prezident: Yoshlarga sifatli taʼlim berish eng asosiy vazifamiz va burchimizga aylangan

Davlat rahbari hozirgi vaqtda dunyo notinch va murakkab bo‘lib borayotganini, tinchlik – eng buyuk neʼmat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat ekani har qachongidan ham chuqur his etilayotganini taʼkidladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-yoshlarga-sifatli-ta-lim-berish-eng-asosiy-vazifamiz-va-burchimizga-aylangan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍17🔥108😁1
G7 AQSh bizneslarini global soliqdan ozod qilishga rozi

G7 davlatlari AQSh kompaniyalari OECD tomonidan ilgari surilgan yirik korporatsiyalar uchun global soliq to'lashdan ozod qilinishiga kelishib oldilar.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/g7-aqsh-bizneslarini-global-soliqdan-ozod-qilishga-rozi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👎2😁2
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 325 ming yoshlar o‘qitildi

Ayniqsa, Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand yoshlari ITdan katta daromad topishni o‘rganib oldi. Boshqa bir misol: o‘tgan yili 150 mingdan ziyod yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlari oldi, bu 2023 yilga nisbatan 2 baravar ko‘p.

Xorijiy tillarni mukammal bilish bo‘yicha Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Samarqand yoshlari ancha ilgarilab ketdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/bir-million-dasturchi-loyihasi-doirasida-325-ming-yoshlar-o-qitildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2917🔥11😁2
2025/07/13 04:50:14
Back to Top
HTML Embed Code: