Telegram Web Link
Zelenskiy: Ukraina harbiy sanoati yetarlicha moliyalashtirilmagan

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gaagadagi NATO sammiti oldidan yevropalik investorlarni faolroq bo‘lishga chaqirdi. Ukraina dron ishlab chiqarish bo‘yicha Yevropa yetakchisiga aylanishi mumkin, dedi u.

Ukrainaning mudofaa ishlab chiqarish salohiyati allaqachon 35 milliard yevrodan oshdi va deyarli 1000 turdagi mahsulotlarni qamrab oladi: artilleriya tizimlari va jangovar transport vositalaridan tortib dronlar va boshqariladigan raketalargacha.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-ukraina-harbiy-sanoati-yetarlicha-moliyalashtirilmagan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁31
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston rahbarlari daraxt ekdilar

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqalari bilan birga "Ix Tenger" davlat majmuasi bog‘ida daraxt ekdilar. Tashrif davomida oliy martabali mehmonlar “Naadam” an’anaviy mo‘g‘ul bellashuvlarini tomosha qildilar.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-va-mo-g-uliston-rahbarlari-daraxt-ekdilar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍77👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston Prezidentlari rafiqalari bilan birga daraxt ekdilar. Mehmonlar mo‘g‘ul madaniyati va anʼanalari bilan tanishdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍832👎2
O‘zbekiston Jahon banki ko‘magida kichik gidroenergetika yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytiradi

Jahon banki O‘zbekistonga kichik gidroenergetika sohasini rivojlantirish va butun mamlakat bo‘ylab elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga qaratilgan yangi loyihani amalga oshirish uchun 150 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/o-zbekiston-jahon-banki-ko-magida-kichik-gidroenergetika-yordamida-elektr-energiyasi-ishla

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👎1
Isroil Livanning janubida uchuvchisiz havo hujumi uyushtirdi

Isroil armiyasi Livan janubida, Nabatiya provinsiyasining Bint-Jbeil tumanida joylashgan Ayta ash-Shab qishlog‘i yaqinida drondan zarba berdi.

Isroil va Livan oʻrtasida 2024-yil 27-noyabrda kuchga kirgan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga qaramay, Isroil armiyasi mamlakat janubida deyarli har kuni havo va quruqlik amaliyotlarini davom ettirmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/isroil-livanning-janubida-uchuvchisiz-havo-hujumi-uyushtirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎142👍1
O‘zbekiston Prezidenti Mo‘g‘ulistonga tashrifini yakunladi

O‘zbekiston yetakchisining Mo‘g‘ulistonga ilk tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqichni boshlab berdi va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti Toshkentga jo‘nab ketdi. Aeroportda oliy martabali mehmonlarni Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batseseg va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-mo-g-ulistonga-tashrifini-yakunladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍611
Hindiston, Vengriya va Polsha astronavtlari birinchi marta XKSga tashrif buyurishdi

Ax-4 tijoriy missiyasi ekipaji Kanaveraldan Xalqaro kosmik stansiyaga jo‘nab ketdi. Missiya taxminan ikki hafta davom etadi va uning ishtirokchilari XKSda bir qator ilmiy tajribalar o‘tkazadi. OAV maʼlumotlariga koʻra, parvoz har bir ekipaj aʼzosiga taxminan 70 million yevroga tushadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/hindiston-vengriya-va-polsha-astronavtlari-birinchi-marta-xksga-tashrif-buyurishdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍1
Surxondaryo va Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi

Sharof Shukurov Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, Xurshid Alibayev esa Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/surxondaryo-va-navoiy-viloyati-favqulodda-vaziyatlar-boshqarmalariga-boshliqlar-tayinlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Eron MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Eron parlamenti Xalqaro atom energiyasi tashkiloti bilan hamkorlikni to‘xtatuvchi qonunni ma’qulladi. Hujjat MAGATE inspektorlarining mamlakatga kirishini taqiqlaydi.

Eronning Mehr axborot agentligining yozishicha, yig‘ilishda qatnashgan 223 deputatdan 221 nafari hujjatni qo‘llab-quvvatlagan. Qonun loyihasi Islom Respublikasi hukumatini xalqaro yadroviy tartibga soluvchi organ bilan hamkorlikni to‘xtatish majburiyatini yuklaydi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/eron-magate-bilan-hamkorlikni-to-xtatdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7👍4
Senat muxolif partiya huquqlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan qonunni maʼqulladi

O‘zini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan siyosiy partiya fraksiyasiga qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar ham o‘sha masalaga doir qonun loyihasining yoki uning tarkibiy qismining muqobil tahririni kiritish kabi qo‘shimcha huquq berilmoqda.

Shuningdek, ushbu fraksiyaning vakillari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir nafar qo‘mita raisi va ikki nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi, har chorakda "hukumat soati" va parlament so‘rovi doirasida masala kiritishi ham nazarda tutilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/senat-muxolif-partiya-huquqlarini-kengaytirish-ko-zda-tutilgan-qonunni-ma-qulladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍21
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida migratsiya sohasidagi muhim kelishuvga erishildi

Ikki mamlakat vakillari imzolagan qo'shma deklaratsiyaga ko'ra, qurilish, logistika va tibbiy xizmatlar yo‘nalishlariga ish beruvchilar talabi asosida o‘zbekistonlik yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va Shvetsiyada bandligini taʼminlashga qaratilgan pilot loyihalari boshlanadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekiston-va-shvetsiya-o-rtasida-migratsiya-sohasidagi-muhim-kelishuvga-erishildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
6👍1
Erdo'g'an va Tramp Gaagada uchrashuv o'tkazdi

Prezidentlar oʻrtasidagi muzokaralar matbuot uchun yopiq eshiklar ortida oʻtdi. Uchrashuvda liderlar Turkiya va AQSh o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy va global masalalarni muhokama qildi.

Turkiya davlat rahbari AQSh prezidenti Trampning sa’y-harakatlari tufayli Isroil va Eron o‘rtasida erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini olqishladi. Erdo'g'an uning doimiy bo'lishini tilab, G'azodagi insonparvarlik fojiasini tezroq tugatish va Rossiya bilan Ukraina o'rtasidagi urushni tinch yo'l bilan hal qilish uchun yaqin muloqot muhimligini ta'kidladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/erdogan-gaagada-aqsh-prezidenti-donald-tramp-bilan-uchrashdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2😁2👍1
Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekiston hukumatiga amaldagi pensiya tizimini isloh qilishni tavsiya qildi

Pensiyaga chiqishning eng kam yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklifi ilgari surildi, u hozirda erkaklar uchun 60 yoshni (kamida 25 yillik ish staji bilan), ayollar uchun — 55 yoshni (kamida 20 yillik ish staji bilan) tashkil etadi.

Boshqa takliflar orasida pensiya badallarining standart stavkasini asta-sekin oshirish, ma’lum turdagi tashkilotlar uchun pasaytirilgan (imtiyozli) badal stavkalaridan bosqichma-bosqich voz kechish bor.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/xalqaro-valyuta-jamg-armasi-o-zbekiston-hukumatiga-amaldagi-pensiya-tizimini-isloh-qilishn

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎124👍1
Xalq deputatlari Mahalliy Kengashlariga ayrim vakolatlar o'tkaziladi

Byudjet loyihasini ishlab chiqishda mahalliy byudjet xarajatlarining muayyan qismi mahalliy Kengash deputatlarining bevosita tashabbusi asosida shakllantiriladi.

Shuningdek, jamoatchilik asosida mahalliy Kengashlar qoshida Yoshlar guruhlari hamda Maslahat guruhlari tashkil etiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/xalq-deputatlari-mahalliy-kengashlariga-ayrim-vakolatlar-otkaziladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👎1
London Rossiya aktivlari hisobiga Kiyevga havo hujumidan mudofaa raketalarini topshiradi

Britaniyaning Ukrainaga yangi yordam paketi qiymati 70 million funt sterling bo'lgan 350 ta ASRAAM raketalarini o'z ichiga oladi, dedi Key Starmer. London birinchi marta Ukraina Qurolli kuchlariga qurol-yarog‘ o‘tkazish uchun Rossiya aktivlaridan foydalanmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/london-rossiya-aktivlari-hisobiga-kiyevga-havo-hujumidan-mudofaa-raketalarini-topshiradi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎43👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Londondagi sayyohlik forumi O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamladi

O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida O‘zbekiston-Britaniya sayyohlik forumi katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazildi. Tadbirda sayyohlik sohasi vakillari, ishbilarmon hamkorlar va Buyuk Britaniyadan mehmonlar ishtirok etdilar.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/londondagi-sayyohlik-forumi-o-zbekiston-va-buyuk-britaniya-o-rtasidagi-hamkorlikni-mustahk

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3
Ayrim tovarlarga nisbatan import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinmoqda

O'zbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzolik maqomiga erishish borasida qator davlatlar bilan kelishuvlarga erishdi va bu jarayon davom etmoqda. Qonunchilik hujjatlarini xalqaro normalarga, Jahon savdo tashkilotining qoidalariga moslashtirish maqsadida ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Qonun Senat yalpi majlisida muhokama qilindi. Bu haqda Senat yalpi majlisida ishtirok etgan UzReport TV muxbiri xabar berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ayrim-tovarlarga-nisbatan-import-bojini-ikki-karra-oshirib-qo-llash-amaliyoti-bekor-qilinm

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Tramp AQShning Eronga yangi havo zarbalari berishini istisno etmaydi

Eron yadroviy dasturini qayta tiklasa, Qo'shma Shtatlar uning yadroviy inshootlariga yangi zarbalar berishi mumkin, dedi Donald Tramp. U Eron yadroviy dasturi butunlay yo‘q qilinishiga ishonchini yana bir bor ta’kidladi.

Amerika prezidenti, shuningdek, AQSh harbiy-havo kuchlarining 22-iyun kuni Eronga bergan zarbalarini Ikkinchi jahon urushi davridagi Xirosima va Nagasaki bombardimonlariga qiyosladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-aqshning-eronga-yangi-havo-zarbalari-berishini-istisno-etmaydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎21
2025/07/10 04:01:41
Back to Top
HTML Embed Code: