Telegram Web Link
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
Ingliz filologiyasi fakulteti tomonidan navbatdagi ingliz tili to'garak mashg‘uloti

🌐 Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o‘qituvchilari D.Isakova va Y.Rayimaliyeva tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 280-maktabda kafedra tomonidan tashkil etilgan ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.

🎯 Mavzu: “Technology and Humanity – Is technology making us smarter or lazier?” (Texnologiya va insoniyat – texnologiya bizni aqlliroq qilayaptimi yoki dangasa qilayaptimi?)


Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar zamonaviy texnologiyalar va ularning insoniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik jihatlari haqida bilimga ega bo‘ldilar. Ular texnologiyaning kundalik hayotimizdagi roli, uning ijobiy va salbiy ta’sirlari, shuningdek, ular yordamida inson aqliy faoliyati va hayot tarzi qanday o‘zgarayotgani haqida fikr yuritdilar. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar mavzu bo‘yicha yangi so‘z va iboralarni o‘rgandilar.

🗓 Shuningdek, ular berilgan savollar asosida o‘z fikrlarini dalillar yordamida asoslashni, muloqotga kirishishni, guruhlarda ishlashni va munozara yuritishni mashq qildilar. Interaktiv mashqlar va rolli o‘yinlar orqali ularning nutq, muloqot hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari rivojlantirildi.

↗️ Dars zamonaviy usullar asosida tashkil etilib, o‘quvchilarda ingliz tilida erkin so‘zlash qobilyatini oshirdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🤩3👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Keksalarni ma’naviy va ruhiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashriflar amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi PQ-167-sonli “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 11 (3)-bandiga muvofiq, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarni ma’naviy-ruhiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash maqsadida volontyorlik tashriflari tashkil etilib kelmoqda.


Xususan, joriy yilning 17-oktabr kuni Ingliz tili 3-fakulteti mas’ullari tomonidan Uchtepa tumani “Koʻhna Choʻpon ota” MFY 4-uy 8-xonadonda yashovchi 85 yoshli Ilina Antonina hamda shu MFY ning 13-uy 64-xonadonida istiqomat qiluvchi 94 yoshli Nikolay Altuxov holidan xabar olindi.

Tashrif davomida keksalar bilan ma’naviy-ruhiy va psixologik suhbatlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoiti oʻrganildi. Shuningdek, mehr-muruvvat, e’tibor hamda g‘amxo‘rlik ruhida muloqot tashkil etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👏3👍2
🟦🟦🟦

Siyosiy-ma’rifat soatlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan “Siyosiy ma’rifat soatlari"ni tashkil qilish belgilangan.


Oʻzbekiston davlat jahin tillari universitetinung har bir fakultetida mazkur dasturlar har hafta davomida muntazam olib borilmoqda.

Bu galgi ma’rifiy soatlarda fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etib, talabalarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdilar.

Ma’rifat soati davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
➡️ mamlakatimizda va xorijdagi yangiliklar;
➡️ ma’naviy-ma’rifiy, mahalla tizimidagi xabarlar;
➡️ mutolaa;
➡️ qonun doirasida;
➡️ ekspert fikri;
➡️ rasmiy hujjat yozish usullari;
➡️ psixologik maslahatlar;
➡️ ijtimoiy rolik va boshqa lavhalar.

Shuningdek, talabalar mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqaro maydondagi o‘rni va yutuqlari haqida tayyorlangan videolavhalar va yangiliklarni ham tomosha qildilar.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Siyosiy-ma’rifat soatlarining asosiy maqsadi — yoshlarning vatanparvarlik, siyosiy faollik va fuqarolik mas’uliyatini oshirish, ularni dolzarb voqealardan xabardor etishdan iboratdir.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Azimjonov Azizbek)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“Ma’rifat darsi” – milliy g‘urur va vatanparvarlik saboqlari

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakultetida navbatdagi “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi.

Darsni dekan Z.M.Bazarov olib bordi. Unda talabalar O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi yangiliklar, xalqaro hamkorlik, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosiy faoliyati haqida ma’lumot oldilar.

Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Gabala shahrida o‘tgan yig‘ilishida Prezidentning ishtiroki muhim mavzulardan biri bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida yoshlarda milliy g‘urur, vatanparvarlik va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda
📱 Telegram | 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
2025/10/21 18:05:10
Back to Top
HTML Embed Code: