O‘zDJTUda PhD dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 17-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ashurov Zafarjon Rahmankulovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha yozilgan “Oliy ta’lim tizimida chet tillarni o‘qitishning kunduzgi va masofaviy shakllarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Himoya O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Ped.115.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zDJTU rektori Ilhomjon Tuxtasinov, universitet rahbariyati a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda rasmiy opponentlar ishtirok etdilar.
Dissertatsiyada oliy ta’lim tizimida chet tillarni samarali o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasi, ularning ta’lim sifatiga ta’siri va amaliy qo‘llanilish masalalari chuqur yoritildi.
Ilmiy kengash a’zolari tadqiqot natijalarining dolzarbligini e’tirof etishdi va himoyani muvaffaqiyatli deb topdilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3
O‘zDJTU rektori Turkiyaning Yildirim Boyazid universiteti rektorini qabul qildi
17-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Tuxtasinov Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti rektori Ali Chingiz Ko‘seo‘g‘luni qabul qildi.
Uchrashuv davomida O‘zDJTU faoliyati, xalqaro aloqalari hamda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
O‘z navbatida, Ali Chingiz Ko‘seo‘g‘lu O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan xorijiy tillarni o‘qitish, huquqshunoslik, shuningdek, boshqa ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish istagini bildirdi.
Shuningdek, u Turkiya tomonidan O‘zDJTUga malakali til mutaxassislarini yuborish, talabalar va o‘qituvchilar uchun grantlar ajratish, Erasmus+ dasturlari doirasida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha takliflarini ilgari surdi.
Tomonlar kelgusida hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va ta’lim sifatini oshirish orqali universitetlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish masalasida kelishib oldilar.
Ma’lumot uchun:
Anqara Yildirim Boyazid universiteti 2010-yil 21-iyulda tashkil etilgan bo‘lib, Anqara shahridagi beshinchi davlat universiteti hisoblanadi. Universitet nomi XIV asrdagi mashhur Usmonli davlat arbobi va sultoni Yildirim Boyazid nomi bilan atalgan.
Ta’lim tili asosan turkcha bo‘lsa-da, tibbiyot, muhandislik, biznes, siyosatshunoslik va psixologiya kabi yo‘nalishlarda ingliz tilida ta’lim ham yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunda universitetda 15 ta fakultet, konservatoriya, bir nechta kasb-hunar maktablari va tadqiqot markazlari faoliyat yuritadi. Unda 26 500 dan ortiq talaba, jumladan 2 500 nafar xalqaro talaba tahsil olmoqda.
Universitet 200 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi loyihalarda faol ishtirok etadi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2🔥1
O‘zDJTU talabalari Indoneziyada 2 haftalik ta’lim dasturida ishtirok etadi
17-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Tuxtasinov Indoneziyaning Kompyuter fanlari universiteti (University of Computer Science, Indonesia) tomonidan e’lon qilingan grant dasturi asosida tillar fakultetida 2 haftalik o‘quv-amaliy dasturda ishtirok etish uchun jo‘nab ketayotgan 20 nafar talaba bilan uchrashdi.
Delegatsiya tarkibiga O‘zDJTU Ikkinchi chet tillar kafedrasi mudiri rahbarlik qilmoqda.
Uchrashuv davomida rektor talabalarga oq yo‘l tilab, Indoneziyada O‘zbekistonning sha’ni va universitet obro‘sini munosib himoya qilish, o‘zlarini yuksak madaniyat va mas’uliyat bilan tutish, shuningdek, O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida indoneziyalik talabalar bilan fikr almashish zarurligini ta’kidladi.
Rektor, shuningdek, talabalarga turli oqim va guruhlarga qo‘shilmaslik, yurtimiz yoshlari haqida ijobiy taassurot qoldirish hamda kelajakda boshqa talabalar uchun ham yangi imkoniyatlar ochish mas’uliyati yuklatilganini qayd etdi.
Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev va bo‘lim xodimi M. Ogay dastur tafsilotlari bilan tanishtirib, talabalarga xavfsizlik qoidalari, muloqot madaniyati, hisobot topshirish tartibi va safar davomida faol bo‘lish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdilar.
Suhbat yakunida talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥2👏2👍1🎉1