O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Surabaya universiteti o‘rtasidagi hamkorlik natijasi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Indoneziyaning Surabaya universiteti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari doirasida mazkur oliygohning iqtidorli talabalari — Isha Puja Sholichah va Maria Yunestie Bintang Samudra O‘zDJTUga akademik mobillik almashinuv dasturi asosida tashrif buyurdi.
Tashrif Ingliz tili 1-fakulteti dekani G. Ergasheva tashabbusi bilan tashkil etildi.
Ikki oy davom etadigan o‘quv dasturi davomida talabalar nafaqat o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini boyitadilar, balki O‘zbekistonning boy tarixi, madaniyati va an’analarini o‘rganish orqali unutilmas madaniy tajribaga ega bo‘lishadi.
Talabalar O‘zDJTUning 6-talabalar turar joyida qulay sharoitlarga ega xonalarga joylashtirildi.
Mazkur tashrif ikki xalq, ikki madaniyat va ikki universitet o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning yana bir yorqin ifodasidir. Universitetlararo hamkorlik yanada mustahkamlanib, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonamiz.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
🇺🇿 O'zDJTU 🇺🇿 Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili to'garagining navbatdagi mashg'uloti 280-maktabda
📍Ingliz filologiyasi fakulteti ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o‘qituvchilari D.Isakova va Y.Rayimaliyeva tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 280-maktabda kafedra tomonidan tashkil etilgan ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.
🎯 Mavzu: “Technology and Humanity – Is technology making us smarter or lazier?” (Texnologiya va insoniyat – texnologiya bizni aqlliroq qilayaptimi yoki dangasa qilayaptimi?)
⏰Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar zamonaviy texnologiyalar va ularning insoniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik jihatlari haqida bilimga ega bo‘ldilar. Ular texnologiyaning kundalik hayotimizdagi roli, uning ijobiy va salbiy ta’sirlari, shuningdek, ular yordamida inson aqliy faoliyati va hayot tarzi qanday o‘zgarayotgani haqida fikr yuritdilar. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar mavzu bo‘yicha yangi so‘z va iboralarni o‘rgandilar. Shuningdek, ular berilgan savollar asosida o‘z fikrlarini dalillar yordamida asoslashni, muloqotga kirishishni, guruhlarda ishlashni va munozara yuritishni mashq qildilar. Interaktiv mashqlar va rolli o‘yinlar orqali ularning nutq, muloqot hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari rivojlantirildi.
😯Dars zamonaviy usullar asosida tashkil etilib, o‘quvchilarda ingliz tilida erkin so‘zlash qobilyatini oshirdi.
✅Rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook

👍4❤1
Indoneziya universiteti vakillarining O‘zDJTUga tashrifi bo‘lib o‘tdi
18-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Indoneziya universiteti (Universitas Indonesia) vakillari tashrif buyurdi.
Tashrifdan maqsad ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish hamda ta’lim va ilmiy tadqiqot sohalarida yangi istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Indoneziya universiteti delegatsiyasi tarkibida Prof. Luthfiralda Sjahfirdi – Qabul direktorati rahbari, Sisilia Sitiawati Halimi – Milliy iqtidorlarni jalb qilish va xalqaro marketing subdirektorati boshlig‘i, Dr. Hendra Karisma – Gumanitar fanlar fakulteti boshqaruvchisi hamda Isyana Intan Puspita – Talabalarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i ishtirok etishdi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan uchrashuvda rektor I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Ingliz tili 1-fakulteti dekani G. Ergasheva va Ikkinchi chet tili kafedrasi mudiri E. Mo‘ydinova qatnashdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro kredit dasturlarida hamkorlik qilish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, malaka oshirish kurslarini tashkil etish, seminar va anjumanlarni birgalikda o‘tkazish, Indoneziyalik talabalarni O‘zDJTUga jalb etish hamda yozgi maktablar tashkil etish kabi masalalarni muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.
Ma’lumot uchun: Universitas Indonesia haqida
Indoneziya universiteti (Universitas Indonesia) — mamlakatdagi eng nufuzli va qadimiy davlat universitetlaridan biri bo‘lib, 1849-yilda tashkil etilgan. Asosiy kampus Dеpok shahrida joylashgan bo‘lib, 320 gektardan ortiq maydonni egallaydi.
Universitet QS World University Rankings reytingida 206-o‘rinni, Indoneziya bo‘yicha esa 1-o‘rinni egallaydi. Ta’lim sifati, ilmiy salohiyati va xalqaro hamkorliklari bilan tanilgan. 14 ta fakultet faoliyat yuritadi, ular orasida tibbiyot, muhandislik, iqtisodiyot, huquq, ijtimoiy va gumanitar fanlar yo‘nalishlari mavjud. Shuningdek, universitet Gavard, Tokio, Seul, Melburn kabi nufuzli oliygohlar bilan hamkorlik qiladi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida indonez tili 2002-yildan buyon o‘qitilib kelinmoqda. Hozirda 150 dan ortiq talaba mazkur tilni o‘rganmoqda. Indoneziyalik volontyor-o‘qituvchilar ishtirokida mashg‘ulotlar olib borilmoqda, o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan va talabalar xalqaro tanlovlarda muvaffaqiyat qozonib kelishmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍4
Angren xorijiy tillar fakulteti jamoasi “Lashkarak” tabiat qo‘ynida bo‘ldi
Bugun Angren xorijiy tillar fakulteti talabalari hamda professor-o‘qituvchilari uchun “Lashkarak” tabiat qo‘yniga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, tabiatga mehr va e’tibor hissini oshirish, shuningdek, jamoaviylik va o‘zaro hamjihatlikni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Sayohat davomida ishtirokchilar tog‘ manzaralaridan bahramand bo‘lishdi, tabiat bag‘rida dam olib, turli jamoaviy o‘yinlar va madaniy dasturlarda faol ishtirok etdilar. Fakultet professor-o‘qituvchilari talabalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazib, ularning fikr va takliflarini tingladilar.
Fakultet ma’muriyati ta’kidlaganidek, bunday sayohatlar talabalarning nafaqat hordiq chiqarishida, balki ularning jamoaviy ruhini mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤11🔥3🎉1