Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti
Bugun ingliz filologiyasi fakulteti doirasida bo‘lib o‘tgan teatr tanlovida iqtidorli talabalarimiz o‘z sahna mahoratlarini namoyon etdilar.
Mazkur bosqichda ikkita ijodkor jamoa — “Globus teatr jamoasi” va yana bir iste’dodli “Timsol”talabalar jamoasi o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirishdi. Har bir jamoa o‘z ijrosi, aktyorlik mahorati va ingliz tilidagi ifodaviy nutqi bilan ajralib turdi.
Tanlov yakunida g‘olib jamoa universitet bosqichiga yo‘llanma oldi!
Bu jamoa a’zolarini chin dildan tabriklaymiz va keyingi bosqichda ularga ulkan omad tilaymiz!
Biz esa barcha teatr ixlosmandlarini va sahna san’atini sevuvchi talabalarni kelgusi teatr chiqishlarida ham faol ishtirok etishga chaqiramiz!
Kelgusi sonlarda yangi sahna asarlari, yangi obrazlar va yangi iqtidorlar sizni kutmoqda!
Telegram | Instagram
Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥4🎉2
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren xorijiy tillar fakultetida “Yosh Ijodkor” klubi doirasida toʻgarak bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda fakultetning iste’dodli va ijodkor talabalari o‘zining yangi asarlari, she’rlari hamda hikoyalari bilan ishtirok etishdi. Ular o‘z ijod mahsullarini nafaqat tinglovchilarga taqdim etishdi, balki badiiy ifoda, obraz yaratish va til boyligini qo‘llash borasida o‘zaro fikr almashishdi.
“Yosh Ijodkor” klubi davomida ijodiy yozuv, sahna madaniyati, badiiy tafakkurni rivojlantirish hamda o‘z asarlarini keng auditoriyaga taqdim etish masalalari muhokama qilindi.
“Yosh Ijodkor” klubi toʻgaragi iliq, samimiy va ijodiy muhitda o‘tdi. Talabalar bunday tadbirlar ularning yozma va og‘zaki ifoda ko‘nikmalarini rivojlantirishda, shuningdek, ijodga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.
To‘garak P.F.Ndotsenti Shakir Mamataliyevich va to‘garak koordinatori Mohiguloy Azimova tomonidan olib borildi.
Hamda, yoshlar masalalari va ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan movuni B. Razzoqov va fakultet tyutori S.Manazarov o‘z nutqini so‘zladilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Do‘stlik va birlikning ifodasi — milliy taom “Osh”
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-sonli talabalar turar joyida do‘stlik va birlik ramzi sanalgan milliy taomimiz — “Osh” tayyorlandi.
Bu tadbir nafaqat taom tanovuli, balki talabalar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni ulugʻlash maqsadida tashkil etildi.
Dastur davomida har bir likop oshda mehr, har bir tabassumda samimiyat, har bir suhbatda esa birlik ruhi aks etdi.
Bu kabi iliq uchrashuvlar, do‘stona muhit va o‘zaro hurmat 1-TTJ talabalarini yanada birlashtirib, bir oila kabi yashashga undaydi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👏5🔥4
Forwarded from Poytaxt yoshlari I Yoshlar ittifoqi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OʻzDJTU va University of Indonesia hamkorlik sari yangi qadam
2025-yil 27-oktabr kuni O‘zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti dekani Guli Ergasheva Indoneziya universitetining Loyihalar va hamkorliklar bo‘limi direktori, UI GreenMetric xalqaro reyting bo‘limi vitse-prezidenti Dr. Junaidi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta’lim, fan va madaniyat sohalarida ilg‘or tajribalarni almashish, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari boʻyicha fikr almashildi.
Quyidagi masalalar uchrashuv davomida muhokama qilindi:
🔹 O‘zDJTUda “Indoneziya Tadqiqotlari Markazi"(Indonesian Study Center)ni tashkil etish;
🔹 Scopus bazasida indekslangan Wacana ilmiy jurnalida O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarining maqolalarini chop etish;
🔹 O‘qituvchilar va ilmiy xodimlar o‘rtasida tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
🔹 Malakali indoneziyalik professorlar ishtirokida onlayn darslar va ma’ruzalar tashkil etish;
🔹 UzWAVE gender tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
🔹 Indoneziya universiteti tashabbusi bilan musiqiy asboblarni chalish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish.
🔹GreenMetrics xalqaro reytingi masalalari bo‘yicha metodologik maslahatlar berish.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
