Forwarded from Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU
🇺🇿✨ O‘zbek tili bayrami shukuhi davom etmoqda!
Bugun, 22-oktabr kuni Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tili integrallashgan kursi №1 kafedrasi o‘qituvchilari tashabbusi bilan 4-ma’ruzalar zalida “Ona tilim – sarchashmangdan sarhushdir dilim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🎙 Tadbir davomida talabalar o‘zbek tilining boyligi, go‘zalligi hamda xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rnini yorituvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va nutqlar orqali o‘z ijodiy iste’dodlarini namoyish etishdi.
🌿 Tadbir ishtirokchilari ona tilimizga bo‘lgan cheksiz muhabbat va faxr tuyg‘ularini samimiy chiqishlari bilan ifoda etishdi. O‘zbek tilining betakror jozibasi, milliy qadriyatlarimizni ifoda etuvchi go‘zal so‘z boyligi tadbir mazmunini yanada boyitdi.
🕊 Mazkur tadbir p.f.f.d. (PhD) Z.A. Mirkasimova rahbarligida, tyutor A. Azimova hamda 2401-guruh talabalari ishtirokida tashkil etildi.
💫 Ona tilimizni e’zozlash, uni ardoqlash va asrab-avaylash — har birimizning muqaddas burchimizdir!

👍4❤2
O‘zbekiston–Xitoy Ikkinchi ta’lim forumi doirasida “Xitoy madaniyati burchagi” tashkil etildi
22-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida joriy yilning 1–3-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston–Xitoy Ikkinchi ta’lim forumiga tayyorgarlik ishlari doirasida Zakovat ko‘chasi, 4-uyda joylashgan Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Xitoy madaniyati burchagi” tashkil etildi.
Burchakda Xitoy xalqining milliy an’analari, madaniy qadriyatlari, tarixiy merosini aks ettiruvchi ko‘rgazmali materiallar — milliy liboslar, kitoblar, suvenirlar hamda san’at asarlari namoyish etildi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov tashkil etilgan burchak bilan tanishib chiqdi hamda o‘z fikrlarini bildirdi. U bunday tashabbuslar ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, ta’lim hamkorligini yanada kengaytirish va talabalarda xorijiy madaniyatga hurmat ruhini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1
Rektor 4-son talabalar turar joyi hududida bo‘ldi
22-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Tuxtasinov kechki paytda 4-son talabalar turar joyi hovlisi va atrofiga chiqib, holat bilan tanishdi.
Ushbu tashrifda universitet rahbariyati vakillari ham ishtirok etib, yotoqxona hududining osoyishtaligi, xavfsizlik choralari, yoritish tizimi hamda talabalar uchun yaratilgan sharoit va tartib-intizom masalalari o‘rganildi.
Rektor talabalar yashaydigan hududlarda tinchlik va tartibni ta’minlash, tozalik hamda xavfsizlikni doimiy nazoratda ushlab borish muhimligini ta’kidladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2
Ilm yo‘lida yuksak marralarni zabt etayotgan yosh iste’dod!
Ilm-fan sohasida izlanayotgan yoshlar orasida o‘zining bilimga chanqoqligi, ijodkorligi va intellektual salohiyati bilan ajralib turgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili: xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 1-kurs 25-03-guruh talabasi Zoirova Diyora Shavkat qizi “Yuksak ilm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Respublika miqyosida tashkil etilgan mazkur ilmiy-amaliy tanlovda Zoirova Diyora “Artificial intelligence” nomli ilmiy maqolasi bilan qatnashib, dolzarb mavzudagi ilmiy izlanishlari, yangicha qarashlari va izlanuvchanligi bilan faol ishtirok etdi.
Uning ilmiy faoliyatida ilmiy rahbari Sodiqova Durdona Kosimovna tomonidan berilgan yo‘l-yo‘riq va ko‘mak muhim turtki bo‘ldi.
Mazkur yutuq — Zoirova Diyoraning mehnati va ilmga bo‘lgan sadoqati e’tirofi, shuningdek, O‘zDJTU ilmiy muhitida yetishib chiqqan iqtidorli yoshlarning salohiyatidan dalolat beradi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤5👏3🎉3🤩2🔥1😢1
Forwarded from Magistratura bo'limi O‘zDJTU
“Ma’rifat darsi” va “Kelajak soati” – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag‘ishlandi
21-oktyabr kuni — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag‘ishlab, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Magistratura bo‘limi boshlig‘i, filologiya fanlari doktori (DSc), professor Djusupov Nursultan tomonidan “Ma’rifat darsi” hamda “Kelajak soati” darslari tashkil etildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda 25/26-26, 25/26-36, 25/26-37 va 25/26-38-guruh magistrantlari faol ishtirok etdilar. Darslar davomida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni, uning milliy va ma’naviy qadriyatlarimizdagi ahamiyati, shuningdek, yosh avlodning tilga bo‘lgan hurmat va mas’uliyat tuyg‘usini oshirish masalalari keng yoritildi.
Ushbu ma’rifiy darslar magistrantlarda ona tilimizga bo‘lgan faxr, e’tibor va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2🎉1