Telegram Web Link
Ingliz filologiyasi fakultetida zakovat g’oliblari aniqlandi

Tyutorlari Z. Islamova va A. Ilxomjonova tashabbusi bilan “Dekan sertifikati” uchun saralash bosqichi doirasida Zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi!


Tadbir davomida talabalar o‘z bilimi, tezkor fikrlashi hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Fakultet bir zumda haqiqiy zakovat arenasiga aylandi!
🎯

🏆 Natijalarga ko‘ra:
1️⃣ IQ Team jamoasi
2️⃣Sherlock’s jamoasi
3️⃣ Aura jamoasi

🔥 G‘olib jamoalar fakultet dekani A. R. Azzamov tomonidan faxriy sertifikatlar bilan taqdirlandi. Bu e’tirof ularning bilim, izlanuvchanlik va intellektual salohiyatining yorqin ifodasi bo‘ldi!

Rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
🇺🇿O'zDJTU 🇺🇿 Ingliz tili filologiyasi fakultetida “Exchange Programs & Xalqaro Grantlar” mavzusida uchrashuv

🌐Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mohidil Dadamirzayeva tashabbusi bilan 2-bosqich talabalari uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Ilmiy va amaliy muloqotni fakultet dekani, dotsent Yusuf Azzamov ochib berdi. U o‘z nutqida talabalarning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirishda bunday tadbirlarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi.
Uchrashuvda yuqori malakali mutaxassislar, turli xalqaro forum va ta’lim dasturlari ishtirokchilari spiker sifatida qatnashdi:
“Women Forum 2025” (UTeM - BSTU, Malayziya va Singapur) rasmiy vakili va koordinatori, professor Ozoda Yuldasheva xalqaro tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida fikr almashdi.
Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Raximova Indira Igorevna talabalarning shaxsiy rivojlanishi va motivatsiyasini mustahkamlashda xalqaro dasturlarning ta’siri va ilmiy maqolalar bilan ishtirok etishning afzalliklari haqida fikr bildirdi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistranti, Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibi Davlatova Muxsina Yendir qizi o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi va talabalarni faol bo‘lishga chaqirdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar:
• Xalqaro grantlar va almashinuv dasturlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.
• Ariza to‘ldirish jarayoni, hujjatlarni tayyorlash va muvaffaqiyatli aplikatsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.
• Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mutaxassislardan javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

🗓Bunday uchrashuvlar talabalarni yangi maqsadlar sari ilhomlantiradi va ularni xalqaro ta’lim maydoniga yanada yaqinlashtiradi.

Rasmiy sahifalarimiz:

📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
🇺🇿 O'zDJTU 🇺🇿 Ingliz tili filologiyasi fakulteti o'qituvchisi Baxadir Babanov xalqaro konferensiya va ko‘rgazmada faol ishtirok etdi

📍Joriy yilning 10-12 oktyabr kunlari Turkmaniston Respublikasining Ashxobod shahrida “The International Exhibition and Scientific Conference: Healthcare, Education and Sports in the Renaissance of the New Era of a Powerful State” mavzusida nufuzli xalqaro ko‘rgazma va ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Xalqaro konferensiya doirasida sog‘liqni saqlash, ta’lim va sport sohalaridagi yutuqlar, innovasion yondashuvlar hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi muloqot va tajriba almashinuvi keng muhokama etildi.

O‘zbekistondan ushbu muhim tadbirda universitetimizning Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o‘qituvchisi Babanov Baxadir Abdikadirovich faol ishtirok etdi va ilmiy ma’ruza bilan chiqish qildi.
Konferensiya doirasida u:
Davlatmamed Azadiy nomidagi Turkman milliy jahon tillari institutida mehmon sifatida ishtirok etdi.

Ishtirok davomida talabalar uchun maxsus ma’ruza o‘qib, o‘z bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Institutda tashkil etilgan madaniy tadbirlar, xalqaro ilmiy muloqotlarda faol qatnashdi.
Baxadir Babanov institut talabalari uchun “Изучение английского языка с помощью мобильных приложений” mavzusida ochiq dars ham o‘tdi.

🗓Shuningdek, konferensiya doirasida Baxadir Babanov International University for the Humanities and Development oliy ta’lim muassasasida ham bo‘ldi va o‘z ma’ruzasida professor-o‘qituvchilar hamda universitet jamoasiga O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetidagi ta’lim sifati, xalqaro va ilmiy aloqalar, xalqaro konferensiyalarda ilm-fanning dolzarb masalalari muhokamasiga oid maqolalar bilan ishtirok etish haqida ham gapirib berdi.

🤝Faxr bilan ta’kidlaymizki, bunday tadbirlarda o‘qituvchilarimizning faol ishtiroki nafaqat ularning shaxsiy o‘sishiga, balki fakultetimiz va universitetimizning xalqaro maydondagi nufuzining oshishiga ham xizmat qilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz:

📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3
2025/10/24 05:57:22
Back to Top
HTML Embed Code: