O‘zDJTUda “Italiya tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning dolzarb masalalari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi
17-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Italiya tili kafedrasi tomonidan “Italiya tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning dolzarb masalalari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Anjumanni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Ochiq so‘zda rektor til o‘qitish metodikasini takomillashtirish, xalqaro tajriba almashuvi va zamonaviy ta’lim standartlarini joriy etish masalalariga e’tibor qaratdi.
Tadbirda Italiya Respublikasi vakili Andrea De Felip, O‘zDJTU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Otabek Yusupov, Tarjimonlik fakulteti dekani Ulug‘bek Yo‘ldoshev, Siena xorijliklar uchun universitetining xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Carla Bagna, Italiya universitetlarining yetakchi olimlari Giuseppe Maugeri, Graziano Serragiotto, shuningdek, Muborak Madrahimova, Umed Maksudov va Muhammadali Xakimov kabi mahalliy mutaxassislar ishtirok etdilar.
Anjuman doirasida Italiya tilini o‘qitishning yangi metodologiyalari, amaliy darslar uchun materiallar, til kurslarini tashkil etish va o‘qituvchilar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, qo‘shma loyihalar va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr bildirdilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga minnatdorlik bildirilib, kelgusida hamkorlikni rivojlantirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va qo‘shma ilmiy-amaliy dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar muhokama qilindi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍4🔥4👏1🎉1🤩1
Talabalar turar joylarida fan to‘garaklari faoliyati o‘rganildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga qarashli 1- va 2-son talabalar turar joylarida tashkil etilgan fan to‘garaklari faoliyati Talabalar amaliyoti bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida iqtidorli hamda milliy yoki xalqaro til bilish sertifikatiga ega talabalar tomonidan tashkil etilgan to‘garaklarning ishlash tizimi, o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan metodlar hamda yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Tadbir yakunida fan to‘garaklari faoliyatini yanada takomillashtirish, talabalar uchun o‘quv-madaniy muhitni boyitish va amaliy mashg‘ulotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga qarashli 1- va 2-son talabalar turar joylarida tashkil etilgan fan to‘garaklari faoliyati Talabalar amaliyoti bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida iqtidorli hamda milliy yoki xalqaro til bilish sertifikatiga ega talabalar tomonidan tashkil etilgan to‘garaklarning ishlash tizimi, o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan metodlar hamda yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Tadbir yakunida fan to‘garaklari faoliyatini yanada takomillashtirish, talabalar uchun o‘quv-madaniy muhitni boyitish va amaliy mashg‘ulotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2
"Ogohlik zamon talabi" mavzusida talabalar bilan suhbat
17-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti profilaktika inspektori S. Sherboyev Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari bilan "Ogohlik zamon talabi" mavzusida suhbat o'tkazildi.
Suhbat davomida hozirgi kunda dolzarb masalaga aylanib borayotgan diniy ekstremizm va terrorizmning ayanchli oqibatlari, yoshlar orasida kuchayib ketayotgan giyohvand moddalar inson salomatligi uchun qanchalik jiddiy zarar yetkazishi va boshqa shu kabi muhim mavzularda gapirildi.
Hammamizga ma'lumki, diniy ekstremizm — bu tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi, yoshlarni adashgan yo‘llarga boshlovchi xavfli hodisadir. Shubhali diniy guruhlar, noma'lum manbali targ‘ibotlar va soxta da’vatlarga aldanmang.
Qolaversa, giyohvandlik — inson hayotini, salomatligini va kelajagini barbod etuvchi illatdir. Uning oqibatida inson o‘zini, oilasini va jamiyatdagi o‘rnini yo‘qotadi. Buning o'rniga yoshlarimiz sog‘lom hayot tarzini tanlashi, sport bilan shug‘ullanishi va zararli odatlardan yiroq bo‘lishi sog'lom jamiyatni quradi.
Bunday uchrashuvlarning asosiy maqsadi — bizning kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni o‘zlarining to‘g‘ri yo‘llaridan adashmasdan, vatanimiz ravnaqi uchun ulkan hissasini qo‘shishlari lozimligini yana bir bor anglatishdir.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda
📱 Telegram | 📱 Instagram

👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Mening O‘zbekistonim” videorolik tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yoshlarning Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan “Mening O‘zbekistonim” videorolik tanlovi yakuniga yetdi.
Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, tanlovda quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:
G‘oliblar:
G‘oliblar Nizomda belgilangan tartibda mukofotlanadi.
Mazkur tanlov yoshlar qalbida Vatanga mehr, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt taqdiriga befarq bo‘lmaslik fazilatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2👏2🔥1🤩1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
🇺🇿 O'zDTU 🇺🇿 Ingliz filologiyasi fakultetida Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi mutasaddilari bilan hamkorlikda tadbir
🗓Ingliz tili filologiyasi fakultetida, Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o'qituvchisi Durdona Xamidova tashabbusi bilan 2421-guruh talabalari ishtirokida “Yong‘in – do‘stmi yoki dushman?” (Fire: Friend or Foe?) mavzusida Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi mutasaddilari bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.
⏰Tadbirda talabalar turar joylari va ta'lim maskanlarida yongʻinlarning oldini olish choralari, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalari bo‘yicha foydali ma'lumotlar, yongʻin sodir boʻlgan vaziyatlarda qanday tezkor choralar koʻrish kerakligi haqida ham amaliy tavsiyalar berildi.
✅Rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook

👍2