Angren xorijiy tillar fakulteti jamoasi “Lashkarak” tabiat qo‘ynida bo‘ldi
Bugun Angren xorijiy tillar fakulteti talabalari hamda professor-o‘qituvchilari uchun “Lashkarak” tabiat qo‘yniga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, tabiatga mehr va e’tibor hissini oshirish, shuningdek, jamoaviylik va o‘zaro hamjihatlikni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Sayohat davomida ishtirokchilar tog‘ manzaralaridan bahramand bo‘lishdi, tabiat bag‘rida dam olib, turli jamoaviy o‘yinlar va madaniy dasturlarda faol ishtirok etdilar. Fakultet professor-o‘qituvchilari talabalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazib, ularning fikr va takliflarini tingladilar.
Fakultet ma’muriyati ta’kidlaganidek, bunday sayohatlar talabalarning nafaqat hordiq chiqarishida, balki ularning jamoaviy ruhini mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤11🔥3🎉1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
🔥 O'zDJTU Ingliz filologiyasi FILOLOG KITOBXON tanlovining 1-bosqichi o'z nihoyasiga yetdi.
⭕️Tanlovning 1-bosqichida mingga yaqin ishtirokchilar test sinovini ishlab bellashdilar.
🤩 31 ta kitobxon 100 ball natijani qayd etib, 2-bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
2-bosqich:
2-bosqichga o'tgan ishtirokchilar @KhA_Jeren accountga bog'lanib, registratsiya qilishingiz kerak bo'ladi!
⭕️Tanlovning 1-bosqichida mingga yaqin ishtirokchilar test sinovini ishlab bellashdilar.
🤩 31 ta kitobxon 100 ball natijani qayd etib, 2-bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
2-bosqich:
⏰ Dushanba (20-oktabr) soat 10:00 da
⭐️ Ingliz filologiyasi fakulteti (literaturniy) binosi 209-xonada bo'lib o'tadi.
2-bosqichga o'tgan ishtirokchilar @KhA_Jeren accountga bog'lanib, registratsiya qilishingiz kerak bo'ladi!
🔥 Barchaga omad!
❤5👍2
Forwarded from Xalqaro jurnalistika fakulteti
Mehr va e’tibor – mehribonlik ramzi!
📝 Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutori M. Abdullayeva boshchiligida Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi 2402-guruh talabalari “A.P.Xlebushkina 22-sonli mehribonlik uyi”ga tashrif buyurishdi.
🤝 Uchrashuv davomida talabalar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan suhbatlashib, ular uchun quvonch va iliqlikka boy onlarni hadya etdilar. Tadbirda mehr, g‘amxo‘rlik va insonparvarlik kabi yuksak qadriyatlar yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊 Telegram |📸 Instagram |📺 YouTube
✨ Bunday tashriflar yoshlar qalbida ijtimoiy mas’uliyat, mehr-oqibat va ezgulik tuyg‘ularini kuchaytiradi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍1
TOPIK imtihoni
TOPIK — koreys tilini bilish darajasini aniqlovchi xalqaro imtihon bo‘lib, u ikki bosqichdan iborat:
TOPIK I (1–2-darajalarni oʻz ichiga oladi) ;
TOPIK II (3–6-darajalarni oʻz ichiga oladi) ;
Ushbu imtihonda jami 514 nafar ishtirokchi o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish uchun Sharq filologiyasi fakultetiga kelishdi.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3🤩3
🇺🇿🇦🇿 Ozarbayjon mustaqillik kuniga bagʻishlangan forum va tadbir
2025-yil 17-oktabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili 1-fakulteti dekani, professor Guli Ergasheva “Taʼlim va diplomatiya koʻprigi: Oʻzbekiston–Ozarbayjon akademik madaniy hamkorligining 30 yilligi” mavzusidagi xalqaro akademik forumining plenar sessiyasida OʻzDJTU vakili sifatida ishtirok etdi.
Ushbu nufuzli anjumanda u “University 4.0 in the Context of Uzbekistan-Azerbaijan Academic Cooperation: Cultural Integration, Language Exchange, and Innovative Diplomacy in the Digital Age” mavzusida maʼruza taqdim etdi.
Forum Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash yoʻlida muhim qadam boʻldi.
Shuningdek, Pedagogika va psixologiya kafedrasida faoliyat yuritayotgan ozarbayjonlik oʻqituvchilar tomonidan ham Ozarbayjon mustaqillik kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbir doirasida ikki xalq oʻrtasidagi doʻstlik va madaniy yaqinlikni aks ettiruvchi chiqishlar, musiqiy va maʼrifiy dasturlar namoyish etildi.
Telegram | Instagram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤5🔥3🎉2
