Forwarded from Xalqaro jurnalistika fakulteti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Ilxomjon Tuxtasinov | Rektor
Qadrli yurtdoshlar! Hurmatli ustozlar! Aziz talabalar!
Barchangizni millatimizning iftixori, ma’naviyatimizning tayanchi — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi, 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Ona tilimiz millat ruhini ifoda etuvchi, tafakkurimizni charxlovchi, yuragimizga g‘urur baxsh etuvchi bebaho boylikdir. Til xalqni birlashtiradi, millatni yuksaltiradi, Vatanni abadiylashtiradi.
Bugun o‘zbek tili nafaqat yurtimizda, balki jahonning eng nufuzli ilmiy maskanlarida ham e’tirof etilmoqda. Xususan, bu yilda Oksford universitetida o‘zbek tili bo‘yicha yangi ta’lim kurslari yo‘lga qo‘yildi, Xitoyning Siyan universitetida “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi ochildi. Bu — ona tilimizning xalqaro miqyosdagi nufuzi ortib borayotganining yaqqol isbotidir.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ham bu yo‘nalishda salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bugungi kunda xorijiy talabalar universitetimizda o‘zbek tilini o‘rganish bilan bir qatorda, xalqimizning boy madaniyati, qadriyatlari va urf-odatlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Shuningdek, universitetimizda tahsil olayotgan xorijlik o‘qituvchi va talabalar ham o‘zbek tilini katta qiziqish bilan o‘rganmoqdalar. Bu esa ona tilimizga bo‘lgan xalqaro e’tibor va hurmatning ortib borayotganidan dalolat beradi.
Biz uchun eng katta g‘urur shundaki, ona tilimiz — milliy o‘zligimizning, mustaqil davlatimizning timsoli sifatida dunyo miqyosida e’tirof topmoqda.
Aziz yurtdoshlar! Ona tilimizni asrash, uni sofligicha avlodlarga yetkazish — bu nafaqat burch, balki har birimizning faxrli mas’uliyatimizdir.
Tilimiz nuri qalblarimizni yoritib, Vatanimiz taraqqiyotiga, xalqimiz birligiga doimo xizmat qilsin!
O‘zbek tili bayrami barchangizga yana bir bor muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori
Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤4🎉4
4-bosqich talabalari va magistratura mutaxassisligi talabalari uchun online mashgʻulot
Joriy yilning 8-20-oktabr kunlari OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan Milan Bikokka universiteti dotsenti Diana Perego ishtirokida Tili o'rganilayotgan mamlakat adabiyoti va Madaniyatlararo muloqot nazariyasi fanlari doirasida qiziqarli masofaviy seminarlar tashkil etildi.
Seminar mavzulari, asosan, o'rta asrlar adabiyoti, qadimgi Yunon va Rim teatr san'ati, zamonaviy adabiyotning madaniy munosabatlardagi o'rni xususida bo'lib, darslar davomida talabalar ko'plab yangi bilim va tushunchalarga ega bo'lishdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👏3🎉3❤2👍1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Ogohlik zamon talabi" mavzusida talabalar bilan suhbat
20-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti profilaktika inspektori S. Sherboyev Kechki va sirtqi ta’alim fakulteti tyutori N.Mannonova 2-bosqich talabalari bilan "Ogohlik zamon talabi" mavzusida suhbat o'tkazildi.
Suhbat davomida hozirgi kunda dolzarb masalaga aylanib borayotgan diniy ekstremizm va terrorizmning ayanchli oqibatlari, yoshlar orasida kuchayib ketayotgan giyohvand moddalar inson salomatligi uchun qanchalik jiddiy zarar yetkazishi va boshqa shu kabi muhim mavzular muhokama qilindi.
Bunday uchrashuvlarning asosiy maqsadi – kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni to‘g‘ri yo‘ldan adashmasdan, vatanimiz ravnaqi uchun ulkan hissasini qo‘shishlari lozimligini yana bir bor anglatishdan iborat boʻldi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1👏1
Ijara xonadonlariga tashrif
20-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti profilaktika inspektori S. Sherboyev, universitet xotin-qizlar psixologi Sh.Boʻstonova hamda Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori Z.Nazarova oʻzaro hamkorlikda ijara xonadonlarida boʻlishdi.
Ijara xonadonlaridagi qizlarning yashash tarzi va sharoitlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajalari oʻrganilib, ular bilan samimiy suhbat olib borildi.
Bu kabi tashriflar talabalarning ijtimoiy muammolarini bartaraf etishga yordam beradi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4❤2👍2
Xitoy tili toʻgaragi
Toʻgarak Chilonzor tumanidagi 79-maktabda G. Agzamova tomonidan toʻgarak darslari oʻtkazildi. Dars davomida oʻquvchilarga xitoy tiliga oid boshlangʻich zarur bilimlar berildi.
Shu kabi toʻgaraklar orqali chet tillarini yanada chuqquroq oʻrganib , Xitoy tili, madaniyati, tarixi hamda urf-odatlari haqida koʻnikmalarga ega boʻlishdi.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2👏1
Forwarded from Magistratura bo'limi O‘zDJTU
As Master’s students, let’s not only focus on our studies but also stay active and energetic!
If you’re interested in sports competitions — whether it’s football, volleyball, basketball, athletics, or any other sport — we’re inviting you to join our active sports community!
Let’s show that Master’s students can be both smart and strong!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
Forwarded from Xalqaro jurnalistika fakulteti
Davlat tili kuni va milliy qadriyatlar uyg‘unligida o‘tgan suhbat
Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutorlari M. Abdullayeva va K. Mamadaliyeva ishtirokida talabalarning milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini oshirish maqsadida “Milliy liboslar va davlat tili — milliy o‘zligimiz ifodasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🗣 Suhbat davomida milliy liboslarning o‘zbek xalqining madaniy merosi, urf-odatlari hamda estetik didini ifoda etishi haqida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, tadbir doirasida “Milliylik va tabiat uyg‘unligi” mavzusida sayohat hamda bahs-munozara o‘tkazilib, talabalar o‘z qarashlarini faol tarzda bayon etdilar.
🗣 Shu bilan birga, 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan suhbat o‘tkazilib, unda talabalar o‘zbek tilining tarixiy shakllanish jarayoni, rivojlanish bosqichlari va bugungi kunda davlat tili sifatidagi o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊 Telegram |📸 Instagram |📺 YouTube
Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutorlari M. Abdullayeva va K. Mamadaliyeva ishtirokida talabalarning milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini oshirish maqsadida “Milliy liboslar va davlat tili — milliy o‘zligimiz ifodasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida “Milliylik va tabiat uyg‘unligi” mavzusida sayohat hamda bahs-munozara o‘tkazilib, talabalar o‘z qarashlarini faol tarzda bayon etdilar.
✨ Bu kabi tashabbuslar yoshlarning milliy o‘zligiga hurmat, estetik did va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
