Telegram Web Link
Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi

21-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi hamda Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev ochib berib, professor-oʻqituvchilar va talabalarni bayram bilan tabrikladi. Oʻz nutqida dekan ona tilimizning milliy gʻurur, maʼnaviyat va birlik timsoli ekanini taʼkidladi.

Dastur davomida talabalar tomonidan turli sahna koʻrinishlari, QVZ chiqishlari, shuningdek oʻzbek tiliga bagʻishlangan sheʼr va gʻazallar ijro etildi. Talaba qizlar tomonidan namoyish etilgan milliy raqslar tadbirga yanada bayramona ruh bagʻishladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍1
0️⃣0️⃣0️⃣

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-sonli talabalar turar joyida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Dastur davomida o‘zbek tili – milliy o‘zligimizni ifodalovchi, xalqimizning tarixiy xotirasi va ma’naviy boyligini asrovchi bebaho meros ekani alohida ta’kidlandi. So‘zga chiqqanlar davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni, uning yoshlar tafakkurini shakllantirishdagi ahamiyati haqida fikrlar bildirdilar.

Shuningdek, talabalar tomonidan o‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’rlar, sahna ko‘rinishlari va musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Ularning ijodiy chiqishlari orqali ona tilimizga bo‘lgan faxr, ehtirom va mehr-muhabbat yanada yorqin ifoda topdi.

Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan talabalar rag‘batlantirildi. Mazkur bayramona kecha barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, o‘zbek tiliga mehr va sadoqat tuyg‘usini yanada mustahkamladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5😢2
OʻzDJTU Umumiy tilshunoslik kafedrasi oʻqituvchisi Xoʻjayev Dilshod tomonidan 1-Ingliz fakulteti FING yoʻnalishi 2501–2502-guruh talabalari uchun 21-oktabr kuni  “Til va madaniyat mushtarakligi” mavzusida ilmiy toʻgarak doirasida amaliy suhbat oʻtkazildi. Tadbir Amir Temur muzeyida boʻlib oʻtdi.
Suhbatda til va madaniyatning uzviy bogʻliqligi, milliy oʻzlikni anglashdagi tildan foydalanish, madaniy merosni asrashda nutq madaniyatining oʻrni haqida soʻz yuritildi. Muzeydagi eksponatlar va Amir Temur siymosi haqidagi maʼlumotlar talabalarda milliy gʻurur uygʻotdi.
 Xoʻjayev Dilshod tilning inson tafakkurini shakllantiruvchi va madaniyatni avlodlarga yetkazuvchi kuch ekanini badiiy misollar hamda zamonaviy tilshunoslik yondashuvlari orqali yoritdi. Talabalar oʻz fikrlarini bildirib, turli tillardagi madaniy unsurlarni solishtirish orqali lingvokulturologiyaga qiziqish bildirishdi.
📚 Mazkur suhbat yoshlar ongida “Til va madaniyat mushtarakligi — millat ruhining ifodasi” degan tushunchani yanada mustahkamladi.
6👍1🤩1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
🇺🇿 O'zDJTU 🇺🇿 Ingliz filologiyasi fakultetida ma'naviy-ma'rifiy tadbir

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag‘ishlab, 2025-yil 20-oktabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari Turg‘unboyev Rustamjon, Po‘latxonova Hilola, Jabbarov Izzat va Rasulova Nilufarlar tashabbusi bilan 4-talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar ona tilining milliy o‘zlikni anglashdagi o‘rni, uning boy tarixiy ildizlari hamda jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida so‘z yuritdilar. Davlat tili – millatning ruhi va ma’naviy poydevori ekani alohida ta’kidlandi.

🌐Tadbir doirasida talabalarning ona tiliga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Maqolni davom ettiring”, “So‘zni izohlab bering” kabi interfaol viktorinalar o‘tkazildi. Shuningdek, iste’dodli talabalar ona tiliga bo‘lgan mehr va sadoqatni ifoda etuvchi she’rlarni yuksak mahorat bilan o‘qib berdilar.

🗓Tadbir yakunida talabalar o‘zbek tilidagi o‘zlariga eng yoqqan so‘zlarni yozib, tilga bo‘lgan ehtirom va mehrini ifoda etdilar. Shuningdek, so‘zlashuv madaniyatida o‘zbekcha muqobil so‘zlardan faol foydalanish zarurligi haqida fikrlar bildirildi.

↗️Mazkur tadbir o‘zbek tilining nufuzini yuksaltirish, yoshlar qalbida ona tiliga mehr va faxr tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi jamoasi bu kabi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarni muntazam davom ettirishni maqsad qilgan.

Rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
2025/10/23 16:00:54
Back to Top
HTML Embed Code: